O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM VA TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM KECHKI YO’NALISHI
1-BOSQICH 102-GURUH TALABASI
XAYITOVA BARCHINOYNING
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
Termiz– 2022
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
davlat talablari……………………………………………………………..5
1.1 Davlat talablarini tasdiqlash haqida.....................................................................5
1.2 Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari …………………...11
II BOB ……………………………………………………………………………15
2.1 Davlat talablari bo’yicha sog’lom turmush tarzini shakllantirish…………….15
2.2 O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi..........20
Xulosa ………………………………………………...………………………….24
Foydalanilgan adabiyotlar ….…………………………………………………..26
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3032
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi. Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi Janubiy kareaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari Korea , Rossiya, Estoniya,Belarus, buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.
Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat. Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |