Ishsizlik darajasi yuqori va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta
tumanda yaratiladigan ish o‘rinlari tarkibi
.
Ammo respublikada ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara
oldi xududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada
rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. Mazkur tumanlarda ish o‘rin tashkil etishga
aholi bandligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishga aloxida e’tibor qaratilgan.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalariing ham o‘rni katta,
Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari
tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12
yanvardagi 4931 -son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va
«Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-
sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va
qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya. ekologik
jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati,
mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa
yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish
o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilariniish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan
iborat:
-bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish; bitiruvchilar bandligini
ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
-bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq
foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish
amaliyotini davom ettirish.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida
mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi,
unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat
zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona
xo‘jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari
uchun «start-ap» loyixalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida
ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan,
professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv
kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini
rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini
soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari
uchun davlat namunasidagi xujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf
etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Xarakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim
yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab
chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni
kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik
yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga
bo‘lgan extiyojdan kelib chiqqan xolda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor,
qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali
mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash
imkonini beradi.
Xududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini
yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini
yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
-fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish;
-qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish;
-parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
-ixcham issiqxonalar tashkil etish;
-urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab
chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmi ko‘payadi.
Xarakatlar strategiyasida olis va tog‘li xududlarda turizm va ekoturizmni tashkil
etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar
ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi xududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta
xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta
yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib,
xontaxta qo‘yilib, xojatxona va oshxonaning sanitar xolatlari tartibga keltirilib, chet
ellik sayyoxlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy
taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi
rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Vazirlar Maxkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular
bandligi masalalariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: - ayollarni ularga
munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash asosiy masaladir. Ayollar uchun doimiy
ish joylari yaratish borasidagi muxim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes,
kasanachilik, xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari ham
oqsamoqda.
Xarakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini
ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llab- quvvatlash
maqsadida:
-«Maxallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining maxallalararo va
tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;
- Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dexqonobod, Koson, Nurota, Uzun va
Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini
tashkil etish;
- pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati
bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi
sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining
bitiruvchi kizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning xuquqiy va
iqtisodiy bilimlarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |