Fanidan yozgan mustaqil ishi mustaqil ish mavzusi



Download 40,89 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2022
Hajmi40,89 Kb.
#350327
1   2
Bog'liq
Ochilov Mahmud

korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.4
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Аdliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi 2018-2019 oʼquv yilida yu.f.n., dotsent G.Аlimovning «Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi» mavzusidagi monografiyasi tayyorlanib chop etildi, i.f.d., professor B.Isroilov (mualliflar jamoasi) tomonidan 2018 yil dekabrda Sankt-peterburg politexnika universiteti olimlari bilan xammualliflikda “Современная система противодействия отмыванию преступных доходов и финансированию терроризма”  ва “Экономическая безопасность” oʼquv qoʼllanmalari chop etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G.Аlimov va B.Isroilov ham muallifligida “TТеневая экономика, коррупция, взяточничества: уголовно-проавовая оценка” nomli monografiyasi tayyorlanib chop etishga topshirildi.

Shuningdek, Yuristlar malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi tinglovchilar guruhlari uchun, markaz Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrurpsiyaga qarshi kurashning halqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida maʼruzalar oʼqib kelinmoqda.

2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi.

Markaz mutaxassislari va professor-oʼqituvchilari respublikamiz miqyosida oʼtkazilgan korrupsiya mavzusiga oid oʼnlab ilmiy amaliy konferentsiya, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining hamda Аdliya vazirligini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlarini ijrosini ham oʼz vaqtida taʼminlab kelmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi bundan keyin ham respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga oʼz xissasini qoʼshib boradi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.5

Xulosa o’rnida

Korrupsiya – har qanday jamiyatda taraqqiyot kushandasi hisoblanadi. Chunki korrupsion tizimda eng avvalo xalq aziyat chekadi. Bundan tashqari korrupsiya jamiyatda salohiyati past va faqatgina o’zining manfaatini o’ylaydigan kadrlarni ko’paytiradi. Hech bir ish korrupsiyasiz bitmaydigan bo’lib qolishi mumkin. Chunki o’zi korrupsiya yo’li bilan biror mansab yoki mavqega ega bo’lgan inson boshqalarning ishini ham pora olish bilan bitirishni maqsad qiladi yoki kimgadir “yaxshilik” qilib undan albatta qandaydir shaxsiy manfaati uchun “yaxshilik” kutadi. Bular natijasida jamiyatda bilimsiz o’qituvchilar, shifokorlar va boshqa inson taqdiri muhim ahamiyat kasb etuvchi soha vakillari ko'payadi. Birgina bilim va tajribaga ega bo’lmagan shifokor bir necha kishining nobud bo’lishiga sababchibo’lishi mumkin va eng achinarlisi xalq oldida barcha xamkasblarining obro’siga putur yetkazadi. Tibbiyotga ishonchsizlik natijasida nosog’lom avlodlar dunyoga keladi. Kasallik insonga xam ma’naviy xam moddiy zarar keltiradi. Nosog’lom odam o’zi va oilasini moddiy ta’minlashi birmuncha qiyin, buning natijasida butun oilaning yashash darajasi pasayadi. Nochor va nosog’lom xalq bilan esa davlat qudratli bo’la olmaydi. Birgina bilimsiz o’qituvchi esa yuzlab insonning porloq kelajagini yo’q qilishi mumkin. Noto’g’ri ta’lim tarbiya ko’rgan o’quvchi jamiyat uchun xavfli shaxs sanaladi. Ular albatta korrupsion tizimning bir qismiga aylanadi. Millat taqdiriga befarq loqayd insonlar shubxasiz jamiyatga faqat zarar keltiradi. Eng yomoni bu hokimiyat, sud-huquq, ichki ishlar va boshqa davlat tashkilotlaridagi korrupsion muhitdir. Buning natijasida xalq adolat yo’qligiga ishonadi va davlat siyosatidan qo’rquv vujudga keladi. Butun hokimiyatni qoralaydi, ammo, o’z fikrini bildirishga qo’rqadi. Korrupsiyani har qanday qatlam vakillarini o’z ichiga olgan ulkan tizimga aylantiradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya yo’q deb ayta olmaymiz. Ammo, mustaqillikning ilk kunlaridanoq korrupsiyaga qarshi kurashib kelinyapti. Ayniqsa, yuqorida keltirib o’tilgan qonunda buni ko’rishimiz mumkin. Bu albatta o’z natijasini ko’rsatyapti. Jamiyatdagi korrupsiyani yo’qitish xar bir fuqaroning o’ziga bog’liq. Har bir shaxs korrupsiyani yo’qotishga o’z xissasini qo’shishi kerak. Buning uchun pora bermaslik, pora olmaslik, mansabdan foydalanmaslik va shaxsiy xayotni ishga aralashtirmaslik talab qilinadi. Pora berish eng avvalo pora bergan insonning o’zi uchun katta zarar, biroq, pora bermasa ish bitmaydigan darajadagi vaziyatlarga O’zbekistonda duch kelingan va hozirgi kunga qadar buni inkor etish imkonsiz. Eng avvalo pora beruvchi o’sha pora evaziga olgan manfaati qanchalik o’zi uchun foydali ekanligini o’ylashi kerak. Agar u shu manfaatga arziganida unga porasiz ham erisha olardi. Demak boshqalarga yo’l berish keak. Buni insonlarga faqat ongli ravishda tushintirishimiz kerak. Xar bir fuqaro o’ziga to’g’ri bo’lsa va o’zi haqli bo’lgan manfaatga erishishga harakat qilsa ana o’shanda korrupsiyani yengish mumkin bo’ladi. Buning uchun jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishimiz kerak. Korrupsion jinoyatlar uchun jazolash bu korrupsiyani tugatmaydi va bu yechim bo’la olmaydi. Lekin bu jinoyat uchun yengil jazo korrupsiyani avj olishiga olib keladi. Biz barcha shaxslarga korrupsiya o’zi uchun faqat zarariga ishlashini tushuntirishimizgacha bu jazo og’ir bo’lishi kerak. Pora olmaydigan va pora bermaydigan jamiyat shakllantirilganda esa jazoning ahamiyati qolmaydi. O’zbekiston aholisining katta qismini islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmonlar tashkil qiladi. Dinimizda ham korrusiya xolati qattiq qoralanadi va bu uchun beriladigan jazolar aytib o’tilgan. Diniy bilimlar berish orqali ham xalqda korrupsiyaga nisbatan nafrat uyg’otishimiz mumkin. Nafaqat korrupsiya balki jamiyatdagi barcha yomon illatlarni to’g’ri diniy ta’lim orqali yo’qotishimiz mumkin. Bunda faqat ta’lim beruvchilarning salohiyatiga, qobilyatiga va dinni o’zgartirmagan ya’ni, xech narsa qo’shmagan va xech narsani yashirmaganiga e’tibor berishimiz kerak.

Hukumatimiz tomonidan korrupsiyani yo’qotish uchun qilinayotgan ishlar tahsinga loyiq. Bu albatta asta sekin o’z natijasini bermoqda. Biz yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida korrupsiyasiz jamiyat paydo bo’lishiga ishonamiz va bu eng qisqa vaqt ichida amalga oshishi uchun o’z hissamizni qo’shamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. A.Allabergenov boshqarma boshig‘i  (Iqtisodiyot va sanoat vazirligi) https://mineconomy.uz/

  2. O‘RQ-419 Sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. https://lex.uz/docs/3088008 sayti manzilidan olindi

  3. Internet sayti https://mehnat.uz/ internet manzili

1 A.Allabergenov boshqarma boshig‘I  (Iqtisodiyot va sanoat vazirligi) https://mineconomy.uz/ Saytidan olindi,

2 O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev "Facebook"dagi sahifasida Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashda idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi haqida post qoldirdi.

3 O‘RQ-419 Sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni, 1-modda. https://lex.uz/docs saytidan olindi

4 O‘RQ-419 Sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni, 3-modda. https://lex.uz/docs saytidan olindi

5 O‘RQ-419 Sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni, 16-modda. https://lex.uz/docs saytidan olindi

Download 40,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish