Kurs ishining maqsadi: Talabalarga ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari haqida tushunchalar berish.
Kurs ishining qisqacha bayoni: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 16 avgust kuni ta’lim tizimidagi islohotlarning borishi bo’yicha majlis o’tkazdi. Prezidentimiz maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg’or xorijiy tajribani o’rganish, har jihatdan zamonaviy ta’lim yaratish masalasiga to’xtalib o’tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo’lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish, bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o’qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko’p jihatdan ularning maktabgacha ta’lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog’liqdir.
1-BOB.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
1.1 Davlat talablarini tasdiqlash haqida
1. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 356-modda) va 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi. 1. Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
talab — biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar majmui;
indikator — bolaning ko‘z bilan ko‘rishi va o‘lchashi mumkin bo‘ladigan ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi.
2. Davlat talablari maktabgacha ta’lim tizimida, shuningdek har bir oilada 7 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim berishda qo‘llanilishi majburiydir.
3. Davlat talablari asosida:
bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda ularning o‘sish dinamikasi va rivojlanish holatlari aniqlanadi;
bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi;
bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi;
kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid ko‘nikma va malakalari belgilanadi.
4. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llanilishi shart:
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari;
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho’balari;
kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.
5. Davlat talablarining maqsadi:
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan yo‘lga qo‘yish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish;
sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.
6. Davlat talablarining vazifalari:
bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim metodikasini tubdan yaxshilash;
ta’lim-tarbiya berishning o‘quv dasturlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish;
maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
bolalarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota-onalarga ko‘maklashish;
maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish.
7. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish talablari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda ishlab chiqiladi:
jinsi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, ijtimoiy ehtiyojlari va madaniy mansubligi, salomatligi va alohida ehtiyojlaridan qat’i nazar, barcha bolalarning ta’lim tizimida teng imkoniyatliligi;
ta’lim olish jarayonida turli xil o‘yinlardan foydalanish;
ota-onalar va tarbiyachilarning hamkorligi.
8. Davlat talablari quyidagi yosh guruhlari bo‘yicha bo‘linadi:
tug‘ilgandan boshlab 6 oygacha;
6 oydan 1 yoshgacha;
1 yoshdan 2 yoshgacha;
2 yoshdan 3 yoshgacha;
3 yoshdan 5 yoshgacha;
5 yoshdan 7 yoshgacha.
9. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish dasturi talablarini bajarish vositalari hisoblanadi:
mustaqillik;
ijodkorlik;
tashabbuskorlik;
o‘zi va atrofdagilarga nisbatan mas’uliyatni his qilish;
o‘zaro hurmat;
tolerant xatti-harakat;
vatanparvarlik;
do‘stlik va hamjihatlik;
jamiyat va davlatga nisbatan hurmat hissi.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab seksiyalari va boshqalar.
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya – iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda г muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi.
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shrt, degan fikr ta’kidlanadi.
Bu qonun to’la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz:
Bulardan 1998-yilda ”O’bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To’laganov, Ruslan Chagayev va boshqalar.
1999-yilda ”O’zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Akobir Qurbonov milliy kurash bo’yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo’yich 2- jahon chempioni, Sambo bo’yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O’quvchilarga bu sportchilarni tanishtira ekanmiz ularning ongida
Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi,
Sportga mehrlari ortadi,
O’quvchilar ularga o’xshashga intiladilar,
Yangi g’alabalarga erishishga undaydi.
Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shakilanishiga tor ma’nodaqamaslik lozim.chunki u turmush-tarzining asosiy qismi,millat salomatligi ta’minlovchi tizimdir.
Shuni unutmaslik kerakki, o’quvlarning o’zlariga ma’qul bo’lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o’zlashtirishi spotrning yuqori pog’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo’lishi bolalar va o’smirlar sport maktabiga o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liqdir.
G’olib chiqqan komandalar rag’batlantiriladi.So’ngra keyingi musobaqalarga yo’lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat,basketbol,qo’l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g’oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.
Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar”o’yini ,”O’quvchilar spartakiadasi” ga keng o’rin berilagan.
Maktab, oila, pedagoglar, o’quvchilar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog’lom hayot tarzini o’quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq atadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg’ulot davomida o’quvchilarga tushuntirib boriladi.
__Jismoniy tarbiya bilan shug’ullangan kishi kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go’zal va harakatchan bo’ladi.
Shuning uchun har bir harakatni mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan
holda bajarishga harakat qiladi.Tarixiy manbalarga qaraganda , o’zbek xalqining milliy sport va milliy o’yinlari aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan.
Bunday milliy o’zbek o’yinlarining umumiy miqdori 3-5 mingdan kam emas. Bu o’yinlarni izlab topish, o’rganish va xalq orasida o’quvchilarga mashg’ulot davomida yangidan targ’ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga,sog’lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini chuqurlashtiradi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ”kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”. [I.A.Karimov ”Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, 1997-y].
Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo’l-yo’riqlari, usullari mavjuddir.Ayniqsa, bolalarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, turli milliy harakatli o’yinlar o’rgatish muhimdir.Bola tarbiyasining bu tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.Yurtboshimiz bu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish, ayniqsa, milliy sport o’yinlari haqida ma’lumotlar yig’ish, ularni boyitish va ular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni ilgari suradi. [ I.A. Karimov ”Kelajakni jasoratli odamlar quradi’’ 1999-y.] Zero milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga dahldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o’yinlari , milliy sport turlari asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan
Do'stlaringiz bilan baham: |