mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

SB = BX + UX + RJ                                             
Smeta qiymati – qurilish mahsuloti (ob’ekti) uchun erkin bahoning shakllanishi 
va  kapital  qo‘yilmalarni  aniqlashda  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Kapital  qurilishda 
xo‘jalik  munosabatlari  mexanizmini  takomillashtirish,  shartnoma  majburiyatlariga 
rioya  etilishi  va  qurilishning  pirovard  natijalari  uchun  investitsiya  jarayoni 
qatnashchilarining  javobgarligini  oshirish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  12  sentyabr  2003  yildagi  “Kapital  qurilishda  xo‘jalik 
munosabatlari  mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 395-sonli 
Qarorida O‘zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyoti 
barcha  mulk  shakllari  uchun  qabul  qilindi.  Ta’kidlash  joizki,  shartnomaviy  narxlar 
bozordagi  mavjud  sharoitlarni  hisobga  olgan  material  qiymatning  kon’yunkturasi, 
ishlatiladigan  mashina  va  mexanizmlar  qiymati  hamda  pudrat  tashkilotlarining 
foydasini anglatadi.  
Shartnoma  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi,  “Xo‘jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  hamda  kapital  qurilish  sohasidagi  boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. Ushu qarorda past rentabelli 
va zarar ko‘rib ishlayotgan pudrat-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli 
investitsiya  majburiyatlari  mavjud  bo‘lgan  taqdirda  ob’ektlarni  qonun  hujjatlariga 
muvofiq  bepul  berishga  ruxsat  etildi.  Shuningdek,  markazlashtirilgan  manbalar 
hisobiga  qurilishni  tashkil  etish,  moliyalashtirish  va  kreditlash  tartibi  to‘g‘risidagi 
Nizom,  ob’ektlarni  foydalanishga  tayyor  holda  qurishga  doir  Namunaviy  pudrat 
shartnomasi  hamda  “O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturini  shakllantirish 
tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar tasdiqlandi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  24  oktyabrdagi 
“Kapital  qurilishda  narxlarni  shakllantirishning  smeta-normativ  bazasini 
takomillashtirish  va  yangilash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  463-sonli  Qarori  qabul 
qilindi.  Qarorda  “Davarxitektqurilish”  qo‘mitasi  amaldagi  yakka  tartibdagi  va 
idoraviy  smeta  me’yorlarini,  ularning  maqsadga  muvofiqligini,  asoslanganligini 
hamda  qo‘mitaning  me’yoriy  hujjatlarida  belgilangan  talablarga  muvofiqligini 


aniqlash  maqsadida  to‘liq  xatlovdan  o‘tkazilishi  hamda  xatlovdan  o‘tkazish  uchun 
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy 
smeta me’yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi.  
Shuningdek,  joriy  shartnomaviy  narxlarni  belgilash  uchun  idoraviy  smeta 
me’yorlari  faqat  ular  “Davarxitektqurilish”  qo‘mitasi  bilan  belgilangan  tartibda 
majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo‘lishi qayd etilgan. Kapital 
qurilish  sohasida  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  haridining  yagona  tizimini  yaratish, 
tanlov  savdolarini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  mexanizmini  yanada  takomillashtirish 
maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  3  iyuldagi 
“Kapital  qurilishda  tanlov  savdolari  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda: 
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari 
mablag‘lari  hisobiga  moliyalashtiriladigan  kapital  qurilish  bilan  bog‘liq  tovarlar, 
ishlar va xizmatlar haridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshirishi; 
–  kapital  qurilish  bilan  bog‘liq  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlarni  harid  qilishda 
tanlov  savdolari  majburiy  o‘tkazilishi  uchun  buyurtmachilar,  tanlov  savdolarini 
o‘tkazishning  belgilangan  tartibiga  rioya  qilinishi  uchun  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari; 
–  sifatli  bajarilgan  ishlar  va  xizmatlarni  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  moliyalashtirish 
yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq 
buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan sabablar natijasida 
soliq  organlari  tomonidan  hisoblangan,  ularga  to‘langan  jarimalar  va  penyani 
pudratchiga to‘liq qoplashi;  
–  tanlov  savdolari  natijalari  bo‘yicha  tuzilgan  shartnomada  nazarda  tutilgan 
shartlarning o‘zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishuv mavjudligidan 
qat’iy  nazar,  faqat  ular  belgilangan  tartibda  tanlov  komissiyasi  tomonidan  ko‘rib 
chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi; 
–  qurilishning  amaldagi  qiymatini  tanlov  savdolari  natijalari  bo‘yicha 
shartnomada  belgilangan  shartnomaviy  narxga  nisbatan  kamaytirish  natijasida 
tejalgan mablag‘lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo‘yildi.  



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish