Mavzu: ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish


Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana19.05.2023
Hajmi0,5 Mb.
#940674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish

2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish . 
Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini 
yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar 
amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini 
ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jaxon va milliy 
tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi. 
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining 
chuqur taxlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini 
takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 
chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. 
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning 
xar tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xarakatlar 
strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor 
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. 
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan 
tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan 
yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining 
barcha qatlamlarini xar tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan 
takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy 
kafolatlarni ta’minlamoqda. 
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real 
daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar 
salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan 
oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda. 


Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ij-
timoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy 
himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga 
ijtimoiy 
xizmatlar 
ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish 
masalalariga e’tibor qaratilmoqda. 
Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand qatlamlari himoyasini 
kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri 
sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar 
strategiyasida to‘la o‘z aksini topdi. 
Keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish 
borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish nazarda 
tutilmoqda. Xususan, bunda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod 
vakillariga ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 ming nafar 
pensiya yoshidagi shaxsga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‘la moddiy yordam 
berish va ularni qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash, 14 ming nafar xodimga 
yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaxo sovg‘alar topshirish, 55 ming nafar 
ishlamaydigan pensionerga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam 
berish ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun ish beruvchilar 
mablag‘lari xisobidan 7 milliard, Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 1 
milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. 
Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimiz xududlaridagi 
ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha 
kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda davlat byudjeti mablag‘lari 
xisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 
Bundan tashqari, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish. aholining 
ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini, maxallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda 
yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 632 million dollar mablag‘ 
yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. 
Aholining himoyaga muxtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning 
sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli 
ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, xududlarda, chekka 
joylarda bu borada yirik loyixalarning amalga oshirilishi etiborga loyiqdir. 
Fuqarolarning dam olish, sog‘ligini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish 
imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jixozlash jami 49,5 
milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, yoshlar 
markazlari, suzish xavzasi, o‘yingoxlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo 
etilishiga yo‘naltirilmoqda. 
Bolalar 
sog‘lomlashtirish 
oromgoxlarini 
o‘rnatilgan tartibda qurish, 
rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning 


moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‘lari 
xisobidan 18 milliard 540,7 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Surxondaryo 
viloyatida 200 o‘rinli «Amudaryo soxili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; 
Andijon viloyatidagi «Bog‘ishamol» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Sirdaryo 
viloyatidagi «Sirdaryo» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Navoiy viloyatidagi 
«Ishonch» oromgoxida suzish xavzasini qurish ishlarining amalga oshirilishi, xech 
shubxasiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xukumat 
e’tiborining amaldagi ifodasidir. 
Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam 
olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi «Oqtosh» 
sanatoriysida, «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini qurish; Surxondaryo 
viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya 
qilish; Namangan viloyati “Chodak” qishloq fuqarolar yig‘inida dam olish uyini 
qurish ishlarini amalga oshirish uchun yil davomida Kasaba uyushmalari 
mablag‘lari xisobidan 17 milliard 810 million so‘m yo‘naltirilmoqda. Bunda asosiy 
e’tibor, ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini 
oshirishga qaratiladi. 
Axoliga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muxim 
omili xisoblanadi. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot 
birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta 
qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash 
rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq 
vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik 
punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha 
qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi xududlarda uy-
joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini 
kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. 
2017-2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-
tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb 
qilgan xolda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga 
qaratilgan «Xech kim mexr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng 
qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 
yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar 
amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash 
maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga 
chiqib, jarroxlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish 
bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika 
ixtisoslashgan tibbiyog markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha 
qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi. 
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslarini yanada mustaxkamlash 
maqsadida «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi 
Qonun loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur qonun loyixasini qabul 
qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda 
odam azolari va to‘qimalarining transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, 


shuningdek, aholining transplantatsiyaga muxtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar 
va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 
Xarakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga 
ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining 
kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan xududlarda, shuningdek, aloxida 
e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik 
jixatdan noqulay mintaqalarda yashovchi aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil 
etiladi. Borish qiyin bo‘lgan xududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy xolatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va 
aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi. 
Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 
5,8 million AQSh dollari mikdorida, Jaxon bankining Xalqaro taraqqiyot 
uyushmasi, «Salomatlik-3» loyixasi, byudjet mablag‘lari xisobidan onalar va 
bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot 
birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar 
tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. 
Bu sohada ishlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bugun sog‘liqni saqlash 
sohasining uzviy bo‘g‘ini sanalgan tibbiy-profilaktika xizmati jaxon andozalari 
talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy tizimga aylanmog‘i zarur. 
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017- 
2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, 
onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot 
markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika 
ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 
klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p 
tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va 
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. 
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustaxkamlashning muxim va samarali 
omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham aloxida e’tibor 
qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini 
oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini 
mustaxkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shaxrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy 
«Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron 
suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi 
kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. 
Ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba 
uyushmalari 
Federatsiyasi 
tomonidan 
1500 
million 
so‘m miqdorida 
mamlakatimizning turli xududlarida yashovchi 2 ming nafar extiyojmand oila 
ayollari elektr maishiy texnika jixozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi. 
Xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘ligini saqlash 
masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 
Xarakatlar strategiyasida ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular 
orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, 


o‘zgalar parvarishiga muxtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy 
himoyaga muxtoj shaxslarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq 
dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olinganligi yurtimizda «Inson manfaatlari xar 
narsadan ulug‘» tamoyilining amalga oshirilishini ta’minlashda muxim omil bo‘lib 
xizmat qiladi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish