Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ibodov Murodulla Xoldor o’g’lining “Ekologik ta’lim –tarbiya tizimini takomillashtirishda Imom Abu Muhammad Iso at-Termiziy ta’limotidan foydalanish shart-sharoitlari” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Ma’lumki, tabiat ajoyibotlarining o’zi qanchadan qancha. Ammo bu degani ular cheksiz va bitmas-tuganmas degani emas. Qolaversa, Alloh taolo in’om qilgan beadad noz-ne’matlar ham insonga beminnat xizmat qiladi. Vaholanki, insonning hayoti juda qisqa muddatli bo’lib, shu qisqa umrni ham zoyi ketgazuvchilar, halol va xaromni farq qilmaydiganlar, ne’matlarni qadrlamasdan, isrofgarchilikka yo’l qo’yuvchilar, noz-ne’matlardan oqilona foydalana olmaydiganlar va bu ham yetmaganidek bilib-bilmasdan tabiatga: o’simliklarga, hayvonlarga, tuproqqa, havoga, suvga va bular orqali odamlarga hamda oxir-oqibatda o’zlariga ziyon qilguvchilar qancha?!
Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotining hamma jihatlari kishilarimizning axloqiy, shaxsiy yuksak insoniy fazilatlari hamda bilimiga bog‘liqligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining nutq va asarlarida har tomonlama asoslab berdi. Shu bilan birga mustaqillik asoslarini barpo qilishda har bir fuqaro o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan sohada fidoyilik bilan ishlashi lozim. Buni amaliy tomoni kishilarimizning xalq, Vatan, istiqlol mohiyatini, Vatan ravnaqini tushunishi bo‘lib, kishilarimizning milliy qadriyatlarni chuqur bilmasdan shakllanishi mumkin emas. Shu sababli samarali shakllantirish masalasining o‘rganilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Magistrant Ibodov Murodulla Xoldor o’g’li tomonidan tanlangan mavzu bitiruv ishining amaliy qiymatni belgilaydi.
Ish tarkibiy tuzilishiga ko‘ra 3 bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllangan.
Asosiy boblarning yoritilishida oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jihatdan yuksak maqomga ega bo’lgan Imom Abu Muhammad Iso at-Termiziy ta’limotidan foydalanish masalalarining yoritilganligi, shuningdek, “Ekologik ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda Imom Abu Muhammad Iso at-Termiziy ta’limotidan foydalanish shart-sharoitlari” mavzusiga doir nazariy mashg‘ulot uchun ma’ruza matni, amaliy mashg‘ulot ishlanmasi, keyslar, darajali testlar, glossariy, taqdimot, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining berilganligi e’tiborga loyiq.
Yuqorida qayd etilgan holatlarni inobatga olib, bitiruv ishini himoyaga tavsiya etaman.
Dots. v/b: Achilov N.
Do'stlaringiz bilan baham: |