1.Kovalent bog’lanishda valentlik nima bilan belgilanadi?
a. tashqi pog’onadagi umumiy elektronlar soni bilan
b. tashqi pog’onadagi juft elektronlar soni bilan
c. barcha elektronlar soni bilan
d. hosil bo’lgan umumiy elektron juftlar soni bilan
e. tashqi va tashqaridan oldingi pog’onadagi elektronlar soni bilan
2.Quyidagi hususiyatlardan qaysi biri qutbsiz kovalent bog’lanishli birikmalarga xos?
a. yuqori temperaturalarda qaynaydi
b. past temperaturalarda qaynaydi
c. yuqori temperaturada suyuqlanadi
d. elektr o’tkazuvchanligi yaxshi
e. suvda yaxshi eriydi
3. Qaysi birikmada element bilan vodorod orasidagi bog’ eng qutbli?
a. CH4 b. HCl c. H2S d. CH3OH
e. CH3COOH
4. п-bog’larni hosil qilishda p-orbitallar qanday vaziyatda qoplanadi?
a. ikki yadroni qoplovchi o’q ustida
b. ikki yadroni bog’lovchi o’qdan tashqarida
c. ikki yadroni bog’lovchi o’qning tomonida
d. ikki yadroni bog’lovchi o’qning bir tomonida
e. ikki yadroning orqa tomonida
5. Vodorod xlorid molekulasidagi kimyoviy bog’lanishda qaysi orbitallardagi elektronlar ishtirok etadi?
a. s- va s- b. p- va p- c. sp2- va sp2-
d. s- va p- e. sp3- va sp3-
6. Quyidagi moddalar orasidan eng kam qutblangan kovalent bog’lanishli molekulani toping.
a. CH4 b. NH3 c. PH3 d. H2S e. HF
7. Qutbli kovalent, ion, metall bog’lanishlarga mos ta’riflarni ko’rsating.
1) bir xil atomlarning elektron juft vositasida bog’lanishi
2) qarama-qarshi ishorali ionlarning elektrostatik tortilishi
3) ionlarning umulashgan va harakarchan elektron bulutlar vositasida bog’lanishi
4) elektromanfiyligi bir oz farq qiladigan atomlarning bittadan toq elektronlarining juftlashuvi natijasida bog’lanishi
a. 1,2,3 b. 4,3,2 c. 2,3,1 d. 4,3,1 e. 4,2,3
8. Moddalar molekulasi tarkibidagi bog’larning ionli darajasi ortib borish tartibini ko’rsating.
1) B-Cl 2) Na-Cl 3) Ca-Cl 4) Be-Cl 5) Mg-Cl
a. 1,4,5,3,2 b. 4,1,5,2,3 c. 1,4,3,5,2
d. 1,5,3,4,2 e. 2,3,5,4,1
9. Ammoniy xloridda qanday turdagi bog’lar mavjud?
a. 3 ta kovalent va 2 ta ion
b. 4 t kovalent va 1 ta ion
c. 4 ta ion va 1 ta kovalent
d. 5 ta ion
e. 5 ta kovalent
10. A,D,E,L va X elementlarning tartib raqamlari mos ravishda 2,6,8,9 va 11. Shu elementlar birikmalari orasida qutbli kovalent bog’lanishga ega bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.
a. AX,AE b. DE2,EL2 c. AL,A2E d. EX,X2E
e. E-E, L-L
11. Ionli birikma hosil qila oladigan elementlar juftligini aniqlang.
1) …3s1 2) …2s22p5 3) …2s22p2 4) …2s22p3
5) …3s23p5
a. 1 va 2; 1 va 5 b. 2 va 3; 4 va 5
c. 1 va 5; 2 va 5 d. 3 va 4; 2 va 4
e. 1 va 3; 3 va 5
12. A,D,E va L elementlarning tartib raqamlari 6,9,10 va 19. Qaysi elementlar juftligi ion bog’lanishli birikma hosil qiladi.
a. A bilan L b. A bilan E c. D bilan L
d. D bilan E e. E bilan L
13. Kimyoviy bog’ning uzunligi qaysi molekulada eng katta?
a. HCl b. VF5 c. WF6 d. SF6 e. NF3
14. Qutbli kovalent bog’lanishli va jami elektronlari yig’indisi 40 va 42 bo’lgan moddalar qatorini aniqlang.
1) AlF3 2) Cl2O 3) N2O3 4) Fe(OH)2 5) SO3
a. 1,3 b. 2,3 c. 3,5 d. 5,2 e. 2,4
15. Kimyoviy bog’lanish turi kovalent qutbli bo’lgan, lekin molekulasi qutbsiz bo’lgan moddani ko’rsating.
a. vodorod xlorid b. suv c. ammiak
d. uglerod(IV)oksid e. vodorod sulfid
16. Brom atomining kovalent radiusi 0,114 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi 0,03nm ga teng bo’lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarini aniqlang.
a. 0,114;0,053 b. 0,258;0,03 c. 0,117;0,372 d. 0,228;0,144 e. 0,258;0,114
17. Kimyoviy bog’ning uzunligi kattaroq bo’lgan molekulani ko’rsating.
a. brom b. vodorod yodid c. yod
d. kislorod e. xlor
18. Quyidagi molekulalarning qaysi birida ichki molekulyar vodorod bog’lanish mavjud?
a. suv b. etanol c. sirka aldegid
d. sirka kislota e. etilenglikol
19. 1) Kaliy ftorid 2) bariy xlorid 3) oltingugurt 4) yod 5) kremniy karbiddagi kimyoviy bog’lanish turi qanday?
a.1,2-ion;3,4-donor-akseptor;5-qutbsiz kovalent
b. 1,2,5-ion;3,4-kovalent
c. 1,2-metall;3,4-kovalent;5-ion
d. 1-ion;2,5-qutbli kovalent;3,4-donor-akseptor e. 1,2-ion;3,4-qutbsiz kovalent;5-qutbli kovalent
20. Qaysi birikmalar vodorod bog’hosil qiladi?
1) C2H5OH 2) C3H7OH 3) H2S 4) C2H5NH2
5) H2O 6) C2H6
a. 2,3,4,5 b. 1,2,3,4 c. 1,2,4,5 d. 1,2,5,6 e. 1,2,3,5
21. Qanday moddalar suvda eritilganda donor-akseptor bog’ hosil qilishi mumkin.
1) karbonat angidrid 2) ammiak 3) vodorod xlorid 4) bor ftorid 5) vodorod bromid
6) oltingugurt(IV)oksid
a. 1,3,4,6 b. 1,3,5,6 c. 1,2,3,5 d. 1,2,4,5 e. 2,3,4,5
22. II davr elementlarining qaysi guruhlarida joylashgan bosh guruhcha elementlarining birikmalari elektron donorlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin.
a. 1,3,5 b. 2,4,6 c. 2,5,7 d. 5,6,7
e. 1,2,3
23. . II davr elementlarining qaysi guruhlarida joylashgan bosh guruhcha elementlarining birikmalari elektron juftlar qabul qilib akseptorlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin.
a. 1,2,4 b. 2,3,4 c. 3,4,5 d. 2,6,7
e. 1,2,3
24. Qaysi molekulada kimyoviy bog’ning uzunligi eng kichik bo’ladi?
a. NBr3 b. J2 c. NCl3 d. PCl5 e. NH3
25. Ionli bog’lanish qaysi elementlar birikmalarida yaqqolroq bo’ladi?
a. 2-davr, III va IV guruh elementlarida
b. 3-davr IV va V guruh elementlarida
c. 5-davr, VII va VIII guruh elementlarida
d. 2-davr, I va VII guruh elementlarida
e. 7-davr, I va IV guruh elementlarida
26. Qaysi elementlar juftligi kuchsiz qutbli kovalent bog’lanishli birikma hosil qila oladi?
1) kislorod va vodorod 2) vodorod va uglerod 3) xlor va brom 4) seziy va ftor 5) kaliy va xlor 6) seziy va xlor
a. 1,2,3 b. 1,3,5 c. 2,4,6 d. 4,5,6
e. 1,4,5
27. Qaysi qatordagi birikmalar kimyoviy bog’lanishning zaiflashib borish tartibida joylashtirilgan.
a. HJ, Hf, HCl,HBr b. HCl, HJ, HBr, HF
c. HF,HCl, HBr, HJ d. HBr, HF, HJ, HCl
e. HJ,HF, HBr, HCl
28. Qaysi elementlar birikishidan ionli hususiyati eng yuqori bo’lgan birikma hosil bo’ladi?
a. …6s1+…5p3 b. …6s1+…2p5 c. …3p2+…3p3 d. …2s1+…5p5 e. …2s1+…2p5
29. Qutbli kovalent bog’lanishga ega moddalar qatorini aniqlang.
1) kaliy sulfid 2) vodorod sulfid 3) kislorod
4) oltingugurt(IV)oksid 5) vodorod xlorid
6) natriy gidroksid 7) suv
a. 1,3,6,7 b. 2,4,5,7 c. 1,5,6,7 d. 3,4,5,6 e. 2,5,6,7
30. Qutbsiz kovalent bog’lanishli molekulalar qatorini aniqlang.
1) ammiak 2) fosfin 3) azot(III)xlorid
4) uglerod(IV)sulfid 5) oltingugurt(IV)oksid
a. 1,2 b. 1,5 c. 3,4 d. 4,5 e. 3,5
Do'stlaringiz bilan baham: |