“Amaliy matematika” fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiy nazariyasi fanidan



Download 480,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana19.11.2022
Hajmi480,03 Kb.
#868882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik fayllar



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Amaliy matematika” fakulteti 
Iqtisodiyot kafedrasi 
Iqtisodiy nazariyasi fanidan 
 
 
TOPSHIRIQ 
 
Mavzu :Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik
 
BAJARDI: 926-21 talabasi Mardiyeva Muhlisa 
QABUL QILDI 
:
Rashidov.A.R 
Jizzax_2022 
 


Mavzu :Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik 
Reja: 
I. Kirish. 
II. Asosiy qism. 
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi. 
2. Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari. 
3. Inqirozlarning mazmuni va turlari. 
4. Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati,kelib chiqishi 
sabablari va salbiy oqibatlari. 
5. Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning 
oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar. 
 
III. Xulosa. 
 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
Kirish 
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va 
narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli 
iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta'sirida 
tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqtivaqti bilan 
ob'ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish 
harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish 
iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu 
holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Ko‘plab 
iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib
talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi 
kabi hodisalarning davriy tavsifiga e'tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish 
ketma-ketligidagi ma'lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob'ektivligi va 
realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta'siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi 
to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.SHpitgof, M.Tugan-
Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va 
boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan. Ta'kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. 
Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich 
umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali 


keng to‘xtalib o‘tilgan. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi 
bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl 
tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi 
ta'kidlangan. SHuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor 
etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini 
ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta'sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, 
falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib 
ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. SHundan so‘ng 
sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi 
nazariyalar bayon etilgan. Ba'zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi 
muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan1 . Ushbu xususiyatlarni 
hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib 
o‘tamiz. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib 
kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir 
sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom 
etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat 
unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi 
notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy 
taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali 
amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, 
yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (19.1-chizma). Ana shu fazalarning har biri 
rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy 
siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida 
ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur 
bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, 
u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi 
ta'minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. 
Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. 
Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida 
iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi
.

Download 480,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish