Mavzu: ichki organlar tuzilishi



Download 313,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.01.2022
Hajmi313,04 Kb.
#397742
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
h5vTInzFKvbh7gq8M2whY2KBnEPdUrz (1)

 

 

Tayanch  iboralar:

 

ichki  a’zolar,  moddalar  almashinuvi,    seroz    parda,  muskul  qavat, 



shilliq parda, og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, me’da, osti bezi, fermentlar, mexanik 

hazmlanish,  kimyoviy  hazmlanish,    so’rilish  jarayoni,  vorsinkalar,  ekskret,  jigar,  o’t 

pufagi, o’t suyuqligi, oshqozon,  ingichka  ichak, yo’g’on ichak, to’g’ri ichak. 

 

 

 



          

Tana  bo’shliqlarida  joylashgan  a’zolarga 



ichki  a’zolar

  deyiladi.  Ichki  a’zolarga 

ovqat-hazm,  nafas  olish,  siydik-tanosil  va  endokrin  tizimlari  kiradi.  Bu  tizimlarning  a’zolari 

modda almashtirish jarenlarida ishtirok etadilar. Ovqat hazm qilish tizimi organizmga to’shgan 

trofik moddalarni qayta ishlashi natijasida, to’qimalar o’zlashtira oladigan xoligacha yetkazadi, 

hazm bo’lmagan moddalarni esa organizmdan tashqariga ajratadi. Nafas olish tizimi organizmga 

kislorodni  yetkazish,  karbonat  angidridni  esa  chiqarish  vazifasini  bajaradi.  Modda  almashinuvi 

natijasida hosil bo’lgan oxirgi maxsulotlar siydik ajratish a’zolari orqali chiqariladi. Jinsiy tizimi 

generativ  va  endokrin  funktsiyalarni  bajaradi.  Bu  ikki  xil  asosiy  funktsiyalari  bir-biri  bilan 

bog’liq  bo’lib  jinsiy  hujayralarni  va    organizm  uchun  muhim  bo’lgan  jinsiy  gormonlar  ishlab 

chiqaradi. Organizm regulyatsiyasida ishtirok etadigan, biologik aktiv moddalarni – gormonlarni 

ishlab  chiqadigan  a’zolar  endokrin  yoki  ichki  sekretsiya  bezlari  deyiladi.  Gormonlar  qon 

tarkibida  bo’lib,  butun  organizmga  tarqaladi  va  a’zolarning  ishiga  yoki  jarayonlariga 

ko’zgatuvchi yoki tormozlovchi muayyan ta’sirot ko’rsatadi. 

Ichki organlar embrional taraqqiyotining 4  - xaftalarida endodermadan paydo bo'lgan 

birlamchi  ichak  naychasidan  boshlanadi.  Ichakning  muskul  qavati  mezodermadan 

rivojlanadi. Ichak naychasi embrionning umurtqa pog'onasini old tomonda o’nga boshidan 

oxirigacha paralel joylashgan bo'ladi. 

Keyingi  rivojlanish  davrida  ichak  naychasi  emrionga  nisbatan  tez  o'sib,  qorin 

bo'shlig'idan ikkita burilish (tizza)ni hosil qiladi. Natijada ichak naychasi bosh o'rta  va orqa 

ichak  naycha  qismlariga  ajraladi.  Bu  vaqtda  embrionning  bosh  qismining  bet  tomonida 

ektodermadan og'iz bo'shlig'i va tilning oldingi qismlari rivojlanadi. Bo’nga qarama-qarshi 

birlamchi ichak naychasining bosh qismidan esa og'iz bo'shlig'ining va   tilning orqa bo'lak, 

hiqildoq, qizilo'ngach va me'da  rivojlanadi.  Og'iz bo'shlig'ining oldingi bo'lagi bilan orqa 

qismi  embrion  rivojlanishida  o'zaro  qo'shilib,  butun  og'iz  bo'shlig'i  va  tilni  vujudga 

keltiradi. 

Birlamchi ichak naychasining bosh qismidan og'iz bo'shlig'i va tildan tashqari tishlar, 

so'lak bezlari, limfoid to'qimalar va qalqonsimon bez,  qalqonsimon bez orqa tanachalari va 

ayrisimon bezlar rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining o'rta qismidan o'n ikki barmoq 

ichak,  och  ichak,  yonbosh  ichak  va  ularga  aloqador  bezlar  (jigar,  me'da  osti  bezi) 

rivojlanadi. 



Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko'richak, ko'tariluvchi, ko'ndalang 

va  pastga  to’shuvchi  chambar  ichaklar.  «S»  simon  ichak  va  to'g'ri  ichak  taraqqiy  etadi. 

To'g'ri  ichak  nayining  oxirgi  bo'lagi  bo'lib,  uning  pastki  qismi  muskul  qavati,  ko'ndalang 

targ'il  muskuldan  tuzilgan.  Bo'lg'usi  to'g'ri  ichakning  pasti  parda  bilan  berk  bo'ladi. 

Embrion rivojlanishda  ektodermada to'g'ri ichakka qarab chuqurcha (bo'lg'usi orqa teshik) 

vujudga keladi. Keyinchalik rivojlanish prosessida o'rtadagi parda shimilib ketadi va to'g'ri 

ichak tashqariga orqa teshik orqali ochiladi. 

Ovqat  hazm  qilish  tizimining  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  a’zolar  qorin  bo’shlig’ida 

joylashgan.  Qorin  bo’shlig’i  organizmda  eng  katta  bo’shliq  bo’lib,  yuqoridan  diafragma  bilan, 

oldidan  va  yonlaridan  qorin  muskullari  bilan,  orqadan  -  umurtqa  pog’onasining  bel  bo’limi, 

belning  kvadrat  muskuli  va  yonbosh-bel  muskuli  bilan  chegaralangan.  Pastda  qorin  bo’shlig’i 

kichik tosni bo’shlig’igacha davom etadi. 

Qorin  bo’shlig’ida  jigar,  me’da,  me’da  osti  bezi,  ingichka  va  yo’g’on  ichaklar,  taloq, 

buyraklar,  buyrak usti bezlari,  siydik  yo’llari joylashgan. Qorin  bo’shlig’ining orqa  yuzasidan  

pastga  to’shuvchi  aortaning  qorin  qismi,  pastki  qovak  vena  o’tadi,  nerv  chigallari  va  tugunlari 

yetadi.  Qorin bo’shlig’ining ichki yuzasi ichki qorin fastsiyasi bilan qoplangan. 



Qorin fastsiyasi

 

bilan parietal yoki devor qorin pardasi orasida yog’ kletchatkasi joylashgan. 



Qorin pardasi

 qorin 


bo’shlig’ining  devorini  va  unda  joylashgan  ichki  a’zolarni  qoplaydi.  Qorin  pardasi 

parietal 

(devor)

 va 


vistseral (ichki)  varaqlardan 

tashkil topgan. Parietal qorin parda qorin bo’shlig’ining 

devorlar  yuzasini to’liq qoplab, undan ichki a’zolarga o’ta boshlaydi va vistseral varaq nomini 

oladi. Vistseral varaq ichki a’zolarni qoplaydi. Qorin parda yaxlit bir butun varaq bo’lib, a’zodan 

devorga,  devordan  a’zoga  o’tib,  qorin  bo’shlig’ini  hamma  tomonidan  chegaralaydi.  Parietal 

qorinpardani  vistseral  qorinpardaga  o’tishi  vaqtida  burmalar,  boylamlar,  va  chuqurchalar  hosil 

bo’ladi.  Bundan  tashqari  parietal  va  vistseral  varaqlari  orasida  qorin  parda  bo’shlig’i  hosil 

bo’ladi.  Qorin  parda  bo’shlig’iga  varaqlar  bir  oz  miqdorda  seroz  suyuqlik  ishlab  chiqaradi. 

Qorinpardaning  yuzasi  shu  suyuqlik  bilan  namlanib  turgani  uchun  qorin  bo’shlig’idagi  a’zolar 

yengillik bilan ishqalanmay harakat qiladi.



 

Qorin parda ichki a’zolarga nisbatan har xil joylashadi. Ba’zi a’zolar qorinparda bilan faqat 

bir tomondan  qoplangan. Bularga o’n ikki  barmoqli ichakning bir qismi, buyraklar, me’da osti 

bezi,  buyrak  usti  bezlari  kiradi  va  bu  a’zolarni  holati 



ekstraperitoneal  holat 

deyiladi.  Boshqa 

a’zolar qorinparda bilan uch tomondan qoplangan bo’lib, egallangan holati 

mezoperitoneal

  deb 


ta’riflanadi.  Mezoperitoneal  a’zolarga  yuqoriga  ko’tariluvchi  chambar  ichak,  pastga  to’shuvchi 

chambar ichak, to’g’ri ichakning o’rta qismi, siydik qopi kiradi. 

A’zolarning bir qismi qorinparda bilan hamma tomondan qoplangan. Bunday a’zolar qorin 

bo’shlig’i  ichida  joylashib, 



intraperitoneal

  a’zolar  deyiladi.  Intraperitoneal  a’zolarga  me’da, 

ingichka  ichak,  kur  ichak,  ko’ndalang  chambar  ichak,  chuvalchangsimon  o’simta,  taloq,.jigar, 

sigmasimon  ichak,  to’g’ri  ichakning  boshlanish  qismi,  bachadon  va  bachadon  yo’llari  kiradi. 

Intraperitoneal  joylashgan  a’zolarni  qorinparda  qoplaganda  boylamlar  va  ikki  boylamlarni 

(duplikato’ralar)  hosil  qiladi.  Bu  boylamlar  charvilar  deb  nomlanadi.  Ingichka  ichak, 

chuvalchangsimon o’simta, ko’ndalang chambar ichak sigmasimon ichaklarda charvilari bo’ladi. 

Qorinpardalarning boylamlari ichki a’zolarni qorin bo’shliq devoriga pishiq biriktiradi. 

 


Download 313,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish