Ilovalar.
Tadqiqot xulosasiga qo‟shimcha:
G'azzoliyning ilm xususidagi ta‟limoti va
uning ilmlar klassifikatsiyasi.
Ilm insonning buyuk sifatidir hamda madaniyatga erishmoq yo'lidir. Ilmsiz
aslo taraqqiyotga erishilmaydi, jaholat esa hech qachon insonni saodatmand etmaydi,
balki hayvonsifat qiladi, Ilmsiz kishilar hech qachon buning farqiga bormaydilar. Har
qanday narsa o'rganilib, mohiyati anglab yetilsa yoki bilishga harakat qilinsa, to'rt
bosqichdan o'tiladi:
1.Shak - biron narsaning bor yo'qligiga dalil bo'lmasa shak deyiladi.
2.Zan - ( gumon) - biror narsaning bor -- yo'qligiga qisman dalil bo'lsa aytiladi.
3.Ilm - biror narsaning bor - yo'qligi dalil bilan isbotlanadi.
Ilmning manosi haqiqatni anglash demakdir. Bu darajaga erishish uchun to'rt
narsa lozim: a) Aql, b) Fikr, v) Tajriba, g) Natija. Bulardan hosil bo'lgan haqiqat ilm
hisoblanadi.
4."Imon -
bir narsaga aql bilan ishonib, ko'ngil bilan tasdiq qilmoq". Har
qanday shubha va gumondan yiroq bo'lish orqali ilmning yuksak darajasiga yetiladi.
Faqat oldin ularga bog'liq bir necha narsani tushunib yetmoq zarur.
1) Sezgilar orqali bilingan narsalarga shubha aralashmaydi. Masalan, bunga
ko'z bilan ko‘rgan, quloq bilan egaitgan, qo'l bilan ushlagan, burun bilan hidlagan, til
bilan totgan narsalar kiradi.
2) Rost xabarlar: Masalan, Hindistonni ko'rmasak ham eshitilgan xabarlardan
borligiyi bilamiz.
3) Aql ba'zi karsalarning bor - yo'qligini, rost - yolg'onligini bildiradi. Masalan,
kun qiyom vaqtida cho'lda ketayotgan yo'lovchi oldida suv ko'radi.
Ammo yurib
boray desa yetolmaydi, aql-fikr bilan biladiki, bu suv emas - sarob. Shunday bo'lsada
I. Kant aytganidek: " Aql moddiy olamda bor narsalarni isbot qila oladi".
Ilmning asosi bo'lgan aql Qur'oni Karimda ellik marta zikr etiladi. Mujodala
surasining 11-oyatida "Mo'minlarning va ilmi ulamolariing darajasini Alloh Taolo
86
ko'taradi‖,- deyiladi. Oli Imron surasini 18-oyatida ilm ahli ulug‘lanib " Alloh adolat
ila turib, albatta, Undan o'zga iloh yo'qligiga shohidlik bеrdi.
Farishtalar va ilm
egalari ham. Undan o'zga iloh yo'q. U aziz va hakim zotdir.", deyiladi. Zumar
surasining 9-oyatida "Bilgan kishilar bilmagan kishilar bilan barobar bo'la oladimi ?",
deyiladi. Hadisi Shariflarda: " Ilm izlash har bir musulmon va muslimaga farzdir ",
yoki "Beshikdan to qabrgacha ilm izla", deya uqtiriladi.
Qur'oni Karim va Hadisi Sharif mana shu tarzda ilm izlashga ko'p targ'ib va
tashviq qiladi. Bu tashviq faqatgina diniy ilmga taalluqli bo'lmay, balki inson uchun
foydali barcha ilmlarga birdek daxldordir.
Ilm barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug'langan, muqaddas kitoblarga
yuksak ne‘mat sifatida e'tirof etilgan. "Ilm nima? ", "Olim kim ?‖
degan masala,
bashariyatning diqqat markazidagi masalalardandir. Ilm xususidagi g'oyalar Hujjatul
Islom sifatida tan olingan olim Abu Homid G'azzoliy asarlarida xususan biz yuqorida
tahlil qilingan ―Ihyo‖ asarida ko‘p uchraydi.
As‘ad Mehaniy G'azzoliy tilidan quyidagi fikrni keltiradi: " Jurjondan Tusga
qaytishimda yo'lda qaroqchilar uchrab, hamma narsamni tortib olishdi.
Ularning
ketidan "hammasini sizlarga baxshida etdim, faqat xaltamdagi bir dasta qog'ozlarimni
qaytarib beringlar, ular sizlarga kerak emas" deya yalinib yolvordim. Ko'p
zorlanganim uchun o'grilar boshligining rahmi keldi shekilli, menga qarab dedi:
"Xaltangdagi qog'oz
shu darajada qimmatlimidiki, unga yopishib olding ?" "Bir
qancha vaqt xonadonimdan uzoqlarda yurganimda bilgan va o'rganganlarimni yozib,
to'plab yurgandim". "'Dars o'qidim, bilim oldim deganing nimasi, sendan
qog'ozlaringai olib qo'ysak, bilimsiz bo'lib qolibsan. qaroqchilar o'g‘irlaydigan , tortib
oladigan ilm ham ilm bo'ladimi ?" - dedi - da safdoshlariga o'sha qog'oz
solingan
xaltani qaygarib berishni buyurdi. O‘g'rilar sardori tomonidan aytilgan bu gaplar
menga Xudoning bir hidoyatiday tuyuldi. O'shandan so'ng shunday harakat qildimki
o'rgangan narsam o'zimda qolsin, ya'ni Tusga kelib yodlaganlarimning barini uch yil
davomida xotiramga muhrlab oldim". G'azzoliyning ilm haqidagi ta'limogiga e'tibor
qaratar ekanmiz, "ilm mutlaq fazilat" ,- deydi u.
Odam farzandi yetishi mumkin bo'lgan eng ulug' martaba, eng oliy daraja
saodati abadiyadir, deydi G'azzoliy. Demak, unga bu yo'lda kerak bo'ladigan
narsa
eng afzal narsa. Saodatga ilm va amalsiz erishib bo'lmaydi. Ilmning dunyodagi
manfaatlari esa, azizlik, viqor, hukmdorlarga so'zi ta'sir qilishi va boshqalar tarafidan
hurmatga sazovor bo'lish kabilardir. Hattoki har bir millatning esi pastlari ham
olimlarni ilmlari tufayli hurmat qiladi. Bu narsa
ilmning mutlaq fazilatidir, deydi
G'azzoliy.
Dunyoning tartib - nizomi odamlarning amallariga bog'liq. Insonlarning ishlari,
kasbu korlari va sanoatlari uch qismdan iborat.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: