Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 1,63 Mb.
bet8/72
Sana14.12.2022
Hajmi1,63 Mb.
#885776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
Ozbek tilining imlo muammolari НАШР 01.12

4. XX asr boshlarida alifbo-imlo masalalarining kun tartibiga qoyilishi
O‘zbek yozuvining XX asr davri boy tarixiyjarayonlarga ega ekani bilan xarakterlanadi. Bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta isloh qilingan va bir yozuv tizimidan boshqa yozuvga ko‘chirildi. Tilshunos olim H.A. Jamolxonovning qayd etishicha, o‘zbek yozuvining XX asr tarixi 4 davrni o‘z ichiga oladi:
1-davrarab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929);
2-davrlotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940);
3-davrrus grafikasiga asoslanganyillar (1940-1995).
4-davrikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslanganyillar (1995-2005).4
H.Jamolxonovning ma’lumot berishicha, 1-davrning (1900-1918) 1917-yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga doir jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qitish ishlariniyo‘lga qo‘yishvazifasiga qaratilgan. Shu maqsadda bir qator alifbo kitoblari yaratildi. Jumladan, 1902-yilda Saidrasul Saidazizovning Ustodi avval”, 1911-yilda A.Avloniyning Birinchi muallim , 1912-yilda Ikkinchi muallim kitoblari, 1913-yilda M.Faxriddinovning Turkcha qoida , 1916-yilda Abdullaxo‘ja


4 Jamolxonov H., Sapayev Q. Imlomuammolari (o‘quv qo‘llanma). –T.: 2007. 7-bet.
Saidmuhammadxo‘jayevning “Rahbari soniy” kitobi, shu yili
Ashurali Zohiriyning “Imlo kitoblari yaratildi.
Bu davrda yaratilgan o‘quv kitoblarida yozuvni soddalashtirish, alifbo va imloni o‘zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi seziladi.
Ma’lumki, XX asr boshlarida jadidchilik harakatining kuchayishi, ta’lim-tarbiyaning tezkor va ta’sirchan usullariga qiziqishning ortishi xalqimiz o‘rtasida ming yillardan buyon qo‘llanib kelayotgan, lekin ta’lim tizimida tez savod chiqarishga monelik qilib kelgan arab grafikasi asosidagi yozuvni o‘zbek tili fonetik tizimiga moslashtirish, so‘zlarni qanday qilib to‘g‘ri va bir xil yozishga erishish masalasini hal qilishni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Davrning ilg‘or ziyolilari xalqning savodxonlik darajasini oshirish uchun, eng avvalo, yozuv masalasini hal etish lozimligini anglab yetdilar. Shuning uchun ham 20-yillardan boshlab alifbova imlo masalasinihal etishumummillat manfaatiga aylandi.
Yozuv tariximizning 1919-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish, soddalashtirish, keyinroq ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi. Xususan, 1919-yil avvalida Toshkentda Fitrat rahbarligida til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi “ Chig‘atoy gurungi jamiyati tashkil topdi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif xalq komissarligida “Turk shu’basi” tashkil etiladi. Bu shu’ba o‘zbek maktablariga ta’lim dasturlari va darsliklarini yaratishbo‘yicha ish olibboradi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish