Mavzu: huquqiy tarbiyani shakillantirish omillari bajardi: haydarov nurazim qabul qildi


II BOB AHOLINING HUQUQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISH



Download 344,94 Kb.
bet6/7
Sana26.04.2022
Hajmi344,94 Kb.
#581898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAYDAROV NURAZIM 3

II BOB AHOLINING HUQUQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISH
2.1 AHOLINING HUQUQIY TARBIYASI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaxs va davlat o‘zaro mas’ulligining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo‘ygan. «Inson — davlat» munosabatlarida ustuvorlik insonga tegishli. Davlat hokimiyati organlarining faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilishi lozim.
Inson huquqlari — insonparvar demokratik huquqiy ongning o‘zagidir. Huquqiy ong darajasi — bu odamlarning huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishigina emas. Bu, eng avvalo, qonunlarga rioya etish va ularni bajarishga tayyorlik, qonunga itoatkorlik, huquqni va odil sudlovni hurmat qilishdir.
Mukammal qonun hujjatlari huquqiy ta’limiyuksaltirishning muhim sharti, huquqiy davlat qaror topishining zaruriy belgisi hisoblanadi. Mamlakatimiz qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar va standartlarga izchillik bilan muvofiqlashtirib borish zarur. Qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi va undan kelib chiqishi lozim. Bunda qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish kuchiga ega bo‘lishi kerak. Ijro etuvchi organlar qonun osti hujjatlarini qonunlarga qo‘shimcha kiritish sifatida emas, balki ularning ijrosini ta’minlash uchungina qabul qilishlari mumkin.
Demokratik islohotlarni monand huquqiy ta’minlashning eng muhim sharti qonunchilikning izchil bo‘lishidir. Qonunlar o‘zaro qat’iy muvofiqlashishi, Konstitutsiyaga asoslanishi, milliy huquqiy tizimning rivojlanishiga ko‘maklashishi lozim.Qonunchilik tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda qonunlarning hayotga aniq va izchil tatbiq etilishiga, ularga qat’iy hamda og‘ishmay rioya qilinishiga erishish zarur. Hech bir davlat organi, mansabdor shaxs va inson qonunga bo‘ysunish majburiyatidan ozod qilinishi mumkin emas.

Davlat tomonidan hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kuchaytirish orqali qonunlarni ro‘yobga chiqarishning ta’sirchan mexanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan boshqaruv hamda nazoratning yangi samarali vositalarini shakllantirish zarur.


Qonunchilikda ichki uyg‘unlikning mavjudligi, turli huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatning yo‘qligi, qonunlarga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlovchi ta’sirchan mexanizmlar yaratilganligi fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, har kimda qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirish uchun zarurdir.
Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni, birinchi navbatda, sud orqali himoya qilishni ta’minlash O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Har bir kishining qonuniylik va adolat tantana qilishiga bo‘lgan qat’iy ishonchi shunga asoslanishi kerakki, qonunni buzgan shaxs jazosiz qolmaydi va har kim buzilgan huquqi tiklanishini hamda unga etkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Aholi huquqiy ta’limi darajasining oshirilishi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati xodimlarining bilimdonligiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Fuqarolik jamiyatining huquqiy ta’limi darajasi jamoat birlashmalari, jamg‘armalar, ittifoqlar, uyushmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining keng tarmog‘i mavjudligi hamda bu demokratik tuzilmalarning muayyan shaxs va jamiyatning huquqlarini ta’minlashdagi ijtimoiy faolligi bilan belgilanadi.
Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy ta’limiini yuksaltirishda kasaba uyushmalari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. Ular huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning turli shakllaridan yanada samarali foydalanishlari, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini kuchaytirishga katta hissa qo‘shishlari lozim.
Jamoat birlashmalari aholining turli ijtimoiy guruhlariga tegishlicha huquqiy yordam ko‘rsatishga, jamoatchilik yuridik maslahatxonalari tashkil etishga, inson huquqlari, ijtimoiy masalalar, pensiya ta’minoti, nikoh-oila munosabatlari bo‘yicha qonunlar to‘plamlarini nashr etishga, yuridik ma’lumotnomalar, shuningdek turli kasbdagi xodimlarga mo‘ljallangan ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlar chiqarishga alohida e’tibor berishlari kerak.
Huquqiy tarbiyaning umumiyligi va huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi prinsipini ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shu jumladan mahallalarning roli beqiyosdir. Ular aholining huquqiy ta’limiini shakllantirish va huquqiy ongini oshirishga bevosita hamda muttasil ta’sir ko‘rsatishlari darkor.
Jamiyat va davlat fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordam beradigan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, turli jamoatchilik harakatlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning faoliyat yuritishiga ko‘maklashadi.
Xalqni huquqiy ma’rifatli qilishda professional yuristlar va ularning birlashmalari munosib o‘rin egallashlari lozim. Demokratik jamiyat yuqori malakali yuristlarga ehtiyoj sezadi. Ularning kasbiy fazilatlari va bilimlaridan foydalanish jamiyatning huquqiy ta’limii va huquqiy ongiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. O‘zbekiston yuristlar uyushmasining tashkil etilishi va uning tarkibiga kiradigan yuristlarning turli kasbiy birlashmalari (sudyalar, advokatlar, huquqshunos olimlar ittifoqlari va boshqalar) tuzilishi ushbu Dastur vazifalarini ro‘yobga chiqarishda, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda, shuningdek yuristlarning kasbga doir manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan bo‘lur edi. Aholini huquqiy ma’rifatli qilish ishiga professional yuristlarning kuchlarini jalb qilish yuristlar uyushmasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Huquqiy tarbiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatga qarashli bo‘lmagan jamg‘armaning tuzilishi jamiyatning huquqiy ta’limiini oshirish ishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari huquqiy bilimlar va huquqiy ta’limiommaga izchil tarqatishlari lozim. Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy fikr va huquqiy ta’limishakllantiruvchi demokratik institutlar bo‘lgani uchun ham ularning bu boradagi faoliyatini kuchaytirish zaruriyati borgan sari ko‘proq sezilmoqda.
Ilmiy asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yuridik ta’limning ixtisoslashuvini izchil amalga oshirish yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini isloh qilishning zarur shartidir.
Aholiga huquqiy ta’lim berish va huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish sifatini oshirish, bo‘lg‘usi yuristlarda zarur ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida yuridik oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalarida huquqiy ma’rifatning ilmiy asoslari va uslubiyotlari kursi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni nazarda tutish shart.
Yuridik o‘quv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish tizimini takomillashtirish malakali yuridik kadrlar tayyorlashni ta’minlashning tarkibiy qismiga aylanmog‘i lozim. Yuridik o‘quv yurtlariga abituriyentlar tanlab olishda ularning tahlil etish, mantiqiy fikrlash, nostandart vaziyatlarni tanqidiy baholay olish, xulosa chiqarish, o‘z nuqtai nazarini asoslay olish qobiliyatlarini, ularning og‘zaki va yozma nutq mahoratini aniqlash zarur, shu maqsadda test sinovidan o‘tkazish bilan bir qatorda ularning tegishli qobiliyatlarini aniqlashga imkon beradigan ijodiy imtihon topshirishlarini nazarda tutish kerak bo‘ladi.
Yuridik ta’limni takomillashtirish o‘quv jarayonini isloh qilishni, o‘qitishning ilg‘or vositalari va usullaridan keng foydalanishni, ta’limning amaliyot bilan uzviyligini kuchaytirishni talab qiladi. Zero, yurist nafaqat muayyan bilimlar majmuiga ega bo‘lishi, balki bu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishi zarur.
O‘quv jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmiga, O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qaror topishi va fuqarolar jamiyati shakllanishi masalalariga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslariga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak.
Yuridik o‘quv yurtini tamomlash va davlat imtihonlarini topshirishga bitiruvchining tegishli ta’lim kursidan o‘tganligi va muayyan bilim olganligining tasdig‘i sifatida qaramoq kerak. Bitiruvchilarga ixtisoslik bo‘yicha ishlash imkoniyati esa ular stajirovkadan o‘tganidan va olingan bilimlarni ish jarayonida qo‘llay olishidan dalolat beruvchi malaka imtihonini topshirganidan keyingina beriladi.
Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash yuridik ta’limning zamonaviy yuksak darajasini ta’minlashning birlamchi jihati, eng muhim sharti hisoblanadi. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashdagi nomutanosiblik shunga olib keldiki, respublikada huquqning qator sohalari (moliya, mehnat, xalqaro huquq, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshqalar) bo‘yicha ilmiy va pedagog xodimlar etishmasligi jiddiy sezilmoqda.
Tegishli mutaxassislar taqchilligi yuridik kadrlar tayyorlashni, binobarin, bir qator amaliy vazifalarni, shu jumladan bozor islohotlarini huquqiy ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishni anchagina qiyinlashtiradi. Mutaxassislar taqchilligi sezilayotgan huquq sohalari bo‘yicha ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish zarur.
Huquqshunoslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uzluksiz yuridik ta’lim tizimining majburiy bosqichiga aylanishi kerak. Yuridik ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan uyg‘unligini kuchaytirish maqsadida ilmiy va pedagog xodimlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha albatta sudlarda, prokuratura, ichki ishlar organlarida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, shuningdek korxonalarda, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalarida stajirovkadan o‘tishini nazarda tutish kerak.

XULOSA
Huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan o`zilib kolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan.Uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga utilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda qo`llanish malakalarini singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda o`tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo`lib hisoblanadi.
Sud, prokrutura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g`oyat muhimdir. Ular har doim o`smirlarda qiziqish uyg`otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo`ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to`g`risida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar «davra suhbati» tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o`tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi1. Maktablar va o`quv bilim yurtlari,uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ`ib qilishning ta'sirchan shaklidir ularni o`tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog`laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o`smirlarning o`zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o`tadi.
Munozara – erkin fikr almashuvdir. Jiddiy baxs munozaralarga sabab bo`ladigan muhim hayotiy muammo munozara predmeti bo`lishi mumkin. Masalan, o`tmish sarqitlari, loqaydlilikka qarshi kurash muammosi. Munozara dasturi qatnashchilari o`z fikr muloxazalarini, tasavvurlarini bildirishlari mumkin bo`lgan asosiy masalalarni o`z ichiga olishi kerak. Munozara tashkilotchilari maqsadni oldindan belgilab olishi- qatnashchilarni u yoki boshqa huquqiy muassasa bilan tanishtirishi, baxs ijobiy natijalar keltirishi va hatto fikrlar inkor etilishi uchun uning mazmunini hamma uchun umumiy fikrga aylantirish harakat qilishi lozim. Munozaralar faktlar bilan ishlash, isbotlash, ishontira bilishga o`rgatadi. Yoshlarning kelgusida qonunlarni takomillashtirishda, davlat ishlarini boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etishlari uchun ularni, shuningdek qonunlarni qabul qilish, qonun loyihalarining paydo bo’lishi va muhokama qilinishi tartibi, davlat organlarining tuzilishi va vazifalari, fuqarolar shikoyat va takliflarining ko’rib chiqilishi tartibi bilan tanishtirib borish kerak bo’ladi.
Davlat va huquqning, ijtimoiy ahamiyati va mazmunini to’la va to’g’ri ochib berish ularga nisbatan hurmat-e’tiborning shakllanish uchun negiz bo’lib xizmat qiladi. O’smirlar qonunning quruq va formal qoidalar yig’indisi emas, balki hayotiy vaziyatlarning rang-barangligi va murakkabligini hisobga oladigan adolatli va zarur normalar ekanligini anglab olishi lozim.
Qonuniy xulq-atvor ehtiyojlari va ko’nikmalarini tarbiyalash jamoada qonunga qatiy rioya etilishiga asoslanadigan munosabatlar shakllantirilishini taqozo etadi va voyaga yetmaganlarning huquqiy tartibni himoya qilishga doir aktiv faoliyatiga jalb etilganida eng yuksak samara beradi. Huquqqa zid xatti-harakatlarning jazosiz sodir qilinishi hollari keng tarqalgan muassasa va jamoada bunday tarbiya muvaffaqiyat keltirmaydi. Har bir voyaga yetmagan bola, avvalo, axloq va huquq normalaridan har qanday orqaga chekinish qonunlarda nazarda tutilgan jazoga sazovor bo’lishiga oshonchi komil bo’lishi kerak. Birinchi navbatda tarbiyachilarning o’zlari qonunlarga so’zsiz amal qilish namunasini ko’rsatishlari lozim. SHu jihatdan olganda, jinoyatlarni (o’quvchilarning pullari o’g’irlanishi, tan jarohatlari yetkazilishi va h.k.) yashirish hollari katta zarar yetkazadi.
Huquqiy-tarbiyaviy ishlarda tor manfaatparastlik tusidagi maslahatlar va boshqacha holatlar rolini bartaraf etish, ularga nisbatan keskin salbiy munosabatni shakllantirish, voyaga yetmaganlarni yuksak axloqiy va huquqiy prinsiplarning faol targ’ibotchilari, ularni hayotga tatbiq etish uchun izchil kurashchilarga aylantirish muhimdir. O’smirlar nafaqat huquqiy targ’ibotni, shu bilan birga qarshi targ’ibotni ham yuritish qobiliyatiga ega bo’lishlari lozim.
Tarbiyachilar, shuningdek, o’smirlarning yangi huquqiy hujjatlardan o’z vaqtida xabardor qilinishiga, huquqiy ahamiyatga ega turli voqealarga operativ tarzda munosabat biddirishlariga, huquqni muhofaza qilish faoliyatining amaddagi ishlarning xususiyatini hisobga olgan hodda o’zgartirilishiga e’tiborni qaratishlari kerak.
Agar o’smirlar ayrim mansabdor shaxslar faoliyatidagi qonun buzishlar haqida hikoya qiladigan bo’lishsa, unda bunday holatni mavjud emas deb yoki buning o’quvchilarga taalluqli joyi yo’q, deb ish kilish to’g’ri bo’lmaydi. Aksincha, bunday faoliyatning suveren, huquqiy davlat pozitsiyalariga zid kelishi, aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortilishini namoyish qilish katta ahamiyat kasb etadi. Voyaga yetmaganlar o’zlarini qiziqtiradigan barcha savollarga avvalo o’z tarbiyachilaridan javob olishlari lozim. Mabodo shunday qilinmasa, unda o’smirlar boshqa shaxslarga murojaat etishadi va bunda ularning to’g’ri javob olishlariga kafolat bo’lmaydi.


Download 344,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish