Ikkinchi sabab
– ilm o‗z sohibiga (foydadan ko‗ra) ko‗proq zararli bo‗lishi.
Masalan, nujum – yulduzlar ilmi. Bu ilmning ham aynan o‗zi mazmum emas. Nujum ilmi
ikki qismga bo‗linadi. Birinchi qism hisob-kitob ilmi.
Binobarin, Qur‘oni karim oy va
quyoshning sayr qilishi hisob-kitobli ekanini so‗zlagan. Alloh taolo:
«Quyosh ham, oy ham aniq hisob kitob bilan (joriy bo‗lur): «Biz oyni ham toki
u eski (xurmo) butog‗i kabi bo‗lib (egilib, hilol holiga kelib) qolgunicha bir
necha manzilga belgilab tayinlab qo‗ygandirmiz», degan.
Ikkinchi qism hukmlar ilmi. Bu ilm bilan shug‗ullanish borliqdagi ro‗y berayotgan
voqeahodisalarning sababiga bog‗lab dalil chiqarishga olib boradi. Va u
Alloh taoloning
maxluqlari ustida odati va sunnatining joriy bo‗lishini bilishdan iborat. Lekin bu ilmni
shariat mazammat qilgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar qadar zikr qilinsa,
tilingizni tiying,
yulduzlar zikr qilinsa, tilingizni tiying va mening sahobalarim zikr qilinsa,
(ular haqida yomon so‗z so‗zlashdan) tilingizni tiying», deganlar.78 Va yana: «Men
ummatimga o‗zimdan keyin uch narsa kelishidan qo‗rqaman: imom (rahbar)lar zulmi,
yulduzlarga ishonish va qadarni yolg‗onga chiqarish», deganlar.79
Umar ibn Xattob (r.a.): «Quruqlik va dengizda yo‗l topadigan miqdorda yulduzlar ilmini
o‗rganing, so‗ng qolganidan o‗zingizni tiying», deganlar. Qolganini bilishdan qaytarishlari
uch jihatga ko‗ra:
Birinchi jihat: u xalqning ko‗pchiligiga zarar yetkazadi. Chunki odamlarga falon
yulduzlar harakati orqasidan mana bu hodisalar paydo bo‗ldi, deyilsa, ularning qalblariga
mana shu yulduzlar hodisalarga ta‘sirini o‗tkazuvchi va tasarruf qiluvchi ilohlar ekan, degan
tushuncha o‗rnashib qoladi. Natijada qalb shu tushunchaga o‗ralib, yaxshilik va
yomonlikning bo‗lish-bo‗lmasligini yulduzlarga bog‗liq deb biladi. So‗ng Alloh taoloning
zikri qalbidan o‗chadi. Zaif kishi nazarini sabab-vositalar bilan cheklab qo‗yadi.
Ilmda mustahkam bo‗lgan kishi esa quyosh, oy va yulduzlar Alloh taoloning amriga
bo‗ysundirilgan deb biladi. Zaifning nazari bunday: U quyosh chiqsa, nuri taraladi deb
biladi. Xuddi chumoli qog‗ozning ustiga chiqib qolib, yozilayotgan qora harflarni qalamning
ishi deb o‗ylagani singari. Uning tushunchasi barmoqlarni, barmoqdan so‗ng qo‗lni, qo‗ldan
so‗ng uni harakatga keltiruvchi irodani, undan so‗ng yozishni
iroda qiluvchi qobiliyatli
kotibni, undan so‗ng yozayotgan qo‗lga qobiliyatni va xohish-irodani bergan zotni
mushohada qilishga yetmaydi.
Ko‗pchilikning tushunchasi eng quyidagi sabablarni ko‗rish bilan cheklangan.
Sabablarning sababchisini ko‗ra bilishga aqllari qosirdir. Binobarin, mana shu narsa nujum
ilmini o‗rganishdan qaytarish sabablaridan biridir.
68
Ikkinchi jihat: yulduzlarga qarab hukm chiqarish taxminiydir, u birorta shaxs haqida
aniq yoki gumonli (yaqiyn va zon) xabar bermaydi. Taxmin bilan hukm chiqarish esa,
jaholat bilan hukm chiqarishdir. Shunga ko‗ra, bu ilm yulduzlar ilmi bo‗lgani uchun emas,
jaholat bo‗lgani uchun yomonlanadi. Xabarlarda yulduzlar ilmini bilish Idris alayhissalomga
mo‗‘jiza qilib berilgani aytilgan. U kishidan so‗ng bu ilm insonlardan uzoqlashib, yo‗q
bo‗lib ketdi. Munajjimlarning ayrim hollarda qilgan taxminlarining rost chiqishi faqat
muvofiq kelib qolish bilan bog‗liq. Chunki munajjim ba‘zi sabablarni biladi.
Vaholanki,
inson haqiqatni bilolmaydigan ko‗pgina shartlar borki, ularning orqasida musabbab
(sababning natijasi) hosil bo‗ladi.
Munajjim bilgan sabab Alloh taolo taqdir qilgan sabablarga to‗g‗ri kelsa, taxmini
to‗g‗ri chiqadi. Yo‗qsa, xato qiladi. Bu hol to‗p-to‗p bulutlarning ketma-ket kelayotganini
ko‗rganda, insonning bugun yomg‗ir yog‗adi, degan taxminiga o‗xshaydi. Gohida bulutlar
tarqalib,
kun isib ketadi, gohida aksi bo‗ladi. Chunki bu yerda inson bilmaydigan boshqa
sabablar ham bor, yolg‗iz bulutning o‗zi yomg‗ir yog‗ishiga sabab bo‗lolmaydi. Yoki
dengizchi shamollar haqidagi tajribasiga tayanib, kema falokatga yo‗liqmaydi, deb taxmin
qiladi. Ammo shamollarda maxfiy sabablar borki, dengizchi ularni bilmaydi. Gohida uning
taxmini to‗g‗ri chiqadi, gohida xato.m Xullas, shu illatlar tufayli ham yulduzlardan so‗zlash
man‘ etiladi.
Uchinchisi: foydasi bo‗lmagan jihat. Chunki yulduzlar ilmining hisob-kitob va yo‗l
topishdan ortiqchasini o‗rganish samarasiz narsaga sho‗ng‗ish va insonning eng qimmat
boyligi bo‗lmish vaqtni foydasiz narsaga zoe‘ ketkazishdir va bu narsa zararlarning
dahshatlisidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir odamni ko‗pchilik o‗rab olganini
ko‗rib, buning sababini so‗radilar. Odamlar: «Katta olim kishi ekan», deyishdi. Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi masalada?» deb savol qildilar. Ular: «She‘r
va arab
nasablari bo‗yicha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam):
«Foyda bermaydigan ilm va zarar qilmaydigan johillik», dedilar. Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) so‗ng aytdilarki: «Ilm muhkam oyat, qoyim sunnat va odil faroiz (ya‘ni,
meros taqsimlash) ilmidir»
80
. Demak, yulduzlar ilmiga va shunga o‗xshashlarga kirishish
jaholatga sho‗ng‗ish ekan. Alloh taoloning taqdir qilgani, albatta bo‗ladi, uniqaytarish
mumkin emas. Tib ilmi bundan mustasno, chunki unga hojat tushib turadi va uning ko‗pgina
dalillarini bilish imkoni bor. Tush ta‘biri ham mustasno, garchi u taxminga suyansa ham.
Chunki tush payg‗ambarlikning qirq oltidan bir bo‗lagi bo‗lib, unda hech qanday xatar yo‗q.
Do'stlaringiz bilan baham: