Ratsional jinoiy xatti – harakat modelining cheklanganligi.
Jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasi chorak asrdan buyon rivojlanib bormoqda. Yangi nazariyada moda yangilik bo‘lishini to‘xtatdi, unda o‘zning yetakchi mutaxassislari va boy an’analari mavjud. Biroq agar adabiyotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu mavzu bo‘yicha mashhur ishlarning asosiy massasi 1990 yillardayoq chop etilgan. Bir tomondan, yangi mavzu ochilgandan so‘ngkashfiyotlar seriyasi darhol zarur bo‘lishi, so‘ngra esa iqtisodchilar yanada “chuqurroq kovlay” boshlashlari to‘la tabiiydir. Boshqa tomondan, adabiyotlar bilan tanishishda dastlabki tadqiqotchilik uzilishlari tugallandi, “ikkinchi nafasni rostlash” esa hali kelmadi.
Jinoyatchilik iqtisodiyoti asosiy omillarining o‘zaro ta’siri.
Iqtisodchi-kriminologlar ikkita turlicha to‘siqlarga – miqdor va sifat to‘siqlariga duch kelishadi, deb tasavvur qilinadi. Bir tomondan, jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasida qabul qilingan jinoyatchilik va unga ta’sir qiluvchi turli omillar o‘zaro aloqadorligi juda soddalashtirilgandek tuyula boshlaydi. Boshqa tomondan, jinoyatchilik – bu ijtimoiy hayotning shunday sohasidirki, bu yerda madaniylashgan omillar katta ahamiyat kasb etib, zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ularni modellashtira olmaydi. 1. Jinoyatchilik va miqdoriy korrelyatsiyalar. Jinoyatchilik iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan asosiy omillarni ko‘rsatilganidek, tasvirlash mumkin. Bu modelda ko‘plab muhim omillar yo‘qqa chiqariladi, belgilangan ko‘rsatkichlarning ta’siri esa bir tomonlama emas, balki ikkitomonlama bo‘lishi mumkin. Jinoyatchilik iqtisodiyoti uchun asosiy hisoblangan jazolash jinoyatchilikni mujassamlashtirishi qoidasini ko‘rib chiqamiz. Agar o‘ylab ko‘rilsa, jinoyatlar fosh qilinuvchanligi va jazolash og‘irligining o‘sishi bevosita jinoyatchilikning kamayishiga olib kelmasligi mumkinligi ham aniq Muzokaralar og‘irligi Jinoyatchilik darajasi Jinoyatlarning fosh qilinishi Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga xarajatlar bo‘ladi .
Birinchidan, davlat huquqni muhofazalash agentliklari faoliyatining kuchayishi oddiy fuqarolarning o‘z-o‘zini muhofazalash bo‘yicha faoliyatini qisqartirishi kerak.
Natijada resurslarning xususiydan davlat huquqni muhofaza qilish faoliyatiga qayta taqsimlanishi yuz beradi, fuqarolar uchun odatdagi xavfsizlik darajasi esa o‘zgarmaydi.
Ikkinchidan, bog‘lanish samarasi mavjud bo‘ladi: to‘xtatib turuvchi tadbirlarning vaqtinchalik yoki mahalliy kuchayishi jinoiy faoliyatning boshqa davrlarga yoki boshqa mintaqalarga qo‘chib o‘tishiga olib keladi. Shuningdek, masalan, rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyati ustidan nazoratning kuchayishi “uchinchi dunyo” da (masalan, Karib dengizi orollarida) offshor zonalarning shakllanishiga olib keldi, bu yerda bank qo‘yilmalarining harakati ustidan nazorat amalda mavjud emas, bu esa “iflos pullar”ni to‘siqlarsiz yuvish imkonini beradi. Uchinchidan, ko‘plab jinoyatchilar (eng avvalo, narkomanlar ) har qanday narxdan ma’lum daromad olishni ko‘zlaydilar. Agar ko‘rilgan xavfsizlik qo‘shimcha choralari natijasida jinoyat bir turidan ularning o‘rtacha daromadi (masalan, kishilar naqd pullarni kredit kartochkalari bilan almashtirgan holda ularni o‘zi bilan olib yurishni to‘xtatsalar) kamaysa, u holda boshqa jinoyatlarni ko‘proq sodir etadilar (masalan, ko‘pincha mayda do‘konlarni o‘maradilar yoki kvartiralarni buzadilar). To‘rtinchidan, ratsional jinoyatchi fosh qilinish to‘g‘risidagi real ma’lumotlarni emas, balki unga qulay bo‘lgan axborotlarnigina hisobga oladi. Agar fosh qilinuvchanlikning oshishi qoidabuzarlar tomonidan sezilmay qolsa, u holda mazkur to‘xtatib turish samarasi nolga teng bo‘ladi. Bunday vaziyatda ommaviy axborot vositalarining ishi politsiya faoliyatining haqiqiy muvaffaqiyatlariga qaramasdan, o‘z holicha jinoyatchilikni kamaytirishi (agar jinoyatchilik bilan kurashdagi muvaffaqiyatlar to‘g‘risidagi axborotlar tarqatilsa) yoki aksincha, uni oshirishi mumkin.
Jinoyatchilik va madaniyat. Ilgari ta’kidlanganidek, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi neoinstitutsional nazariya bo‘lib, ma’naviy-etik baholashlar va g‘oyaviy og‘ishlardan tubdan voz kechishga tayanadi (umuman, neoklassiklar kabi) Neoinstitutsionalistlar uning kuchi mana shunda, deb hisoblaydilar. Ammo uning ojizligi ham mana shunda bo‘lishi mumkinmi? Amerika madaniyati uchun hayotning barcha tomonlarini bunday mahalliy monetarizatsiyalash to‘la tabiiy va umumqabul qilinganligi bilan kelishish mumkin. Ammo shu singari yondoshuvlar boshqa madaniy an’analarning vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, u holda yangi iqtisodiyot nazariyasi “intellektuallar uchun o‘ziga xos o‘yin”ni yuzaga keltirib, riskka boradi yoki yaxshi vaziyatda faqat Amerika madaniyati uchun shunday immanent hodisa bo‘lib qolishi mumkin, aytaylik, beysbol yoki “siyosiy korrektorlik”. Agar jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasini madaniylashgan hodisa sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, bu yangi nazariyani nafaqat ommaviy, balki hatto ilmiy tafakkurga ham moslashtirish qiyinchiliklaridan dalolat beradigan ko‘pgina holatlar sezilarli bo‘lib qoladi. Xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga maqbullashtirish tamoyili qo‘llanishining o‘zi ham ahloqiy noroziliklarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |