Mavzu: individual jinoyatchilik xatti harakatlarining iqtisodiy tahlili


Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi



Download 227 Kb.
bet4/7
Sana14.04.2023
Hajmi227 Kb.
#928583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ganiyev Abdurasulning iqtisodiyot

Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
Inter-American development bank tadqiqotchisi Laura Jautmanning fikriga ko‘ra jinoyatga xarajatlar quyidagi uch tasnifga ega: 1. Jinoyatlarga ijtimoiy xarajatlar (sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan jinoyatchidan jabrlanuvchiga undiriladigan yoki davlat tomonidan qoplab beriladigan harajatlar) 2. Xususiy sektor xarajatlari (jinoyatlarga qarshi kurashish, xususan, xavfsizlik xizmatiga yo‘naltiriladigan xususiy sektor qatnashchilarining mablag‘lari) 3. Hukumat xarajatlari (Davlat organlari, xususan, militsiya, sud-huquq tizimi va qamoqxonalar uchun sarflar) Jinoyatlarga qarshi kurashish hamma davlatda har xil yondashuvlarga asoslanadi. 2017-2019-yillar davomida tadqiqotchilar Karib dengizida va Janubiy Amerikada joylashgan 17 ta mamlakatda tadqiqotlar olib bordi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu mamlakatlar jinoyatlarga qarshi kurashish uchun YaIM ning o‘rtacha 3 % iga teng mablag‘ni sarf etar ekan. Bu ko‘rsatkich eng yuqori 3.57 % ni va eng past 2.41 % ni tashkil etgan. Bir yil mobaydida esa ushbu 17 ta davlatda jinoyatchilikka qarshi kurash uchun 174 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘lar sarf etilgan.
Garri Stanley Bakker 1990-yil, 2-dekabrda AQSh da tug‘ilgan. Chikago iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori, Chikago iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi. Faoliyati va o‘limidan keyin 6 ta AQSh va xalqaro darajadagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen uni XX asrning ikkinchi yarmida yaxshagan eng yaxshi ijtimoiy sohadagi olim deb atagan bo‘lsa, Jastin Volfers uni oxirgi 50 yildagi eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o‘zining asarlarida sotsiologiya va iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi va jinoyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o‘ringa qo‘ygan. Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishicha “insonlar jinoyatlarni sodir etish jarayonida har doim kuchli ruhiy va ahloqiy bosim ostida bo‘ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodir etsa, boshqalar uni ongli ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat qilmagandagi naflilikni solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni sodir etmaslikdan keladigan nafdan ustun bo‘lsa, bu jinoyatchiga o‘ziga xos rag‘bat bo‘ladi. Uning etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun va uni oldini olish uchun katta mablag‘ sarf etilsa ham, jinoyatchilarga aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday jamiyatlarda jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi.

Ya’ni jinoyatchi ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun foydali ekanligini bilishi kerak” Bakker o‘zining “A treatise on the family” (Oilada bir asar) kitobida jamiyatda jinoyatchilar guruhining shakllanishida oilaning ahamiyati juda yuqoriligini alohida muammo sifatida e’tirof etgan. Uning fikriga ko‘ra bolaning o‘zining qiziqishlari orqali sodir etadigan harakatlariga qaraganda, oilasida unga bo‘lgan e’tibor va uni qaysidir harakatga yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Oilada ota-ona oilasining yaxshi hayot kechirishi uchun ko‘proq daromad topishni birinchi o‘ringa chiqaradi, natijada oiladagi bolalarga etibor pasayadi. Bu etiborsizlik esa bolada o‘siga nisbatan xudbinlikni kuchaytiradi va uni qalbida bolaligidayoq jamiyatga nisbatan nomuvofiq g‘oyalar shakllanishni boshlaydi. Shuning uchun, Bakker bu nazariyani buzilgan bola yoki yomon ahloqli bola nazariyasi deb nomlaydi. Bakker g‘arbda birinchilardan bo‘lib, oilani iqtisodiyotga tasir etuvchi katta kuch sifatida tadqiq etgan iqtisodchi-sotsiologlardan hisoblanadi. U hatto oila ham o‘zining iqtisodiyotini rejalashtirish kerakligini ta’kidlaydi. U jamiyatda oilalarning ajrashuvi, ikki insonning oila qurishi, oila azolari orasidagi bir-biriga bo‘lgan o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik uzoq muddatli iqtisodiyotda mamlakat iqtisodiyotiga funksional ta’sir etishini ta’kidlagan. U o‘zining Chikago universitetida oila mavzusida olib borgan ko‘p yillik izlanishlari natijasida jamiyatning umumiy taraqqiyotida oila iqtisodiyoti, xususan, turmush qurish, ajrashish, oila hajmini rejalashtirish, daromadlar darajasining mutanosibligi hamda oilada bolalar tarbiyasiga sarflanadigan vaqt kabi tushunchalarni va ular orasidagi korrelyatsiyani chuqur tadqiq etgan.




Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish