9.1 – rasm. Qurilayotgan obektlarning harakteri va maqsadiga ko‘ra
tarmoqlarga bo‘linishi
Rasmda keltirilganidek, tarmoqlarga bo‘linish, o‘z navbatida, qurilishda
ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va qurilish quvvatlarini shakllantirishga xizmat qiladi
hamda biror-bir tarmoq iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kerak. Investitsiyalar
kiritilishida va investitsion loyihalar ishlab chiqishda hamda tarmoq tahlilini amalga
oshirishda yuqorida keltirilgan har bir tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olish talab
etiladi. Qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish va joylashtirish uchun qurilish hududi va joyini
tanlashga ta’sir qiluvchi barcha omillar va shartlarni miqdoriy ifodalashga imkon
beradigan usullarga ega bo‘lish lozim. Bunday usullar tarkibiga ekonometrik
modellarni kiritish lozim bo‘lib, u o‘zgaruvchan kattaliklarning berilgan chiziqli
cheklashlarni va ushbu kattaliklarning maqsadli funksiyasini maksimallashtiruvchi
yoki minimallashtiruvchi qiymatlari majmuasini topish talab qilinadigan ekstremal
masalalarni yechishning nazariyasi va amaliyotini o‘zida birlashtiradi
4
.
Demak, qurilish tarmog‘ida investitsiyalardan foydalanish jarayonlarini chuqur
o‘rganish uchun ham iqtisodiy ham ekonometrik tahlilini olib borish tadqiqot
metodologiyasini tashkil etadi.
3
Metodicheskiye rekomendatsiy po otsenke effektivnosti investitsionnix proyektov (vtoraya redaksiya) : ofitsialnoye
izdaniye / Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i torgovli Rossiyskoy Federatsii, Ministerstvo finansov Rossiyskoy
Federatsii, Gosudarstvenniy komitet po stroitelstvu, arxitekture i jilishnoy politike. ; ruk. av!\ kol. : V.V. Kosov, V.N.
Livshits, A.G. Shaxnazarov. M. : Ekonomika, 2000.
4
Bayxonov B.T O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik
modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish. Monografiya. // Toshkent: “IQTISODIOT”, 2017.-203 bet.
QURILISH TARMOG‘INING QUYI TARMOQLARGA
BO‘LINISHI
Sanoat
Transport
Madaniy – maishiy qurilish
Qishloq xo’jaligi
Boshqalar
Uy – joy
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng kapital qurilish
yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan
avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni
qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy
binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, shifoxona, mahalla markazlari,
masjidlar qurildi, o‘nlab me’moriy majmualar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar,
masjidlar ta’mirlandi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qurilish ishlari samaradorligini yanada
oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari tugatilib, mulkchilikning turli
shakllariga o‘tkazilgan ixtisoslashgan davlat konsernlari, kompaniyalar, davlat
aksiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ularning eng yiriklari:
“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporasiyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi,
“O‘zdehqonchilik-qurilish”, “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” davlat shirkat birlashmalari,
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporasiyasi va boshqalardir. Suv xo‘jaligi va
meliorativ ishlarni “O‘zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi. “O‘ztransqurilish”,
“O‘zavtoyo‘l” konserni, Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini
bajaradi. Qurilish amaliyotida mijoz odatda umumiy ishni bajaruvchi bir buyurtmachi
bilan yakunlaydi, u ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hamda
javobgarlikni muvofiqlashtirish majburiyatini oladi. Muayyan turdagi ishlarni
bajarish uchun subpudratchi jalb qiladi. Bu esa o‘z navbatida shartnoma asosida
qurilish tarmog‘iga investitsiya qilinish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Qurilish sohasida olib borilgan islohotlar har yili amalga oshirilib unda o‘tgan
yilda rejalashtirilgan ishlarning yakunlari va kelgusida qilinadigan vazifalar hamda
ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Jumladan, 2016 yilda bu sohada 384 ta
ob’ektning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha
qiymati 423 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar asosida 29
ta yangi umumta’lim maktablari barpo yetildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib,
136 tasi kapital ta’mirlandi. Ushbu sohada bunday ijobiy ishlarni ko‘plab keltirish
mumkin.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 11 179,7
mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan 105,9 foizni tashkil etdi. Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida
yirik qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlari hajmi 3 574,4 mlrd. so‘mni
tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,4 foizga kam ishlar
bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich
darajasidan 6,4 foizga kamaygan. Buning uchun esa albatta qurilish tarmoqlarida
bajarilgan va bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir (9.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |