mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

Bevosita  lizing.  Bunda  lizing  kompaniyasi  mijoz  uchun  uning  buyurtmasi 
asosida  mashina  va  uskunalarni  ularni  ishlab  chiqarayotgan  korxonalardan  sotib 
oladi. 
Qaytariladigan  lizing  deganda  lizingga  beruvchi  kompaniya  boshqa  bir 
tashkilot  (lizingga  oluvchi)dan  mulkni  sotib  olib,  uni  qaytadan  lizing  shartnomasi 
asosida  shu  tashkilotning  o‘ziga  (lizingga  oluvchiga)  ijaraga  beradi.  Qaytariladigan 
lizing  o‘ziga  xos  lizing  turi  bo‘lib,  unda  lizing  mulkining  sotuvchisi  bir  vaqtning 
o‘zida  lizingga  oluvchi  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  jarayonda  lizingga  beruvchi  va 
lizingga oluvchi (sotuvchi) o‘rtasida bir vaqtning o‘zida ham oldi-sotdi shartnomasi, 
ham  moliyaviy  ijara  shartnomalari  tuziladi.  Bu  shartnomalar  tuzilganidan  so‘ng 
mulkka  egalik  qilish  huquqi  lizingga  beruvchiga  o‘tsada,  mulk  (endi  lizing  ob’ekti) 
lizingga oluvchi ixtiyorida qoldiriladi.  Shartnomaning amal qilish muddati davomida 
lizingga  oluvchi    lizingga  beruvchiga  har  oy  lizing  to‘lovlarini  to‘lab  boradi. 


Shartnoma  muddati  tugashi  bilan  lizing  ob’ekti  yana  lizingga  oluvchi  egaligiga 
o‘tadi.  Agar  lizingga  oluvchi  shartnomada  belgilangan  shartlarga  rioya  qilmasa, 
lizingga beruvchi shartnomani bekor qilib, lizing ob’ektini o‘z egaligida saqlab qolish 
huquqiga  ega  bo‘ladi.  Ijaraga  berilayotgan  mulkka  nisbatan  lizing  kuyidagi  turlarga 
bo‘linadi: 
-  Sof lizing. Bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan 
barcha qo‘shimcha harajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi. 
-  To‘liq  lizing.  Bu  lizing  turiga  binoan  ijaraga  berilayotgan  mashina  va 
uskunalarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  barcha  sarf-harajatlar  lizing 
kompaniyasi zimmasiga tushadi. 
Qarzdor  va  qarz  beruvchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  tashkil  etish 
xususiyatlari bo‘yicha lizingning: 
-  mulkni  ishlab  chikaruvchi  (tayyorlovchi)  yoki  egalik  kiluvchi  lizing  beruvchi 
sifatida – bevosita lizing; 
-  uchinchi  shaxs  ishtirokida  amalga  oshiriladigan  –  bilvosita  turlarga  ajratish 
mumkin. 
Moliyalashtirish usuliga ko‘ra: 
-  bir martalik lizingni amalga oshirish – muddatli lizing; 
-  lizing  shartnomasi  kelishuvining  birinchi  muddati  tugaganidan  keyin  davom 
etadigan – qayta tiklanadigan (revolverli) lizing turlari mavjud. 
Ko‘pgina  hollarda  lizing  bevosita  emas,  balki  vositachi  orqali  amalga 
oshiriladi. Asosiy lizing beruvchi lizing to‘lovini olish huquqi bo‘yicha imtiyozga ega 
bo‘ladi. Shartnomada, ko‘pincha, agar uchinchi shaxs (vositachi) bankrotlik holatiga 
uchrasa, lizing to‘lovi bevosita lizing beruvchiga to‘lanishi kelishib olinadi. Bunday 
lizing turi “sublizing” deb nomlanadi. 
2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirishning 
beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  qabul  qilingan  Harakatlar  strategiyasining 
uchinchi  ustuvor  yo‘nalishida  milliy  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  hamda 
makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori  o‘sish  sur’atlarini 
saqlab  qolish  bo‘yicha  moliyaviy  xizmatlar  hajmini  kengaytirish  dolzarb 


masalalardan biri sifatida belgilandi. Shunday ekan, moliyaviy xizmat turlaridan biri 
sifatida  lizing  xizmatini  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratish,  uni  amalga 
oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.  
O‘zbekiston  Respublikasida  lizing  munosabatlari  1996  yilda  qabul  qilingan 
Fuqarolik  kodeksining  587-599-moddalari  hamda  1999  yil  14  apreldagi  “Lizing 
to‘g‘risida”gi  qonun  normalari  bilan  huquqiy  tartibga  solinadi.  O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari 
va  burchlarini  vujudga  keltirish,  o‘zgartirish  yoki  bekor  qilish  haqidagi  kelishuvi 
shartnoma deb e’tirof etiladi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  587-moddasida  lizing 
shartnomasining  tushunchasi  berilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  “Lizing  beruvchi  (ijaraga 
beruvchi)  bir  taraf  lizing  oluvchi  (ijaraga  oluvchi)  ikkinchi  tarafning  topshirig‘iga 
binoan sotuvchi uchunchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish 
haqida  kelishish  majburiyatini  oladi,  lizing  oluvchi  esa  buning  uchun  lizing 
beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi” deb belgilangan. 
Lizing  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  eng  muhim  hujjatlardan  biri 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Lizing  to‘g‘risida”gi  qonuni  bo‘lib,  u  25  moddadan 
iborat.  Qonunda  lizingga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Lizing  –  moliyaviy  ijaraning 
alohida  turi  bo‘lib,  unda  bir  taraf  (lizing  beruvchi)  ikkinchi  tarafning  (lizing 
oluvchining) 
topshirig‘iga  binoan  uchinchi  tarafdan  (sotuvchidan)  lizing 
shartnomasida  shartlashilgan  mol-mulkni  (lizing  ob’ektini)  mulk  qilib  oladi  va  uni 
lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va 
foydalanish  uchun  o‘n  ikki  oydan  ortiq  muddatga  beradi”.  Qonunda  lizing 
munosabatlarining  ishtirokchilari  (lizing  sub’ekti),  ob’ekti,  shakllari,  lizing 
shartnomasi, 
uning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari, 
shuningdek, 
shartnoma 
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, lizing 
ob’ektiga nisbatan jadal amortizatsiyalashni qo‘llash, ob’ekt bilan bog‘liq risk turlari, 
uni  sug‘urta  qilish,  garov  sifatida  foydalanish  kabi  munosabatlar  ham  o‘z  aksini 
topgan.  Shunisi  muhimki,  lizing  jarayonidagi  eng  muhim  element,  ya’ni  lizing 


to‘lovlari va uning hisoblanishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal 
etish masalalari ham qonunda mustahkamlangan. 
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji ko‘p 
jihatdan  qishloq  xo‘jaligiga  bog‘liqdir.  Respublikamiz  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 
chiqarishini yanada modernizatsiya qilish masalasiga Prezidentimiz va hukumatimiz 
tomonidan  alohida  e’tibor  qaratilib  kelinayotganligi  sir  emas.  Bu  borada  quyidagi 
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi: 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  30  oktyabrda 
qabul  qilingan  486-sonli  “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing”  aksiyadorlik  lizing 
kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori; 
-  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 noyabrda qabul 
qilingan  424-sonli  “Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi  bilan 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori; 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  12  dekabrdagi 
254-sonli  “Qishloqni  lizing  shartlarida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi  bilan  ta’minlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2000 yil  2  noyabrdagi  424-sonli  qaroriga  o‘zgartirishlar 
kiritish haqida”gi qarori; 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  21  maydagi  “2012-2016 
yillarda qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini yanada modernizatsiya qilish,  texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi qarori; 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012  yil  14  iyulda  qabul 
qilingan  “2012-2016  yillarda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  yanada 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  dasturi  amalga 
oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va h.k. 
Ushbu me’yoriy hujjatlarga asosan lizing xizmati ko‘rsatayotgan mikrofirmalar 
va  kichik  korxonalar  uchun  foyda  solig‘i  hamda  yagona  soliq  to‘lovi  bo‘yicha  besh 
yilga  imtiyoz  berilgan.  Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga 
muvofiq,  lizing  oluvchi  qishloq  xo‘jaligi  korxonalarining  lizing  to‘lovlari  bo‘yicha 
qo‘shilgan  qiymat  solig‘idan,  lizing  shartnomasi  amal  qiladigan  muddatga  lizingga 
berilgan mulkka soliq to‘lashdan ozod qilinganligi lizingdan foydalanayotgan barcha 


ishtirokchilar  faoliyatiga  katta  madad  bo‘lmoqda.  Bundan  tashqari,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  17  noyabrdagi  “O‘zagrotexsanoatxolding” 
aksiyadorlik  jamiyati  faoliyatini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi  PQ-2658-
sonli  qarorining  qabul  qilinishi  respublikamizda  qishloq  xo‘jaligini  zamonaviy 
texnika  bilan  ta’minlash  mexanizmini  amalga  oshirishda  muhim  o‘rin  tutdi. 
“O‘zagrotexsanoatxolding”  AJ  tarkibiga  qishloq  xo‘jaligi  faoliyatini  ishlab 
chiqarishni  tashkil  etishga  ixtisoslashgan  “O‘zagrotexmash”  AJ,  qishloq  xo‘jaligi 
texnikalarini  lizingga  yetkazib  berishga  ixtisoslashgan  “O‘zagrolizing”  AJ,  qishloq 
xo‘jalik  texnikalariga  servis  xizmatini  ko‘rsatish  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilariga 
mexanizatsiyalashgan 
xizmatlarni 
ko‘rsatishga 
ixtisoslashgan “O‘zagroservis” AJ kabi kompaniyalar kiritilgan. Shu bilan birgalikda 
mazkur  kompaniyalar  ham  o‘z  tarkibiga  bir  qator  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish korxonalarini hamda lizing kompaniyasi filiallarini qamrab olgan. Mazkur 
tuzilma  faoliyati  zamonaviy  qishloq  xo‘jaligi  texnikalarini  ishlab  chiqarish,  sotish 
hamda  qishloq  xo‘jaligi  texnikalarini  lizingga  yetkazib  berish  va  ularga  servis 
xizmatlarini  ko‘rsatish  tizimini  boshqarish  bo‘yicha  yagona  majmuaning  samarali 
faoliyatini  ta’minlash  va  qishloq  xo‘jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilariga 
mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.  
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  mamlakatimizda  qishloq  xo‘jalini  rivojlantirish, 
uni  zamonaviy  texnika  bilan  ta’minlashda  hududlarning  o‘ziga  xos  xususiyati  ham 
e’tiborga  olinib,  bu  borada  ixtisoslashtirilgan  lizing  kompaniyalarining  faoliyatiga 
alohida  urg‘u  berilmoqda.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017 
yil  21  avgustdagi  “Toshkent  viloyati  qishloq  xo‘jaligining  texnik  jihozlanganligini 
yanada  oshirishning  qo‘shimcha  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3228-son  qarori 
qabul  qilindi.  Qarorga  asosan  Toshkent  viloyatining  Oqqo‘rg‘on,  Bekobod,  Bo‘ka, 
Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari
 
fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklariga 
2017-2019  yillarda  lizing  asosida  qishloq  xo‘jaligi  texnikasini  yetkazib  berishning 
prognoz  parametrlari  tasdiqlandi.  Qarorga  asosan,  yetkazib  berish  Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  davlat  haridi  va  qishloq 
xo‘jaligini  texnika  bilan  jihozlashni  maqsadli  moliyalashtirish  jamg‘armasi 


mablag‘lari,  tijorat  banklari  kreditlari  va  qishloq  xo‘jaligi  korxonalarining  o‘z 
mablag‘lari  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Lizing  shartnomasi  mavjud  bo‘lganda  va 
haqiqatda  avans  to‘lovi  amalga  oshirilganda  esa  (lizing  ob’ekti  qiymatining  kamida 
20  foizi)  Jamg‘arma  tomonidan  moliyalashtirish  uchun  mablag‘lar  ajratiladi. 
Yetkazib  berish  lizing  asosida  «O‘zagrolizing»  AJ  orqali  yillik  2  foizdan  ko‘p 
bo‘lmagan  foiz  stavkasi  bilan  rejalashtirilgan  hajmda  har  yili  1  dekabrga  qadar 
amalga  oshiriladi.  “O‘zagrolizing”  AJ  va  Toshkent  viloyati  lizing  oluvchilari 
o‘rtasida 
tuziladigan 
shartnomalarda 
Jamg‘arma 
mablag‘lari 
hisobiga 
moliyalashtirishda lizingning quyidagi muddatlari ko‘zda tutiladi: 
-  fermer xo‘jaliklari uchun - 12 yilgacha; 
-  “Toshkent Agroservis MTP” MCHJ uchun – 10 yilgacha. 
Bu  boradagi  ishlarni  yanada  jadallashtirish  maqsadida  2018  yil  10  mayda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Qishloq  xo‘jaligini  o‘z  vaqtida  qishloq 
xo‘jaligi  texnikasi  bilan  ta’minlash  mexanizmlarini  yanada  takomillashtirish  chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3712-sonli Qarori qabul qilindi. 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish