SО‘ZBOSHI
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rnivanufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tiliva adabiyoti universitetiningtashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlartayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 4-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi (1989-yil 21-oktabr) Qonunning30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Shunga ko‘ra, butun yurtimizda ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish haqidagi farmoni (2019-yil 21- oktabr) o‘zbek tilini taraqqiy ettirish borasidagi ishlarning yuksak cho‘qqisi bo‘ldi. Endilikda bu sohada qo‘yilgan vazifalar va ularning ijrosi o‘zining o‘ta qizg‘in pallasigakirmoqda.
Respublikamizda so‘nggi vaqtlarda davlat tili, yozuv, binobarin, alifbo va imlo bilan bog‘liq amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar til ta’limi sohasi kishilari oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda. Mana shunday yumushlardan biri o‘quvchi yoshlar savodxonlik darajasini oshirish, o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini ishlab chiqish, imlo masalalariga oid o‘quv dasturlarini yangilash, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishdir. “O‘zbek tilining imlo muammolari” fani bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv-uslubiy ko‘rsatma ham shu yo‘nalishdagi ishlar sirasigakiradi.
Ma’lumki, “O‘zbek tilining imlo muammolari” kursi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti (bakalavriyat bosqichi) talabalarining o‘rganishi zarur bo‘lgan muhim fanlardan
hisoblanadi. Bu fan hozirgi o‘zbek adabiy tilining harf, yozuv va imlo qoidalari tizimiga oid bilimlarni mustahkamlaydi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanining o‘rganilishi talabalarning yozuv bilan bog‘liq madaniy saviyasini oshirishga yordam beradi. Bu fan talabalarga yozuv amaliyotida mavjud muammolarni tugatishga ko‘maklashadi, ularni o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirish va unga to‘la amal qilishga da’vat etadi.
“O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan taqdim etilayotgan ushbu o‘quv-uslubiy ko‘rsatma yangi alifboga asoslangan “ O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (O‘zR VMning 1995-yil 24-avgustda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan) hamda O‘zbek tili va adabiyoti universitetining Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan tuzilib tasdiqlangan “O‘zbek tilining imlo muammolari” dasturiga muvofiqlashtirildi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatmada asosan XX asr davomida o‘zbek yozuvi – o‘zbek alifbosi va imlosining shakllanish va rivojlanish tarixi haqida nazariy ma’lumot berish, jadid ziyolilari, keyingi davr tilshunoslarining sohaga doir ishlarini tahlil etish, joriy alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish, amaliy va seminar mashgʻulotlari yordamida o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, oʻzbek punktuatsiyasini oʻrgatish ko‘zdatutildi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatma uchun o‘zbek tilshunos olimlari Y.Abdullayev, А.Nurmonov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, K.Nazarov, H.Jamolxonovlarning masalaga oid o‘quv dasturlari va qollanmalari, imlo lug‘atlari asosiy manbabo‘lib xizmat qildi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda “O‘zbek tilining imlo muammolari” fanidan o‘quv darsligi mavjud emas. Mazkur o‘quv- uslubiy ko‘rsatma mana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi degan umiddamiz. Zero, asosiy maqsadimiz talabalarning yozma savodxonligini oshirish, ularning imlo bilan bog‘liq xatolariga barham berish, to‘g‘ri, aniq, xatosizyozishga o‘rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |