Mavzu: huquqiy tarbiyani shakillantirish omillari bajardi: haydarov nurazim qabul qildi



Download 344,94 Kb.
bet3/7
Sana26.04.2022
Hajmi344,94 Kb.
#581898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAYDAROV NURAZIM 3

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish qismi, 2 bob, 3ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB FUQOROLARDA HUQUQIY TARBIYANI SHAKILLANTIRISH
1.1 FUQAROLARNING HUQUQIY TA’LIMI VA HUQUQIY TARBIYaSINI TAKOMILLAShTIRISh
Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi bo‘lmish huquqiy ta’limi to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik qiladi.
Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo‘lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir.
Tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab etishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi lozim.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘quv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash, har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.
Huquqiy tarbiyaning o‘tmishdan qolgan faqat bir tomonlama axborot berish — ma’rifatchilikka yo‘naltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bog‘lash zarur.
Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, huquqiy tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma’rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy ta’limiida o‘zining tugal ifodasini topadi.
Aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limini takomillashtirishga ta’lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Huquqiy tarbiya va ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat:
davlat huquqiy tarbiya va ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’lim va tarbiyaning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug‘ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi;
aholi huquqiy ta’limiini oshirish borasida davlat tuzilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash; ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish, kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqboldagi vazifalarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmalari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolishiga erishish;
huquqiy tarbiya va ta’limning ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning (muassasalar, tashkilotlarning), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida ham amalga oshirilishi; huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning ularni maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o‘quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o‘quv fanlarini joriy qilish;
huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;
ta’lim va tarbiya muassasalariga daxldor bo‘lmagan shaxslarning (ishchilar, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar va boshqalarning) huquqiy tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga davlat yuridik o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish;
yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash.
Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy-huquqiy tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy ta’limiyuksaltirishning yangi vositalari va usullarini joriy etish lozim.
Huquqiy ta’limishakllantirishning vosita va usullarini takomillashtirish maqsadida:
fuqarolar bilan olib boriladigan huquqiy ishlar saviyasini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va o‘quv yurtlarining kadrlar bilan etarli ta’minlanishiga erishish;
mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va huquqiy ta’limii darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish kerak. Chunki ular qonunlarni qat’iy ijro etishga, huquqning so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga, huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga da’vat etilganlar.
Huquqiy bilimlarni davlat idoralarigina emas, balki jamoat birlashmalari tomonidan ham ommalashtirish jamiyatda huquqiy ta’limioshirishning yangi shakllari jumlasiga kiradi.
Yuridik o‘quv yurtlari hamda huquq sohasida ilmiy muassasalari bo‘lmagan shaharlarda va qishloq joylarda huquqiy ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor berish lozim.Huquqiy bilimlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish tizimini takomillashtirish, barchaga mo‘ljallangan yuridik adabiyotlarni nashr etish huquqiy ta’limioshirishga ko‘maklashadi.Qonun hujjatlarini qo‘llanish amaliyoti shuni yaqqol ko‘rsatadiki, talaygina huquqbuzarliklar, shu jumladan mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi hollari huquqiy bilimning etarli emasligi, huquqiy ta’limi darajasi pastligi oqibatidir. Aynan shu sababli, huquqlari buzilgan fuqarolar o‘z huquqini himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mexanizmidan, shu jumladan mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan kamdan-kam foydalanadilar.
Huquqni pisand qilmaslikka barham berish, aholining huquqiy ta’limiini oshirish huquqiy axborotdan foydalana olish imkoniyatini amalda ta’minlashni talab qiladi. Bu jihatdan qonunlarni va, ayniqsa, idoraviy normativ hujjatlarni o‘z vaqtida nashr etish zarur. Adliya vazirligi tomonidan chiqarilayotgan «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi»ning tirajini ko‘paytirish va unga erkin obuna bo‘lishni ta’minlash lozim. Huquqning ayrim tarmoqlari bo‘yicha, shuningdek aholining muayyan guruhlariga mo‘ljallangan normativ hujjatlarning mavzuiy to‘plamlarini nashr etish huquqiy axborotdan foydalana olishni ta’minlashga katta hissa bo‘lur edi.Zamonaviy axborot ta’minoti kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ilmiy asoslangan yagona ma’lumotnoma tizimini ishlab chiqish va undan mushtariylarning bemalol foydalana olishini ta’minlash zarur.Keng o‘quvchilar doirasiga ham, aholining ayrim guruhlariga, shu jumladan mansabdor shaxslarga ham mo‘ljallangan ommabop ma’lumotnoma adabiyotlarni nashr etishni ancha ko‘paytirish aholini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilash va huquqiy ta’limiini oshirishning muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i lozim. Amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llanish masalalarini tushuntirib beradigan va davlat organlari xodimlariga, shuningdek davlatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning rahbarlariga mo‘ljallangan sharhlar va amaliy qo‘llanmalarni nashr etishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Aholining huquqiy savodxonligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari katta ahamiyatga ega. Ularning huquqiy mavzularga e’tiborini kuchaytirish, aholi o‘rtasida ko‘proq ko‘tarilayotgan yuridik masalalarni davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin oshirish zarur.Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, huquqiy bilim asoslarini albatta o‘qitish maqsadga muvofiqdir.Turli toifadagi xodimlar malakasini oshirish tabaqalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Avvalam bor, insonning kasbiy tayyorgarligini oshirishga intilish kerak. Turli kasbdagilar o‘z faoliyatlarida oqilona qo‘llay oladigan tarzda huquqiy bilimga ega bo‘lsinlar. Davlat organlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga qo‘yiladigan talablar va malaka tavsifnomalari, dastavval inson huquqlari va erkinliklariga oid huquqiy bilimlarning zarur darajasini nazarda tutishi kerak.Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari va mahallalarda fuqarolar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari, advokatlar va huquqshunos olimlarning uchrashuvlarini tashkil etish aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish maqsadida huquqiy tarbiya va ongni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari va har bir shaxs bilan va ko‘p qirrali ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika qonun chiqaruvchi organi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan va yurtboshimiz tomonidan imzolangan qonunlar jamiyatimizning barcha sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qilmoqda. Jamiyat oldida turgann dolzarb muammolarni hal etish xalqning huquqiy ta’limiini, savodxonligi va huquqiy tarbiyasini rivojlantirishni taqozo qiladi.
Huquqiy tarbiyali bo‘lish uchun shaxs huquqiy bilimlarini ongli ravishda egallashi, yetarli darajada huquqiy saboq egasi bo‘lishi kerak. Hozirgacha huquqiy tarbiya, uning metodlari haqidagi masalalar olimlar tomonidan to‘laligicha yoritib berilgan emas.
Huquqiy tarbiya o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra; keng va tor ma’nodagi shakllarga bulinaladi. Keng ma’nodagi tarbiya deganda butun jamoaga, ko‘pchilikka ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan tarbiya. Tor ma’nodagi tarbiya alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo‘lidir. Huquqiy tarbiya natijasida keng xalq ommasi va shaxs o‘z xatti-harakatlari ekanligini tushunsa, huquq normalariga ongli ravishda rioya etsa maqsadga erishgan bo‘lib hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya muntazam olib boriladigan aniq maqsadni ko‘zlangan va shaxsga ta’sir eta oladigan huquqiy ong, bilim va qonunlarga rioya etish xislatlari yoki fazilatlari to‘plamidir. Barcha fuqarolarda huquqiy ong va ta’limishakllantirish ishlari huquqni muhofaza qilish va jamoat tomonidan olib boriladigan ishdir. Buning natijasida qonunchilikni mustahkamlash, huquq normalarini hurmat qilish, ularni bilishga erishiladi. Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun eng avvalo uni bilish talab etiladi. Tartib buzuvchilar orasida o‘z xatti-harakatlarini noqonuniyligini o‘ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki tartib qoidalar, qonun normalariga rioya qilmaslik natijasida intizomiy, ma’muriy va hatto jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirilishi shart.
Ilgarigi davrlarda huquqiy tarbiya siyosiy tarbiya bilan bog‘liq holda olib borilar edi. Shaxs va jamiyat o‘rtasida munosabatlar shaxs faoliyatini hayotiy pozitsiya esa tarbiya jarayonida shakllanadi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni foydali faoliyatga o‘rgatishidir. Masalan, yoshlarni biron hunarga, muomalaga, san’atga va yurish turishga o‘rgatish shular jumlasidan.
Huquqiy tarbiya qadimdan davlat bilan birga shakllanganligini ham unutmaslik kerak. Huquqiy tarbiya o‘ziga xos xarakterga ega. U vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan tuzilmalardan tashkil topadi va aniq maqsadlarni ko‘zda tutadi. Shaxsda, mehnatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishda jamiyat va davlat manfaatlari, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilish ruhi shakllanadi. Axloq normalari bilan huquq normalari bir-biri bilan yaqin turadi.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy ta’limii darajasiga bog‘likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.
Yuksak huquqiy ta’limi demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Huquqiy ta’limi — umumiy ta’limining ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina ta’limili va bilimli deb hisoblanishi mumkin.
Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy ta’limiini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy ta’limi huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul qilinmoqda.
Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy ta’limishakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish;
aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash.
Huquqiy ta’limni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.
Yuksak huquqiy ta’limishakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy ta’limii hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;
aholining huquqiy ta’limiini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;
huquqiy ta’limining ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag‘batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy ta’limiini shakllantirish.
Aholining huquqiy ta’limiini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o‘zlashtirib olishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan — turli ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.



Download 344,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish