Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi



Download 43.18 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi43.18 Kb.
Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi
Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari, xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi o`zaro munosabati bir-biriga bog`liqligi texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya uning ifodalanishi, mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, va h.z) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash malakasini oshirish yo`nalishlari tartibi va standartlari.

Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatini rivojlanishi. Bundan tashqari sanoat miqyosida ko`p seriali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunalarini (maketi, modeli) tayyorlay olish va unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish.

Shu bilan birga o`quvchilarga ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uning tashkil etilishi, ishlab chiqarishda fan texnika taraqqiyoti to`g`risida quyidagilar to`g`risida tushunchalar (bilimlar) berilishi lozim: O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish yo`llari va ishlab chiqarishni bozor munosabatlarini o`tkazish omillari, bozor munosabatida kapital mablag` manbalari, ishlab chiqarishning usullari, xo`jalik faoliyatini loyihalashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish istiqboli. Xalq xo`jalini kompyuterlashtirish, energiyani tejash yo`llari va usullari.

Ishlab chiqarish asoslari bo`yicha quyidagi ishlarni mustaqil ravishda amaliy tarzda bajariladi: yengil va oziq-ovqat miqyosida ko`p seriyali ishlab uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash unda qo`llanilgan homashyo ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.

Qishloq xo`jaligi yo`nalishida mashg`ulotlarning mazmuni asosan yosh fermerlikda olib boriladigan ishlar to`g`risidan tushuncha berish bilan boshlanadi.

Ushbu yo`nalishda amaliy mashg`ulotlarning roli kattadir. Amaliy mashg`ulotlarning maqsadi o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni bevosita ijtimoiy foydali va unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida (fermada, jamoa xo`jaligida, ekinzorlarda) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iboratdir.



Ishlab chiqarish asoslari bo`yicha o`quvchilarda quyidagi bilimlar shakllantirilishi lozim:

O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari, xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi o`zaro munosabati bir-biriga bog`liqligi texnologik jarayon haqida asosiy tushunchalarni egallashi lozim.

Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va uning istiqbolini ahamiyatini tushunishi zarur.

Inson o`zining turli-tuman ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat unsurlaridan to`g`ridan-to`g`ri qayta ishlanmagan holda foydalana olmaydi. Bu uning boshqa maxluqotlardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biridir. Shunday ekan u yog`och, paxta, hayvon, madanlar va boshqa tabiiy unsurlarni inson ehtiyojiga moslashtirishni ishlab chiqarish deyiladi.

Tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonidan o`tib, iste’mol qiymatiga ega narsalarga aylanadi. Mahsulotlar iste’mol maqsadlariga ko`ra bir necha turga ajraladi: oziq-ovqat; kiyim-kechak; ro`zg`or buyumlari; ishlab chiqarish qurollari-uskunalar, moslama, mashina, stanok, urush va mudofaa qurollari va xokazo.

Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun albatta tabiat maxsulotlari – xom ashyo, unga ta’sir qiladigan mehnat qurollari, mehnat qurollarini harakatga keltiruvchi quvvat (energiya) manbalari, mehnat qurollari bilan ishlaydigan mutaxassislar, ishlab chiqarishni boshqaradigan menejerlar va boshqa bir qancha yordamchi narsalar kerak. Ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bunday unsurlar o`zaro munosabatga kirishib bir butunlikni, ya’ni ishlab chiqarish majmuini, oddiy qilib aytganda ishlab chiqarish jarayonini hosil qiladi. Ularning birgalikdagi harakati natijasida mahsulot chiqa boshlaydi.

Har qanday ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish uchun bu jarayonning kechish qonuniyatlari tizimini, ya’ni texnologiyasini egallab olish lozim.

Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi qonuniyatlar hajmi va murakkabligiga qarab oddiy, murakkab va o`ta murakkab turlarga ajraladi.



Oddiy ishlab chiqarish. Ortiqcha bilim talab qilmaydigan yumushlar – ovqat tayyorlash, ketmon chopish, tikish, kompyuterda ishlash va xokazolar oddiy ishlab chiqarishga kiradi.

Murakkab ishlab chiqarish. Dars berish, kitob yozish, musiqa yaratish va shunga o`xshashlar – murakkab ishlab chiqarishga.

O`ta murakkab ishlab chiqarish. Ilmiy tadqiqotlar orqali yangi bilimlar aniqlash, kompyuterda dastur tayyorlash, yangi mashina ixtiro qilish, kosmik kemalarni yaratish va boshqalar o`ta murakkab ishlab chiqarish turlariga kiradi.

Mahsulot ishlab chiqarish yo`li.

Ishlab chiqarish jarayoni orqali yaratilgan mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berish uchun ularni saqlovchi omborlar, tashish uchun transport vositalari, sotib beruvchi savdo tarmoqlari, pul yig`ib ishlab chiqarishga qaytaruvchi banklar va boshqa qator maxsus korxona va muassasalar talab qilinadi. Bu har qanday maxsulotning harakat yo`lidir. Bu yo`lni qisqartirsa yoki o`zaytirsa bo`ladi, ammo o`zgartirib bo`lmaydi.

Bu qonuniyat, bu qonuniyatni iqtisodiyot fani o`rganadi.

Ishlab chiqarish pedagogikasi, uning maqsadi.

Ishlab chiqarish pedagogikasining maqsadi o`quvchi yoshlarning o`qituvchi murabbiylar rahbarligida ishlab chiqarish sohalari bo`yicha bilimlarini o`zlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.

O`quvchi yoshlarning kasbiy talimi o`rta maxsus kasb-hunar o`quv yurtlari (kollejlarda) boshlansa-da, kasb-hunar tarbiyasi, tayyorgarligi va mahorati bevosita ishlab chiqarish sharoitida, korxonalarda (qo`shma, xususiy, davlat, fermer, ijara) zavod va fabrikalarda, ekinlar dalalarida, oshxona va sexlarda olib boriladi.

Ishlab chiqarish talimi-umumtalim maktablarida (kasblarga yo`naltirilish), kasb-hunar kollejlarida, institutlarda, universitetlarda, seminar va konfenensiyalarda, turli o`quv kurslarida, ustoz-shogird tizimi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari va boshqalar kiradi.



Ishlab chiqarish amaliyoti.

Ishlab chiqarish amaliyoti - o`quv mashg`ulotlari turi. Unda o`quvchi (tinglovchi)lar korxona, tibbiy, pedagogik, ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalarda o`quv dasturlarida belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti tinglovchi yoki o`quvchilar nazariy bilimlarini amaliy yoki unumli mehnat bilan bog`lab, ularda ko`nikma va malakalar hosil qiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti muddati muayyan o`quv yurtining tasdiqlangan o`quv rejasida belgilanadi.



Ishlab chiqarish ta’limi.

Ishlab chiqarish ta’limi – O`zbekiston Respublikasida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni hamda o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limining tarkibiy qismi. Asosiy vazifasi — kelgusida malakali mutaxassis bo`lib yetishadigan o`quvchilarni muayyan kasb sohasida bevosita faoliyat ko`rsatishga tayyorlash, ya’ni bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o`rgatish, zarur kasb ko`nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat. Ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirishda nazariy ta’limning ahamiyati katta. Ishlab chiqarish ta’limi 3 asosiy bosqich (o`quv ustaxonalari, o`quv maydonlari, o`quv laboratoriyalari, o`quv xo`jaliklaridagi ishlab chiqarish ta’limi; ishlab chiqarish sharoiti — korxona, qurilish, xo`jaliklardagi ishlab chiqarish ta’limi; ishlab chiqarish tajribasi)ga bo`linadi.



Ishlab chiqarishda qanaqangi xavfsizlik qoidalari.

Ishlab chiqarishda rioya qilinadigan xafsizlik qoidalari quyidagi turlardan iborat:

Mehnat qonunchiligi asoslari, elektr, yong`in, suv, gaz, radiaktiv xafsizligi, transport, texnika va yo`l harakati qoidalari, o`rta maktabda har bir sinfda 17 soatdan o`tilishi rejalashtirilgan, sanitariya-gigena talablari (ish o`rnida namlik, havo almashinishi, temperatura (18-20), yorug`likning (tabiiy va sun’iy) saqlanishi.

Yosh ishchilar buyruqdan o`tgach, mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasida har ikkala tomonning (ishchi va korxonaning) vazifalari ko`rsatiladi. Mehnat tartibi talimi, kasal bo`lib qolgandagi holatlar ham nazarda tutiladi.



Ish o`rni va unga qanday talablar.

Ish o`rni – ishchining mehnat ta’sirlari hududi bo`lib turli jihozlar, asbob-uskunalar, materiallar va boshqa qulayliklar bilan jihozlanadi. U ish o`rnida turli texnologik jarayonlarni bajaradi, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi.

Mehnat me’yorlari, uning yosh ishchilarga belgilanishi.

Mehnat meyorlari yosh ishchilarga vaqtbay, ishbay va umumiy holda belgilanadi va o`g`il bolalar (erkaklarga), qiz bolalarga (ayollarga) etibor qilinadi.

O`quv ishlari hafta, oyda, chorakda yarim yilda va 1 yilda maxsus jadvallar asosida tashkil etiladi va yo`l yo`riqlar tarzida olib boriladi.

Yo`l yo`riqlar mehnat jarayonida ishlab chiqarishning texnologik operasiyalarini qanday bajarish lozimligini tavsiflovchi asosiy hujjat bo`lib, joriy (ish davomida), dastlabki (ish boshi) va yakuniy (ish yakunida) kabi turlarga bo`linadi. Yozma, og`zaki, doimiy (uzviy) vaqtinchalik, xaritalar, marshrut (operasiya xaritalar) ishchining doimiy mehnat jarayonini tartibga solib turuvchi hujjatlar hisoblanadi.

Ishlab chiqarishda alohida o`rnak ko`rsatgan ishchi-xodimlar alohida taqdirlab boriladi. Taqdirlashlar hozirgi davrda quyidagicha amalga oshiriladi:


  • Og`zaki rahmatnoma, minnatdorchilik bildirishlar;

  • Yozma, mehnat daftarchasiga yozish sharti bilan rahmatnomalar elon qilish;

  • Faxriy yorliqlar tashakkurnomalar aytish;

  • Qimmatbaho sovg`alar buyumlar taqdim etish;

  • Pul mukofatlari (20%, 40%, 1-oylik maosh) bilan taqdirlash;

  • Uy-joy, xonadonlariga biror jihoz, yordam ko`rsatish, qurilish materiallari buyumlari, qurilmalar avtomashinalar taqdim etish (navbatsiz sotish);

  • Davlatning orden medallariga faxriy unvonlariga tavsiya etish;

  • «O`zbekiston Qahramoni» unvoniga tavsiya etish.

O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish turlari.

O`zbekistonda asosiy ishlab chiqarish turi qishloq xo`jaligi (agrar dehqonchilik)ka asoslangan bo`lsa-da keyingi paytda mustaqillik sharofati bilan juda ko`p sohalarda keng rivojlanishlar ro`y beradi.

Masalan, 1) Paxta maydonlari qisqartirilib har yili yetishtiriladigan 6000000 tonnadan 3.5-4000000 tonnaga tushirildi, sifati oshirildi. Jahon bozori talablari etiborga olindi.

2) G`alla mustaqilligi qo`lga kiritildi. Hozirda xalqimizning yillik ehtiyojini taminlaydigan g`alla yetkazilib, undan ziyodi eksportga (Afg`oniston, Tojikiston va boshqa qo`shni davlatlarga) sotilmoqda.

3) Neft va gaz sanoati rivojlantirildi. Mingbuloq, Buxoro, Ko`kdumoloq neft kondensatlash zavodlari ishga tushirildi, Sho`rtan gaz kondensatlash zavodlari ishlamoqda. O`zbekiston gaz mahsulotlarini eksport qiladigan davlat (Rossiyaga, Uralga) hisoblanadi.

4) Mashinasozlik industuriyasi ishga tushirildi va rivojlantirilmoqda Andijon-Asakada O`zbekiston-Koreya qo`shma korxonasi 10 ga yaqin turdagi avtomabil chiqarmoqda. Samarqand avtomabillar chiqarmoqda.



Ishlab chiqarish vaqti - kapital (korxona vositalari)ning ishlab chiqarish jarayonida bo`lish muddati. Ishlab chiqarish vositalarining korxonaga tushgandan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarilguncha ketgan vaqtni o`z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish vositalarikishilarning ishlab chiqarish, mehnat faoliyatida qo`llaniladigan qurollar va vositalar. Moddiy ne’matlar tayyorlashda odamlar foydalanadigan asosiy vositalar (ishlab chiqarish binolari, inshootlar, mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar) va aylanma vositalar (xom ashyo, materiallar, energiya, narxi arzon inventar va boshqalar).

Ishlab chiqarish gimnastikasi – kishini sog`lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui. Mashqlar ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Amaliyotda ishlab chiqarish gimnastikasining 2 turi mavjud: 1) odamni ish kuniga tayyorlovchi kirish gimnastikasi; 2) ish vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda o`tirib ishlaydiganlarga yurish, o`tirib turish, belni bukish; tik turib ishlaydiganlarga — oyoq muskullariga dam beruvchi mashqlar tanlanadi. Hozirgi aqliy mehnat rivojlangan davrda ishlab chiqarish gimnastikasining ahamiyati katta.

Ishlab chiqarish grafigi – korxonada muayyan davr (kun, oy, chorak, yil) davomida mahsulot ishlab chiqarishning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida bo`limlari (sex, uchastka, potok liniyalar, agregat va boshqa) miqyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi.

Ishlab chiqarish dasturi – mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan o`zaro uzviy bog`liq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish chora-tadbirlari majmui. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda ishlab chiqarshi grafigi, texnologik yo`nalish, mahsulotning konstruktiv tarkibi (ya’ni unga kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlang`ich axborot bo`lib xizmat qiladi.

Ishlab chiqarish zahiralari – korxonadagi hali ishlab chiqirishga jarayonlariga jalb etilmagan va ish o`rniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zahiralari xom ashyo, asosiy va qo`shimcha materiallar, yoqilg`i, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va boshqalar ishlab chiqarish vositalaridan iborat bo`ladi.

Ishlab chiqarish munosabatlari – keng ma’noda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida bajaradigan vazifalariga bog`liq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor ma’noda kishilar o`rtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish munosabatlari kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi.

Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo`lgan resurslarni qo`llagan holda eng yuqoriishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo`lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko`rsatadi.

Ishlab chiqarish sanitariyasi – sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan sanitariya-sog`lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariya-gigiyena normalariga bekamu-ko`st rioya qilish, ishchi-xizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazoning gigiyena talablari darajasida bo`lishini ta’minlash masalalari bilan shug`ullanadi.

Ishlab chiqarish – texnik nazorati – sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat ishlab chiqarishning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dastgohlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va boshqalar)da amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma o`z faoliyatini bozordan moddiy resurslar, ya’ni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilg`i, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.

Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisi. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari — aniq mahsulot ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga o`tadigan xarajatlar. Bilvosita xarajatlar - mahsulot tannarxiga bevosita qo`shilmaydigan xarajatlar. O`rtacha xarajatlar - ma’lum vaqt oralig`idagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi bo`yicha yoki tashkilotlar guruhi bo`yicha bir buyumga to`g`ri keladigan xarajatlarning o`rtacha kattaligi. Ekspluatasiya (foydalanish) xarajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xo`jalik buyumlarini ishlatish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish – mashinalashtirilgan ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yuqori darajaga ko`tarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni avltomatlashtirishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va to`la avtomatlashtirish bosqichlari mavjud.

Ishlab chiqarishni intensivlash — texnika, moddiy va mehnat resurslari potensialining har bir birligidan yanada to`liqroq foydalanish yo`li bilan ishlab chiqarish jadalligini oshirish. Zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini mexanizasiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, mehnat resurslaridan rasional foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori ko`rsatkichga erishishga asoslanadi.

Ishlab chiqirishni ixtisoslashtirish - korxona, kompaniya yoki ularning biror tarkibiy qismining asosiy faoliyatini tor doiradagi mahsulot, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltirish. Ma’lum mahsulot ishlab chiqaradigan xo`jalik sohalari va korxonalarning shakllanishida o`z ifodasini topadi.

Ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish – iqtisodiy omillar yordamida korxona iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan ishlab chiqarishni iqtisodiy rag`batlantirish imtiyozli kreditlar berish, ishlab chiqarishga to`g`ridan-to`g`ri subsidiyalar ajratish, soliq imtiyozlari berish, tashqi faoliyatni moliyaviy qo`llab-quvvatlash, davlat xarid narxlarini ko`tarish, ish haqidan olinadigan soliqlar stavkasini pasaytirish, eksport-import tovarlarini boj to`lovidan ozod qilish va boshqalardan iborat.

Ishlab chiqarishni mexanizasiyalash – ishlab chiqarish jarayonlarida odamning jismoniy hamda aqliy mehnatini mashinalar va mexanizmlar zimmasiga yuklash. Bundan asosiy maqsad — odamni og`ir mehnat turlaridan ozod qilish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va boshqalar. U fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini ta’minlaydi, mehnat samaradorligini oshirishda moddiy asos bo`lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasiga va ish turiga ko`ra, ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish qisman va yalpi (kompleks) mexanizasiyalashtirish darajalari mavjud. Qisman mexanizasiyalashtirishda asosiy texnologik jarayonlar mashina va mexanizmlar yordamida, yordamchi ishlar esa qo`l kuchi bilan bajariladi.

Ishlab chiqarishni tashkil etish – mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng ma’qul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo`l qo`ymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va boshqalarda namoyon bo`ladi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar - unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lgan ishlab chiqarish vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat o`rtasidagi «modda almashuvi»ni amalga oshiradigan subyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va ma’naviy o`zlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa