1919-1920-yillarda “Chig‘atoy gurungi ” jamiyati alifbo va imloni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi: ona tili oʻqituvchilarini tayyorlash ikki oylik kurslarini tashkil qildi, “Bitim yo‘llari ” kitobchasi yaratildi, unda arab yozuvi o‘zbek tili tovushlari tizimiga anchagina moslashtirilgan boʻlib, alifboga u, o‘, o, a, i, e unlilari uchun harflarolindi5.
5 Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. –T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiynashriyoti, 2013. 200–201-betlar.
1921-yilning 1-5-yanvar kunlari Toshkentda o‘zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag‘ishlangan Birinchi o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Qurultoyda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (Mahmud Hodiyev) ma’ruzalaritinglanadi.
Fitrat ma’ruzasida arab alifbosining o‘zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammallikdan qutulish uchun arab alifbosidagi harflarning 4 xil shaklidan faqat bittasini - so‘z boshidagi shaklini qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet so‘zlarni o‘zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi. Bu fikrni Elbek ham quvvatlaydi. Ashurali Zohiriy esa Fitratning ba’zi takliflariga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda, bunday so‘zlarning ma’nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. U unli tovushlar uchun 5 ta harf belgilashni taklif qildi. Alifbo-imlo ustidagi bu kabi tortishuvlar, ziddiyatlar bois ziyolilar ikkiga - yangiimlochilarva o‘rtaimlochilar guruhigabo‘linibketadi.
Botu (Mahmud Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish va unga o‘tishni taklif qiladi. O‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosi loyihasini qurultoy ishtirokchilariga taqdim etadi. Bu loyihani S.Usmonxo‘jayev ma’qullaydi, ammo ko‘pchilikamaldagi (arabcha) alifboni ayrimtuzatishlar kiritish bilan saqlashkerakdegan fikrni quvvatlaydi. Ushbu qurultoyda amalda mavjud bo‘lgan yozuvni isloh qilish, 6 ta unli harf olish, o‘zbek so‘zlariga “qalinlik va ingichkalik qoidasi”ni kiritish, harflarning hammasini bir
turli shaklga tushirish, o‘zlashgan so‘zlarni o‘z harflarimiz bilan yozish kabiqator qarorlar qabul qilindi6.
Do'stlaringiz bilan baham: |