Mavzu: ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari


O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi



Download 113,5 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2022
Hajmi113,5 Kb.
#647653
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari

2.2 O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi.

Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Shaxsiy gigiyena va ularni saqlash shartlari, o’smirlar o’rtasidagi gigiyenik tarbiya mohiyati, o’smirlarning shaxsiy gigiyenasini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari batafsil o’rganilgan.


Gigiyenaning bu jihatlari M.V.Antropova, M.I.Ismoilov, D.V.Kolesov, S.E.Mansurova, S.S.Solixo’jayev, D.J.Sharipova kabi olimlar tadqiqotlarida aks etgan.Boshlang’ich sinflarda gigiyena bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borganlar. Bulardan S.Solixo’jayevning ” Birinchi sinfga olti yoshdan” , Sh.I.Karimovning ”Sog’lom avlod uchun” risolasi Ibn Sino nomidagi nashriyot tomonidan 1993- yilda nashr etilgan. ”Bolalarga gigiyenik ko’nikmalarni ularni makt5ab ostonasiga qadam qo’ygan kunidan boshlab singdirish uchun oilada va maktabda qulay shart- sharoitlar yaratish zarur”. [ S.Solixo’jayev ”Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. Ibn Sino 1993-y].
Bugungi kunda 1-4 sinflar uchun Salomatlik, Tabiatshunoslik va Odobnoma darslari o’tilmoqda. Darsliklarni maktab o’quvchilariga o’qitishdan maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish sog’lom avlodni voyaga yetkazish omillari, shaxsiy va jamoat gigiyenalariga rioya etishni ularning ongiga singdirishda iboratdir.
Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?
Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?
Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir. Ijodiy tafakkurini rivojlantirib, shijoatli, qiyinchiliklarga chidamli
bo’lishini ta’minlaydi.
Chiniqib borishga har bir mashg’ulotda o’z oldiga maqsad qo’yish va mashq qilish jarayonida unga yetish uchun harakat qilishni o’quvchilar o’rganib boradilar. Masalan, ”Arqon tortish”o’yini.Bu o’yinda bolalar o’zlarining kuchini sinab ko’rib, naqadar sog’lomligini sinab ko’rishadi,shuningdek, ularning g’alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag’bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-chidamli bo’lish ko’nikmalari ortadi. Qolaversa o’yi vaqtida bolalar fikrlashadi. Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to’plab olish va birdamlik bilan harakat qilishga o’rganadilar.
__sabr chidamga o’rgatish;
__o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish;
__bolalarni fikrlashga o’rgatish;
__hozirjavob bo’lishga tayyorlash;
__o’yin davomida birdamlik va hamdardlikka o’rgatish;
__jamoa bo’lib oharakat qilishga o’rgatish va shu kabilar va shu kabilar.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig’ bo’lish va boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko’p marta uqtirgan hamda asarlarida ifodalagan.
Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomaligida yugurmasa, kasalligida albatta yuguradi” yoki mashqlar bilan mo’tadil shug’ullangan kishi hech qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi” – deb bejiz aytmagan. Yoki ” Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi – parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari –mijoz bilan kayfiyatdir”.-deydi.Jismoniy tarbiya sog’liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatga erishishga, hayotiy muhim harakat uquv va malakalarni egallashga yo’llangan.Uodamni unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Jismoniy hususiyatlardan tashqari, bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar,harakatli o’yinlar, sport jismoniy tarbisining vositalari hisoblanadi. Ular bilan uy sharoitida, maktabda, bolalar sport maktsblarida shug’ullanadilar. Turli yoshda jismoniy tarbiya turli xil vazifalarga ega.
I-IV sinf o’quvchilari muskul sezgilarini harakat tempi va harakat ko’lamini, muskullar taranglashishva bo’shashish darajasini farq qilish qobiliyatini takommillashtiradilar. Ular harakatning to’g’ri texnikasini egallaydilar, ya’ni kerakli yo’nalishlarda, ritmda, tempda, tegishli muskullar taranglashishi bilan mashqlar bajaradilar.
Agar maktab o’quchilari harakatlarning asosiy elementlarni to’g’ri bajarishni o’rganmagan bo’lsalar, harakatni oxirigacha yetkazishga intilmasalar ular yetarli natijalarga erisholmaydilar. Harakat texnikasini takomillashtirish odam shaxsini shakllantirish bilan bo’g’liq. Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, tuzatuvchi ta’sir etadi. Uqaddi – qomatdagi nuqsonlarni, umurtqa pog’onasini qiyshayganligini, bukchayganlikni yo’q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko’krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilashi mumkin.
Qiz bolalar va og’il bolalar uchun maxsus mashqlar ko’pmleksi mavjud. Ularda organizmning xususiyatlari o’g’il bolalar va qiz bolalar qomatiga bo’lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko’rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ” bola xotirasini mustahkamlashda tongi badantarbiyani muntazam ravishda bajarish, chopish, suzish, tabiat manzarasini to’yib tamosha qilish va musiqa tinglash samarali natija beradi”, - [ ” Tib qonunlari ”. Abu Ali ibn Sino ]. deb uqtirgan.
Xulosa qilib aytganda, buyuk kelajagimiz vorislari bo’lgan yosh avlodni har tamonlama kamolatga yetishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishning ahamiyati kattadir. Maktab o’qituvchi xodimlari o’quvchilarga nosog’lom turmush tarzining kasalliklarga, azob – uqubatlarga yetaklashini, sog’lom turmush tarzi esa salomatlikka, baxtli umrga yetaklashini targ’ibot qilishlari lozim

Xulosa
Har bir davlatning taraqqiyoti, mustahkamligi ko’p jihatdan yosh avlodning ham jismonan, ham ma’nan sog’lomligiga bog’liq.
Barkamol avlodni tarbiyalsh masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, hozirda ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Sog’lom avlodni voyaga yetkazishning asosiy yo’nalishlari muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq ilgari surib kelinmoqda.
2005-yilni ’’Sihat – salomatlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25- yanvardagi ”Sihat – salomatlik yili” Davlat dasturi to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan Xalq ta’limi Vazirligining 31- yanvardagi 19- sonli buyrug’i chiqarilgan. Shu buyruq asosida Respublika ta’lim markazining 16- fevraldagi 6- sonli buyrug’i ishlab chiqildi. ” Sihat – salomatlik yili ” Davlat dasturidagi belgilangan tadbirlarni amaliyotda tadbiq etish fidokorona mehnatni talab etadi.
Chunonchi, o’sib kelayotgan yosh avlodning har tamonlama sog’lom bo’lishi uchun o’quvchilardan sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ekologik va gigiyenik tarbiya berish juda muhim vazifalaridan biri sanaladi.
Bu borada sog’lom turmush tarzini, yashash tarzini targ’ib etish bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablarida salomatlik darslari kiritilgan bo’lib, unda ekologik va gigiyenik tarbiya berib boriladi. Oquvchilarning shaxsiy salomatligi xususida bilimlar berish, uni muhofaza etish, ularda gigiyenik bilimlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lish, bolalar sog’ligini saqlash va ularni kundalik turmushda hayotga joriy etish maqsadida olib boriladigan darslar o’quv yili davomida har bir sinfda 17 soatga mo’ljallangan. Bu darslarni o’qitishdan maqsad o’quvchilarga ruhiy, ma’naviy barkamollikka erishish yo’llarini, sog’lom avlodni sog’lom turmushga tayyorlash kabi masalalarni o’rgatish, ongiga singdirishdan iborat. Davlat ta’lim standarti boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z salomatligi va jismoniy kamolotiga oid egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablarni belgilab beradi.

  1. Inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid gigiyena va me’yorlari, o’z sog’ligini muhofaza qilish, o’zi uchun bo’lgan xavf – xatarni oldini olish, tozalikka rioya qilish, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy chiniqish, badan tarbiyasi, jismonan go’zal bo’lishga intilish, jismoniy nafosatni his etish va undan zavqlnish kabi tushunchalarni bilish;

  2. Chiniqish, muntazam badantarbiya qilish, yuvinish, jismoniy mashqlar bajarishning mohiyatini anglash;

  3. Ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish;

  4. Shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish, unga amal qilish;

  5. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilish;

  6. Kun tartibiga rioya qilish;

  7. Tishlarni parvarish qilish. Tishlarni kasallanishi va undan saqlanish;

  8. Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish;

  9. ’’Salomatlik – tuman boylik” tushunchasi va unga amal qilish;

  10. Inson salomatligi uchun zararli bo’lgan odatlarni bilish.




Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish