Mavzu: ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish


«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana19.05.2023
Hajmi0,5 Mb.
#940674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish

 
 «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish» bilan bog‘liq Prezident qarori 
loyihasi natijasida: 
1) akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda: 
-o‘quv jarayonini tashkil etish; 
-pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini 
izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning 
mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantiriladi. 
2) milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjaxon amaliyotiga asoslangan 
oliy talim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi. 
-Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish; 
-o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga 
ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish 
masalasi ko‘rib chiqiladi. 
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion 
yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali 
mexanizmlarini 
yaratish 
hamda 
ixtisoslashgan 
laboratoriya, 
yuqori 
texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 
2016 yil 30 dekabrda 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning yetakchi ilm-fan 
namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish 
integratsiyasini yanada takomillashtirish muxim ahamiyatga ega. Bugun jaxonning 
yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy 
hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda. 
Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-
fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim 
ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar 
shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun 
mustaxkam asos yaratiladi. 
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga 
ko‘tarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom 
etmoqda. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul 
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish 


va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini 
xar tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini 
oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muxim chora-tadbirlar belgilangan. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan 
bo‘lgan muloqotida ko‘p masalalar muxokama qilinib, taklif va muloxazalar o‘rtaga 
tashlandi, ya’ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi: 
1. Mamlakatimizda yuqori saloxiyatga ega, jaxon miqyosida e’tirof etilgan 
olimlar ko‘pligi, ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. 
2. Jaxonning yetakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bi-
lan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. O‘zbek olimlari juda ham katta zaxira 
to‘plaganlar, uni rivojlantirish zarur. 
3. Yuqori saloxiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy 
kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini 
tayyorlash darkor. 
4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega. Aynan 
ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi 
amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. 
5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi, 
davlat esa bu yo‘lda avvalo olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish 
o‘rtasida integratsiya bo‘lishi - dolzarb masala. 
O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy va intellektual merosini ko‘z qorachig‘idek 
asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va 
milliy an’analar hamda qadriyatlar ruxida tarbiyalashga aloxida e’tibor qaratish 
zarur. Ta’kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoev Fanlar akademiyasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqoti 
davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani xal etish lozimligini bayon etdi: 
1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar 
darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash 
kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga 
olinishi shart. 
2. Akademiklarni xar taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy 
rag‘batlantirish bo‘yicha aniq, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 
lozim. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi jaxon talablari 
darajasida, yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli 
ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumdavlat dasturlari
maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich, umumiy va maktabdan tashqari ta’lim asosida 
amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, 
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda uning moddiy-texnik 
bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim ahamiyat kasb etadi. 
Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, 
fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv yuksak 
taraqqiyot garovi xisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti 


talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga 
joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, maxalliy xokimiyatlarning e’tibor 
markazida turibdi. Shuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro stan- 
dartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish 
taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilmiy tadqiqot, 
innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali 
mexanizmlari yaratilmoqda.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish