DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKUTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 1MI 2021 GURUH TALABASI OCHILOV MAHMUDNING “O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN YOZGAN
MUSTAQIL ISHI
MUSTAQIL ISH MAVZUSI:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning mazmun mohiyati
O’QITUVCHI:
ABDULLAYEV JAMSHID
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning mazmun mohiyati
Reja:
Korrupsiyaga qarshi kurashish - davr talabi.
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni haqida.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir. Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining sub’ektlari hisoblanadi, chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi”. Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga so‘zning keng ma’nosida yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. Bugungi kunga kelib respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘lishini anglagan holda harakat qilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Demak, biz korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz, inson omilisiz onlayn dasturlarni har bir sohaga joriy qilishimiz va natijada adolatli hamda shaffof tizimni yaratishimiz zarur.1 «Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash eʼlon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin oxirgi yil natijalari, korrupsiyaga qarshi eʼlon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi.
Qancha rahbarlar va tadbirkorlar o‘zlarining qilmishlariga yarasha jazo oldilar va eng muhimi bu holatlar ochiqdan ochiq OAV orasida keng muhokama qilinishi boshlandi. Bundan bir necha yil oldin bunaqa qing‘ir ish uchun jazo belgilanganda bu ishlar oshkor qilinmasdan yopdi-yopdi bilan o‘tib ketardi va natijada xalq nima uchun u yoki bu rahbar, tadbirkor ishdan ketganiga turli taxminlarni bildirardi.
Lekin bu kurashda biz ham befarq bo‘lishimiz kerak emas. Yangicha fikrlashga tezroq o‘tishimiz kerak, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilib biz ham umumiy kurashga qo‘shilishimiz kerak. Maishiy korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Nima uchun yangicha fikrlash muhim — yoshlarimizda hashamatli uy-joy va mashinani “amallagan”, dabdabali to‘y-hashamlarni ko‘z-ko‘z qiladigan va ishga-o‘qishga kirishda “tanklar” borligidan faxrlanishlariga chek qo‘ymog‘imiz kerak.
Endi vaziyat o‘zgardi. Ochiqlik prinsipi eʼlon qilindi. Endi aybdorlar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilyapti, balki butun xalq oldida ismi va kirdikorlari oshkor etilib, tegishli bahosi berilyapti. Ushbu jinoyatlarni ochiqdan-ochiq eʼlon qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni yakuniga yetkazish hamda ularning ildizlariga bolta urish uchun davlat rahbarimizda katta istak va kuchli siyosiy iroda mavjudligi ko‘ryapmiz», — deb yozgan AOKA rahbari.2 Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida korru siyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!
Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.
Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.
Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi. Shu munosabat bilan 2003 yil 09 dekabr' kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilingan. Shu tariqa 2004 yil 09 dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda. .Bosh assambleyaning rezolyusiyasida ko‘rsatilganidek ushbu xalqaro kunni tashkil etishdan maqsad korrupsiya muammosiga kuchli (yoki muhim) e'tibor qaratish, shuningdek korrupsiya va unga qarshi kurashishda Konvensiyaning o‘rni(roli)ni kuchaytirishdan iboratdir. Rezolyusiyada ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘q. Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus ko‘rinishi ekanligini tushunish muhimdir; u mansabdor shaxs va fuqaro(mijoz)ning o‘zaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy bo‘lib, ularning atrofida ahloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga keladi. Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, ya'ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak. Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir”degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017 yil 4 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan O‘RQ-419 Sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. 6 bob, 34 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.3 Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |