Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 1,63 Mb.
bet17/72
Sana14.12.2022
Hajmi1,63 Mb.
#885776
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Ozbek tilining imlo muammolari НАШР 01.12

1. O‘zbek alifbosini boshqa turkiy tillar alifbolari bilan uygunlashtirish masalasi, aslida, 20-yillarning o‘rtalarida sobiq SSSRdagi umumturkologik muammolardan biri sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, u shu kungacha ham o‘zining aniq va izchil yechimini topgani yo‘q.
2. O‘zbek alifbosi va imlosining milliy jihatlarini, uning o‘zbek tili fonologik tizimiga moslik darajasini mustahkamlash harakati ham ancha ilgaridan bor. Buning uchun Zahiriddin Muhammad Boburning «Xatti boburiy»ini (XVI asr), «Chig‘atoy gurungi» jamiyatining 1919– 1921- yillardagi faoliyatini, 1921– 1923-yillar orasida til va imlo masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan qurultoy va konferensiyalar qarorlarini, 1926– 1929-yillardagi munozara-bahslarni, 1934– 1938-yillarda lotin grafikasidagi o‘zbek alifbosi va imlosiga kiritilgan o‘zgarishlarni eslash kifoya. Bu jarayon 1940-yildan keyin ham yaqin vaqtlargacha davom etdi. Bir guruh tilshunoslarning fikricha, hozirgi o‘zbek alifbosi va imlosi o‘zbek tilining milliy jihatlarini yetarli darajada ifodalay olmaydi. Ularning ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida eski o‘zbek adabiy tiliga va hozirgi qipchoq lahjalariga xos bo‘lgan kontrast juftliklar (i-ı, ə-a, ü-u, ө-o kabi zidlanishlar) mavjuddir, ammo alifbo va imlodabu xususiyat hisobga olinmagan, demak, ularni (alifbo va imloni) shu kamchilikni bartaraf qilish nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish kerak.
Ikkinchi guruh tilshunoslarning fikriga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari 6 tadir (и, э, а, у, ў, о). Bu fikr tarafdorlari qatorida A.K. Borovkov, V.V. Reshetov, A. G‘ulomov, Sh. Shoabdurahmonov, F.Kamolov, A.Mahmudov, S.Otamirzayeva, A.Abduazizov, A. Nurmonov, SH.Rahmatullayev va boshqalarbor. Biroq shu 6 unlining kirillyozuvdagi ifodavositalari bo‘lgan harflarningmiqdori (и, э, а, у, ў, о, е, ё, ю, я), vazifalari masalasida bu guruh vakillari orasida ham yakdil qarash yo‘q edi: prof. V.V. Reshetov e, ё, ю, я harflarining sof o‘zbek so‘zlarida qo‘llanishiga e’tiroz bildiradi, chunki ularning ikki tovushni (е=й+э, ё=й+о, ю=й+у, я=й+а kabi) ifodalashi o‘zbekcha
so‘zlarning morfologik tarkibini xiralashtirib qo‘ymoqda. Bunday qarash S.Otamirzayeva, S.Ibrohimov, Y.Abdullayevlar tomonidan ham ma’qullangan, ammo N.Mamatov, E.Fozilov, I.Ulugboyev va boshqalar mazkur harflarning alifbodan chiqarilishi g‘oyasiga e’tiroz bildirganlar. N. Mamatovning aytishicha, я, ё, e, ю kabi grafemalarning mavjudligi o‘zbek tiliga o‘zlashgan baynalminal so‘zlarning fonologik tarkibini yozuvda tog‘ri ifodalash imkonini beradi, demak, o‘zbek yozuvining baynalmilal jihatlarini mustahkamlaydi; Ikrom Ulug‘boyevning fikriga ko‘ra ё, ю, я harflari o‘zbek alifbosidan chiqarilsa,u holda shu kungacha yaratilgan adabiyotlarni o‘qishda, o‘zbek alifbosida chalkashliklar yuz beradi.
Yuqoridagi kabi munozaralar hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qorishiq «j» (дж), sayoz til orqa «ng» («нг») va ruscha o‘zlashmalarda qo‘llanadigan qorishiq «ц» fonemalari, binobarin, ularning yozuvdagi ifoda vositalari xususida ham mavjud. Demak, o‘zbek alifbosi va imlosining milliy jihatlarini mustahkamlash masalasidagi ayrim munozarali holatlar hanuz davom etib kelmoqda. Bunday vaziyat aslida, alifbo va imloga emas, balki ular uchun lingvistik asos bo‘lgan o‘zbek adabiy tilining fonologik tizimlari bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelmoqda.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish