Mavzu: individual jinoyatchilik xatti harakatlarining iqtisodiy tahlili


Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari



Download 227 Kb.
bet5/7
Sana14.04.2023
Hajmi227 Kb.
#928583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ganiyev Abdurasulning iqtisodiyot

Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari.
Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida JINOYAT IQTISODIYOTI Qonun ustuvorligi O‘lim jazosi Jinoyatga qarshi kurashish vositalari O‘lim jazosining salbiy va ijobiy tomonlari Korrupsiya va iqtisodiy o‘sish Noqonuniy faoliyatlar Sug‘urta va o‘zini-o‘zi himoya qilish tadbirlari jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Iqtisodiy jinoyatga: 1) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish; 2) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar; 3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar; 4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida 6ko‘zda tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati budjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi. Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni amalga oshiradi. Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy nazorat bo‘limi tashkil etildi. 2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqi berildi. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;


Ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchisun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; Uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish; To‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish; Beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash; Oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish; Yettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta’minlash; Sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish; To‘qqizinchidan, iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 2019 yilda iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya bo‘yicha 2114 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi7.



Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish