Jinoyatchilik individual ratsional tanlov sifatida.
Neoinstitutsionalistlarning ta’kidlashlaricha, jinoyatchi o‘zini mohiyatan qonunga me’yorida rioya qiladigan fuqaro sifatida tutadi - o‘zining ixtiyoridagi mavjud inson va jismoniy kapitalidan samaraliroq foydalanishga urinadi. «Shu tariqa, jinoyatchi bo‘lishga qaror qilish tosh teruvchi yoki duradgor bo‘lishga, yoki iqtisodchi bo‘lishga qaror qilishdan farq qilmasligini hisobga olish mumkin, - deb yoziladi sharhlovchi maqolalardan birida. Individ har bir muqobillarning sof xarajatlari va foydalarini ko‘rib chiqadi va shu asosda o‘z qarorini qabul qiladi» 2 . Biroq duradgorlik va jinoyatchilik “kasbi” o‘rtasida bor-yo‘g‘i bitta tafovut mavjud bo‘lib, uni iqtisodchilar ancha ilgari sezganlar. Uni yaxshi anglash uchun birgina, xususiy va empirik iqtisodiy-kriminologik tadqiqotga murojaat qilish o‘rinli. 1972 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Sesnovitsning “Tajovuzkorona o‘g‘irlikdan olingan daromad”3 nomli kichik maqolasi chop etilgan . Uning muallifi Pensilvaniya shtatining 1990 yil davomidagi kriminologik statistikasi aniq ma’lumotlari asosida buzib o‘g‘rilik qiluvchining “kasbi” (buzib o‘g‘rilik qilish, burglary –
AQSh da eng keng tarqalgan jinoyat turi) qanchalik foydali ekanligini aniq baholashga va shu orqali jinoyatchilik faoliyatidan daromadlilik hisobining umumnazariy modelidan foydalanishga aniq misol keltirishga urindi. Buzib o‘g‘rilik qilish boshqa turdagi jinoyatchilik faoliyatlari kabidir – bu, deb ta’kidlaydi muallif, yuqori riskli faoliyatdir, shu sababli o‘g‘ri qo‘lga tushish va sudlanish bilan tavakkal qiladi.
Agar jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan daromadi noldan kichik bo‘lsa, jinoyatchi ratsionalligini tasdiqlash mumkin bo‘ladimi? Mumkin! Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida risk iqtisodiyoti maxsus bo‘limi mavjud. Iqtisodchilar ratsional xo‘jalik xatti harakatlarining uchta har xil turlarini ajratadilar: riskka moyillik, riskka betaraf munosabat va riskdan qochish. Jinoyatchilarning fe’l atvori - bu riskka moyillar fe’l-atvoridir, demak, jinoyatchilikka riskli biznes turi sifatida qarash mumkin. Legal iqtisodiyotda birjadagi ko‘plab o‘yinchilar, ko‘ngilochar (azart) o‘yinlar ishqibozlari, ayrim tadbirkor-novatorlar o‘zini shu tariqa tutadilar. Qandaydir faoliyat turi (shu jumladan, jinoiy) qanchalik riskli hisoblansa, risk ishqibozlari o‘rtacha real daromadlari shunchalik past bo‘ladi. Shu sababli jinoyatchilar daromadlari ular legal iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, olishlari mumkin bo‘lgan ish haqidan odatda past bo‘ladi. Agar M.Sesnovits tomonidan namoyish etilgan yondoshuvni umumiyroq ko‘rinishda tasavvur qilsak, u holda jinoyatchilarning fe’l-atvori kutilayotgan foydalilikni maksimallashtirish sifatida namoyon bo‘ladi.
G. Bekker huquqbuzarliklarni amalga oshirishdan kutilayotgan foydalilikni quyidagi formula orqali ifodalagan:
EU = (1 - r) x i (Y) + r x i (Y - f) = U (Y - r x f),
Bu yerda EU - jinoyatchilikdan kutilayotgan foydalilik (expected utility);
r - huquqbuzarni jazolash ehtimoli;
Y - jinoyatdan olinadigan daromad;
U - jinoyatchining foydalilik funksiyasi (utility);
f -jinoyat uchun jazolash4 .
Jinoyatchi uzoq vaqtli yuqoriga ko‘tarilishni ko‘zlayotgan ekan, u holda jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadni baholashda u muqobil xarajatlarni – legal biznesdan olinadigan daromadni, ya’ni agar u “egri yo‘l”dan ketmay, olishi mumkin bo‘lgan daromadni hisobga olishi kerak. G.Bekker modelida shu tariqa potensial jinoyatchi faqat ikkita muqobilga: yo u jinoiy ko‘tarilishni (EU > 0 bo‘lganda) tanlaydi, yoki qonunga rioya qiluvchi fuqaroga (agar EU < 0) aylanadi. G.Bekkerning izdoshlari tomonidan jinoiy faoliyatning boshqa murakkabroq modellari ham taklif etildi. Xususan, portfelli tanlov modeli keng tarqalgan: potensial jinoyatchi o‘z daromadini o‘z vaqtida (ya’ni o‘z pul yoki inson kapitalini) legal va nolegal faoliyatlar o‘rtasida turli nisbatlarda taqsimlashi mumkin 5.
Do'stlaringiz bilan baham: |