1927-yilningiyunoyida Bokuda yangi turk alifbosi Markaziy Qo‘mitasi birinchi plenumini o‘tkazadi. Unda lotin grafikasi asosida tuzilgan birlashgan turk alifbosi qabul qilinib, barcha turkiy Respublikalarga tarqatiladi.
1928-yilningyanvarida Toshkentda Butunittifoq yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasining ikkinchi plenumi bo‘lib o‘tadi. Plenumda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish yo‘lidauchrayotgan to‘siqlarni yengib, alifbo islohotini tezlashtirish kerakligi ta’kidlanadi. Butunittifoq yangi alifbo Markaziy qo‘mitasining ikkinchi plenumidan so‘ng yangi o‘zbek (lotin) alifbosi Markaziy Qo‘mitasi ham o‘zining ikkinchi plenumini o‘tkazadi, bu plenumda yangi o‘zbek alifbosini amalga kiritishning besh yillik rejasitasdiqlanadi.
1928-yilning7-martida О‘zbekiston Respublikasi 2-chaqiriq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Oliy Kengashining 3-sessiyasi yangi o‘zbek alifbosi Markaziy Qo‘mitasining hisobotini va 5 yillik rejasi haqidagi axborotini tinglaydi hamda bu ishni amalga oshirishning yangi tadbirlarini ishlab chiqish lozimliginita’kidlaydi.
Sessiya majlisining bayonnomasi 6-moddasida qayd etilishicha, О‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi yangi o‘zbek alifbosini Davlat alifbosi deb tan oladi va uni matbuotda e’lon qilishni Markaziy Ijroiya Qo‘mita Prezidiumiga topshiradi.
1928-yilning11-avgustida О‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7-martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123-sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlatalifbosi deb e’lon qilinadi hamda bu alifboga bosqichma-bosqich o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi (1-ilovagaqarang). Bu qarorda yangi alifboga to‘la o‘tishni 1932-yilningoxirigachayakunlash nazardatutiladi.
1928-yilning1-dekabrida О‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 123-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritadi, bu qarordayangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini ikki yilga qisqartirish, uni 1930-yilning 1-yanvarigachatugallash belgilabberiladi.
Xullas, qayd etilgan sanalardan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek yozuvining 1-davri til-imlo masalalari tafsilotlariga boy, o‘zbek ziyolilarining imloni takomillashtirish uchun kurashgan davri ekani bilan ko‘zgatashlanadi.
Tilshunos olim H.Jamolxonov o‘zbek yozuvining 2-davrini1929-1940-yillar bilan belgilaydi8. Bu davr lotincha-o‘zbekcha yozuvga to‘la o‘tish bilan boshlanadiva qariybo‘nyildavometdi.