glikogen
gormonlari ishlab
chiqariladi. Insulin gormoni organizmda uglevodli modda almashinuvini boshqaradi, qonda
glyukoza miqdorini kamaytiradi. Glikogen gormoni insulinga nisbatan antogonist hisoblanib,
qondagi kand miqdorini oshiradi. Insulin jigarda glikogen moddasini va yog’ to’qimasida yog’
moddalarini parchalaydi. Demak, me’da osti bezining endokrin qismida ishlab chiqadigan
gormonlar organizmda uglevodli va yog’ modda almashinuvini idora etadi.
Ovqat hazm qilish tizimining asosiy qismini tashkil etuvchi a’zolar qorin bo’shlig’ida
joylashgan. Qorin bo’shlig’i organizmda eng katta bo’shliq bo’lib, yuqoridan diafragma bilan,
oldidan va yonlaridan qorin muskullari bilan, orqadan - umurtqa pog’onasining bel bo’limi,
belning kvadrat muskuli va yonbosh-bel muskuli bilan chegaralangan. Pastda qorin bo’shlig’i
kichik tosni bo’shlig’igacha davom etadi.
Qorin bo’shlig’ida jigar, me’da, me’da osti bezi, ingichka va yo’g’on ichaklar, taloq,
buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik yo’llari joylashgan. Qorin bo’shlig’ining orqa yuzasidan
pastga to’shuvchi aortaning qorin qismi, pastki qovak vena o’tadi, nerv chigallari va tugunlari
yetadi. Qorin bo’shlig’ining ichki yuzasi ichki qorin fastsiyasi bilan qoplangan.
Qorin fastsiyasi
bilan parietal yoki devor qorin pardasi orasida yog’ kletchatkasi joylashgan.
Qorin pardasi
qorin
bo’shlig’ining devorini va unda joylashgan ichki a’zolarni qoplaydi. Qorin pardasi
parietal
(devor)
va
vistseral (ichki) varaqlardan
tashkil topgan. Parietal qorin parda qorin bo’shlig’ining devorlar yuzasini to’liq qoplab,
undan ichki a’zolarga o’ta boshlaydi va vistseral varaq nomini oladi. Vistseral varaq ichki
a’zolarni qoplaydi. Qorinparda yaxlit bir butun varaq bo’lib, a’zodan devorga, devordan a’zoga
o’tib, qorin bo’shlig’ini hamma tomonidan chegaralaydi. Parietal qorinpardani vistseral
qorinpardaga o’tishi vaqtida burmalar, boylamlar, va chuqurchalar hosil bo’ladi. Bundan tashqari
parietal va vistseral varaqlari orasida qorin parda bo’shlig’i hosil bo’ladi. Qorin parda
bo’shlig’iga varaqlar bir oz miqdorda seroz suyuqlik ishlab chiqaradi. Qorinpardaning yuzasi shu
suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin bo’shlig’idagi a’zolar yengillik bilan ishqalanmay
harakat qiladi.
Qorin parda ichki a’zolarga nisbatan har xil joylashadi. Ba’zi a’zolar qorinparda bilan faqat
bir tomondan qoplangan. Bularga o’n ikki barmoqli ichakning bir qismi, buyraklar, me’da osti
bezi, buyrak usti bezlari kiradi va bu a’zolarni holati
ekstraperitoneal holat
deyiladi. Boshqa
a’zolar qorinparda bilan uch tomondan qoplangan bo’lib, egallangan holati
mezoperitoneal
deb
ta’riflanadi. Mezoperitoneal a’zolarga yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak, pastga to’shuvchi
chambar ichak, to’g’ri ichakning o’rta qismi, siydik qopi kiradi.
A’zolarning bir qismi qorinparda bilan hamma tomondan qoplangan. Bunday a’zolar qorin
bo’shlig’i ichida joylashib,
intraperitoneal
a’zolar deyiladi. Intraperitoneal a’zolarga me’da,
ingichka ichak, kur ichak, ko’ndalang chambar ichak, chuvalchangsimon o’simta, taloq,.jigar,
sigmasimon ichak, to’g’ri ichakning boshlanish qismi, bachadon va bachadon yo’llari kiradi.
Intraperitoneal joylashgan a’zolarni qorinparda qoplaganda boylamlar va ikki boylamlarni
(duplikato’ralar) hosil qiladi. Bu boylamlar charvilar deb nomlanadi. Ingichka ichak,
chuvalchangsimon o’simta, ko’ndalang chambar ichak sigmasimon ichaklarda charvilari bo’ladi.
Qorinpardalarning boylamlari ichki a’zolarni qorin bo’shliq devoriga pishiq biriktiradi.
Jigar
qorin bo’shlig’ining o’ng qovurg’a osti sohasida, diafragmaning o’ng gumbazi
ostida joylashgan. Ogirligi taxminan 1500 - 2000 g, kizgish - ko’ngir tusda, yumshoq bo’ladi.
Jigarning ko’pchilik qismi qorin parda bilan o’ralgan bo’lib, faqat orqa tomoni diafragmaga tegib
turadi. Jigarda ustki - diafragmal va ostki - vistseral yuzalari farqlanadi. Ustki va ostki yuzalar
old tomondan birlashib oldingi o’tkir vistseral qirg’oq hosil qiladi.
Jigarning diafragmal yuzasi uroq shakldagi boylam orqali o’ng va chap pallalarga ajraladi.
Jigarning ostki vistseral yuzasi N harfi shaklini hosil qilgan uchta egat orqali uni to’rtta pallaga:
katta o’ng, kichik chap, dumsimon va kvadrat pallaga ajratadi.
Ko’ndalang egat sohasida jigar darvozasi joylashgan. Bu yerdan qon tomirlar, nervlar,
jigarning umumiy chiqarish nayi bilan limfa yo’llari o’tadi. Uzunasiga yo’nalgan o’ng egat old
tomonda kengayib chuqurchani hosil qiladi. Chuqurcha ichida o’t pufagi joylashgan. Egatning
orqa yarmida pastki kavak vena o’tadi.
Jigar atrofidan fibroz parda bilan o’ralgan bo’lib, undan yupqa biriktiruvchi to’qimali
to’siqlar jigar parenximasiga kirib, uni bo’lakchalarga bo’lib yuboradi.
Jigarning morfologik va funktsional birligi - bo’lakchalar hisoblanadi. Har bir bo’lakcha
ko’p qirrali prizmaga o’xshaydi va eni 1-2 mm. ga teng. Mikroskop ostida tekshirilganda
bo’lakchalar jigar hujayralari - gepatotsitlardan iborat. Gepatotsit - ko’p burchakli hujayra bo’lib,
tarkibida bitta yoki ikkita yadro uchraydi. Gepatotsitlar tsitoplazmasida 800 gacha
mitoxondriyalar uchraydi. Mitoxondriyalar yog’ kislotalarni oksidlanishida va turli oksidlanish-
qaytarilish reaktsiyalarda qatnashib, asosiy energiya ishlab chiqarish manbai hisoblanadi.
Lizosomalar hujayra ichiga to’shgan turli moddalarni va kiritmalarni parchalashda ishtirok
etadi.
Endoplazmatik tur kanalchalarida turli immunoglobo’linlar, oqsillar, xolesterin, yog’
kislotalari, glikogen va o’t moddasi sintezlanadi.
Gepatotsitlar zanjir kabi bir-biri bilan tutashib jigar tasmalarini hosil qiladi. Bo’lakchada
tasmalar radial holda joylashgan. Ikkita qo’shni jigar tasmasidan jigar plastinkalar hosil
bo’ladi. Ikkita qo’shni jigar plastinkalar orasidan sinusoid kapillyar o’tadi. Bu kapillyarda
aralashgan venoz va arterial qon oqadi. Sinusoid kapillyarlar bo’lakchada joylashgan markaziy
venaga kelib quyiladi. Ikkita jigar tasmaning qo’shni hujayralari orasidan o’t naychalari o’tadi.
Demak, o’t naychasining devori qo’shni gepatotsit yuzalari hisobidan hosil bo’ladi va o’z
devoriga ega emas. Har bitta gepatotsitning yuzasi bir tomondan o’t naychasi bilan, qarama-
qarshi yuzasi esa sinusoid kapillyar bilan bevosita kontaktda bo’ladi.
Bo’lakcha ichida joylashgan o’t naychalari birlashib bo’lakchalararo o’t naychalarni hosil
qiladi. Bu naychalar esa qo’shilib umumiy o’t yo’lini hosil qiladi.
O’t pufagi jigarning osti yuzasida o’t pufagi chuqurchasida joylashgan. O’t pufagi qopcha
shaklida bo’lib, uzunligi 8-10 sm, eni 4-5 sm teng. Uning ichida 40-60 ml o’t saqlanadi. O’t
pufagining tubi, tanasi va buyni bor. O’t pufagining kengaygan qismi tubini hosil qiladi,
toraygan qismi - bo’yinchani. Tubi va bo’yincha orasida pufakning tanasi joylashgan. O’t pufagi
qorin pardasi bilan pastdan va yonlaridan o’ralgan, qolgan qismi jigarga tegib turadi. O’t
pufagining devori shilliq, muskul, advetitsiya yoki ba’zi joylarida seroz parda bilan o’ralgan.
Shilliq pardasi bir qavatli tsilindrsimon jiyakli epiteliy bilan qoplangan.Uning jiyagi
mikrovorsinkalardan tashkil topib, suvni kuchli ravishda surish qobiliyatiga ega. SHu sababli
pufakning o’ti jigarning o’tiga nisbatan 3-5 marotaba kuyukroq bo’lishi mumkin. Muskul qavati
sust rivojlangan miotsitlar qatlamidan iborat. Adventitsiya qavati tashqi tomondan joylashib,
siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Pufakning o’t yo’li umumiy jigar yo’li bilan
qo’shilib umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. Umumiy o’t yo’li jigararo-o’n ikki barmoqli
bog’lamning varaqlari orasidan o’tib, pastga yo’naladi va me’da osti bezining chiqaruv yo’li
bilan birgalikda o’n ikki barmoqli ichakning quyi to’shuvchi qismidagi katta so’rg’ichning
uchida ochiladi.
Ingichka ichak me’daning pilorik qismidan boshlanadi va 3 qismga: o’n ikki barmoqli
ichak, och va yonbosh ichaklarga bo’linadi. Ingichka ichak ovqat hazm tizimida markaziy urin
egallaydi, chunki uning bo’limlarida oziq moddalar jigarning o’ti, me’da osti bezi shirasi va
ichak shirasi ta’sirida oxirgi parchalanish va surilish jarayonlarini o’taydi. Ingichka ichak qorin
bo’shlig’ining o’rta sohasida joylashib, undan yuqorida me’da va ko’ndalang chambar ichak
joylashgan. Pastki chegarasi tos bo’shlig’ining kirish qismigacha yetadi va un yonbosh
chuqurcha sohasida yonbosh ichak kur ichak bilan tutashadi. Och va yonbosh ichaklar qorin
bo’shlig’ida qovo’zloklar hosil qilib joylashgan. Katta odamning ingichka ichak uzunligi 5-6m,
eng kalta va keng bo’limi o’n ikki barmoqli ichak, uning uzunligi 25-30sm oshmaydi, 2-2,5 m
teng och ichakning uzunligi va yonbosh ichak uzunligi 2,5-3,5 metrni
tashkil qiladi.
O’n ikki barmoqli ichak qorin devorining orqa qismida 1-3 bel umurtqalari qarshisida taka
holda joylashgan. Qorin pardasi o’n ikki barmoqli ichakni faqat boshlangich va oxirgi
bo’limlarini hamma tomondan o’raydi. Qolgan qismlari qorin parda bilan faqat old tomondan
qoplangan. Joylashishi va yo’nalishiga qarab o’n ikki barmoqli ichak 4 qismga bo’linadi:
1. ustki ko’ndalang qismi - uzunligi 4-5sm, me’dani chiqish qismidan o’nga buriladi va XII
ko’krak- I bel umurtqa ro’parasida o’n ikki barmoqli ichakning yuqorigi burmasini hosil qiladi.
2. quyi to’shuvchi qismi - uzunligi 8-10sm, I bel umurtqasi ro’parasida o’n ikki barmoqli
ichakning yuqorigi burmasidan boshlanib, III bel umurtqasi ro’parasida pastki burmani hosil
qilib tugallanadi.
3. pastdagi ko’ndalang qismi - uzunligi 6-8sm, o’n ikki barmoqli ichakning pastki
burmasidan boshlanib, o’ngdan chapga qarab, gorizontal holda yo’naladi va old tomondan III bel
umurtqasining tanasi bilan kesishadi. Yuqoridan me’da osti bezining boshchasiga taqaladi, orqa
tomonidan esa pastki qovak vena va un buyrak venasi o’tadi.
4. ko’tariluvchi qismi - uzunligi 4-7sm, o’n ikki barmoqli ichakning pastdagi ko’ndalang
qismidan boshlanadi va II bel umurtqasi ro’parasida o’n ikki barmoqli ichak aro - och ichak
burmasini hosil qilib, och ichakka ochiladi.
O’n ikki barmoq ichakni anatomik xususiyatlaridan biri o’nga jigar o’t pufagining
umumiy o’t yo’li va me’da osti bezining shira ajratib chiqaruvchi bosh yo’lini ochilishi. Me’dada
dastlabki ximieviy va mexanik parchalanishga uchragan ovqat massalar nordon muhitga ega,
chunki ovqat massalari qoplama hujayralari ishlab chiqqan xlorid kislotasi va bosh hujayralar
tomonidan sekretsiya natijasida ajratilgan pepsinogen bilan aralashib o’n ikki barmoq ichakka
tushadi. Pepsinogen fermenti xlorid kislota ta’sirida aktiv pepsinga o’tadi va shu holda oqsillarni
parchalash qobiliyatiga ega bo’ladi. O’n ikki barmoq ichakda me’dadan to’shgan nordonli ovqat
maxsulotlar neytralizatsiyaga uchraydi. Neytralizatsiya jarayoni o’n ikki barmoq ichak
devorining shilliq osti pardasida joylashgan Brunner bezlarining sekretor faoliyati tufayli
ta’minlanadi. Brunner bezlari shilliq moddalar bilan bir qatorda ishkoriy muhitga ega bo’lgan
sekretni ham ishlab chiqaradi. O’n ikki barmoqli ichak devorida aylanma burmalardan tashqari
uzunasiga yetgan burma ham tafovut etiladi. Bu burma quyi to’shuvchi bo’limining orqa devori
bo’ylab o’tib, o’n ikki barmoqli so’rg’ich (Fater so’rg’ichi) bilan tugallanadi
O’n ikki barmoqli ichak devori shilliq parda, shilliq osti qavat, muskul va seroz
pardalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |