Mavzu: individual jinoyatchilik xatti harakatlarining iqtisodiy tahlili


Davlatlarning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorligi



Download 227 Kb.
bet6/7
Sana14.04.2023
Hajmi227 Kb.
#928583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ganiyev Abdurasulning iqtisodiyot

Davlatlarning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorligi.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmi xalqaro jinoyat huquqining muhim elementlaridan biri, huquqiy poydevori hisoblanadi. Xalqaro jinoyat huquqi ushbu huquqiy poydevorning asosini tashkil etadi. Hamkorlikda qatnashayotgan davlatlarning ichki (milliy) jinoyat qonunchiligi xalqaro jinoyat huquqi bilan mustahkam bog‘langan va bir-biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu murakkab jarayon kompleks huquqiy blokni tashkil etadi.
Shu o‘rinda xalqaro jinoyat huquqi tarmog‘i shakllangan bo‘lsada, lekin jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solish masalasi o‘zining to‘liq yechimini topgani yo‘q. Bundan tashqari, xalqaro jinoyat huquqi mazmuni, tushunchasini oydinlashtirish borasidagi muammolar, normalar, institutlar, davlatlarning ichki (milliy) jinoyat huquqi va xalqaro huquq tarmoqlari bilan aloqadorligini aniqlashtirish dolzarb bo‘lib, u turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va hozirda ham qiziqish uyg‘otmoqda.
Xalqaro jinoyat huquqi konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishida XX asr bo‘sag‘asida 8davlatlar tomonidan alohida turdagi jinoyatlarga qarshi kurash borasida (qulchilik, qaroqchilik, terrorizm, pulni qalbakilashtirish va hokazo) konvensiyalarning qabul qilinishi, jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarida o‘tkazilgan konferensiyalar, majlislar hamda xalqaro kongresslarning tavsiyalari va qarorlari katta ahamiyat kasb etdi.
Yangi xalqaro jinoyat huquqi tarmog‘ini tuzish g‘oyasining tashabbuskori kim: xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislarmi yoki kriminalistlarmi? degan savolga bo‘lsa haligacha aniq javob yo‘q. Bizning fikrimizcha, bu borada ushbu ishda ustunlik xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislarga tegishlidir. Aynan shuning uchun ular oldiga jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik munosabatlarida hal etilishi zarur yangi muammolar qo‘yilgan.
Xalqaro huquqning buzilishi umumiy xavf tug‘ilishiga 9olib keladi. Shu bois bundan nafaqat jabr ko‘rgan davlatlar, balki xalqaro huquqni himoya qilish uchun yetarli kuchga ega davlatlar ham unga qarshilik ko‘rsatmog‘i lozim. Xalqaro jinoyat huquqi xalqaro muomala sohasida, o‘zining jazolovchi hokimiyatini amalga oshirishda davlatlarning bir-biriga yordam berish shartlarini belgilovchi yuridik normalar majmuini o‘z ichiga oladi. 1927 yili Varshavada jinoyat huquqini unifikatsiya qilish borasida I Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu konferensiyada xalqaro huquqiy tartibotga tajovuz qiluvchi jinoyatlar qatoriga qaroqchilik, pul belgilarini qalbakilashtirish, odam savdosi, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda aylantirish, pornografik buyumlarni tarqatish kabilar kiritildi.Keyinchalik shunga o‘xshash yana uchta konferensiya o‘tkazildi. Ularda jinoyatchilarni qaytarib berish jarayonini tartibga solish, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasi oldida turgan muammolar va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha jinoyat qonunchiligini unifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro jinoyat huquqining shakllanishida 1945 yil 8 avgustda qabul qilingan Xalqaro harbiy tribunal Nizomi katta ahamiyat kasb etdi.
BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan ushbu Nizomda xalqaro jinoyatlarni sodir etgan jismoniy shaxslarni yakka tartibda jinoiy javobgarlikka tortish 10prinsipi umum e‘tirof etilgan xalqaro huquqiy norma sifatida mustahkamlangan.
“Xalqaro jinoyat huquqi” tushunchasining mazmuni, uning qo‘llanishiga doir zamonaviy yondashuvlar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Xalqaro jinoyat huquqini xalqaro huquqning kompleks tarmog‘i, ya‘ni xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik asalalari borasida davlatlar hamkorligini tartibga soluvchi prinsip va nomrmalar majmui deb belgilash mumkin. Bunda ko‘proq xalqaro huquqiy sub‘ektivlik konsepsiyasidan kelib chiqib, xalqaro jinoyat huquqi predmetiga nafaqat jismoniy shaxslar sodir etgan, balki davlatlar sodir etgan jinoyatlarni ham qo‘shish mumkin. R.A.Kalamakryan va R.A.Myullerson ham ushbu yondashuvga yaqin fikrni ilgari suradilar. Ularning fikriga ko‘ra, xalqaro jinoyat huquqi shunday tarmoqki, u xalqaro huquq sub‘ektlarining xalqaro huquqiy tartibotga jinoiy tajovuzlaridan himoya qilish maqsadida tuzilgan va davlatlarning xalqaro, xalqaro xarakterdagi jinoyatlari uchun javobgarlik, shuningdek, aybdor jismoniy shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yo‘lidagi prinsip va normalarni o‘z ichiga oladi.
I.I. Lukashuk va A.V. Naumovning fikriga ko‘ra, xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorligini tartibga soluvchi prinsip va normalarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro ommaviy huquqning tarmog‘i hisoblanadi.

A.X. Saidovning ushbu masalada ilgari surgan nuqtai nazaricha, xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning xalqaro hamjamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini ta‘minlash uchun asosiy ahamiyat kasb etadigan majburiyatlarini buzishini xalqaro huquqiy qilmish sifatida baholaydi.


V.P. Panov umuman boshqa fikrni ilgari suradi. U xalqaro jinoyat huquqini xalqaro huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida ko‘rib chiqib, xalqaro jinoyat huquqi xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorligini tartibga solib turuvchi prinsip va normalar tizimidir. Shu bilan birga, jinoyat huquqida jinoyat sub‘ekti bo‘lib nafaqat jismoniy shaxslar va davlatlar, balki ayrim hollarda yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin. Ammo keyinchalik u davlatlarning javobgarligini xalqaro huquq doirasidagi javobgarlikka olib keladi, degan fikrni bildiradi.
Xalqaro jinoyat huquqini xalqaro xarakterdagi jinoyatlar tarkibini aniqlovchi, xalqaro jinoyat yustitsiya organlari faoliyatini tartibga solib turuvchi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha davlatlarga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari borasida xalqaro huquqiy printsiplar va normalar tizimi tashkil qiladi. Xalqaro jinoyat huquqini xalqaro huquqning alohida sohasiga ajratish jarayoni xalqaro va milliy huquq tizimlari yaqinlashuvi natijasida ro‘y bermoqda.
Davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorligining huquqiy mexanizmda xalqaro jinoyat huquqining prinsilari keng qo‘llanadi. Ular quyidagicha:

  1. Xalqaro huquq bo‘yicha shaxslarning shaxsiy javobgarligi. Sodir etilgan xatti-harakatlarni jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilishni bevosita xalqaro huquq amalga oshiradi. Sodir etilgan jinoyat o‘zida shaxsiy javobgarlikni aks ettiradi va hukm xalqaro huquq asosida chiqariladi.




  1. Xalqaro huquq bo‘yicha jinoyat sodir etgan shaxsning mansab- dor ekanligi uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi va jazoni yumshatuvchi holat bo‘lib hisoblanmaydi.

Xalqaro huquqda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatlar ko‘p holatlarda mansabdor shaxslar, shu jumladan, davlat boshliqlari tomonidan sodir etiladi. Ularda jinoiy ta‘qib etish immunitetining mavjudligi ma‘lum ma‘noda bunday jinoyatlar bilan kurashishning o‘z mazmunini yo‘qotishga olib keladi. Xalqaro harbiy tribunal Nizomida ushbu holat quyidagi shaklda belgilangan: “Sudlanuvchilarning mansabdorlik holati, ya‘ni davlat boshliqlari yoki turli xil davlat muassasalarida javobgar mansabdor shaxslar sifatidagi holati ularni javobgarlikdan ozod etish yoki jazoni yengillashtirish uchun asos bo‘la olmaydi”. Jinoiy harakat, mansabdor shaxs tomonidan ichki (milliy huquq bilan belgilangan funksional vazifalarni bajarish vaqtida sodir etilganda ham ushbu qoida qo‘llaniladi. Xalqaro harbiy tribunal Nizomining qarori shuni belgilaydiki, ushbu holat ichki jinoyat huquqi uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin, ammo xalqaro jinoyat huquqi uchun ahamiyatga ega emas. Bu yerda xalqaro jinoyat huquqining ichki (milliy) jinoyat huquqidan ustunligini ko‘rish mumkin.

  1. Yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning javobgarligi. Shaxsning mansabdorlik holati unga qo‘l ostidagi xodimlari sodir etgan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilaydi. Mansabdor shaxs o‘z xodimlarining xalqaro huquq bo‘yicha jinoyat sodir etayotganidan xabari yoki yetarli asoslari bo‘lsa-da, ammo u bu jinoyatlar sodir etilishining oldini olish yoki ularni to‘xtatish maqsadida zarur chora-tadbirlarni ko‘rmagan bo‘lsa, unga nisbatan javobgarlik masalasi yuzaga keladi.

Bunday vaziyatlarda bo‘ysunuvchining jinoiy javobgarlikka tortilishi yuqori turuvchi mansabdor shaxsni ham jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
“Yuqori turuvchi mansabdor shaxs” tushunchasi o‘zida nafaqat bevosita boshliqni, balki davlat tizimidagi barcha mansabdor shaxslarni (agar ko‘rsatilgan mezonlar yetarli bo‘lsa, davlat boshlig‘ini ham kiritish mumkin) aks ettiradi. Bir jinoyat uchun ikki marta sudlash mumkin emas. Ushbu huquqning umumiy prinsipi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda quyidagicha ifodalangan: “Hech kim bir marta sodir etgan jinoyati uchun, agar u har bir davlatning tegishli qonuni va jinoyat-protsessual huquqi bilan jazoni o‘tagan bo‘lsa yoki oqlanib chiqqan taqdirda javobgarlikka yoki sudlovga tortilishi mumkin emas”. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, ushbu prinsip faqatgina yakunlovchi hukm o‘qilgandan so‘ng va u kuchga kirgan vaqtdan boshlab qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ham ushbu prinsip ifodalangan bo‘lib, u quyidagi shaklda belgilangan: “Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas” 11

Xulosa
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi harakat bilan ya‘ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni “qonunga bo‘ysunish narxi” deya ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni,bajarish,xarajatlari);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash).
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub‘ektlar o‘rtasidagi moddiy ne‘mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi,va,soliqqa,tortilmaydi.

Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi.


Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid kelmasligi nuktai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya‘ni jinoiy, qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat, daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi.Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi.


Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish