Asoratlari. Skarlatinaning asoratlariga limfoadenit sinusit, nefrit, otit, miokardit kabilar kiradi.
Davolash. Skarlatinani davolashda kasallikning davri, turi, og'irlik darajasi hisobga olinadi. Kasallikning yengil turida bemorlarni uy sharoitida davolasa bo'ladi. Bunda bemor alohida xonaga yotqiziladi. Bemorga tez xazm bo'ladigan vitaminlarga boy ovqatlar berilishi va ko'proq suyuqlik ichirib turish zarur. Kasallikning og'ir turida bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi. Vrach ko'rsatmasi bilan unga atibiotiklar, intoksikasiyaga qarshi dori-darmonlar, simptomatik dorilar, vitaminlar buyuriladi.
Profilaktikasi. Skarlatinaning maxsus profilaktikasi yo’q. Umuman profilaktik tadbirlarga bemorlarni alohidalab qo'yish, 10 kun davomida yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtirish kabilar kiradi. Kasalxonadan chiqqandan so'ng yana 12 kun davomida, bolalar maktabga va maktabgacha tarbiya muassasalariga qo'yilmaydi.
Mavzu: Kirish. Aseptika va antiseptika. Desmurgiya va transport immobilizasiyasi.
REJA:
Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari.
Antiseptika va aseptika haqida ma'lumot, turlari, vositatari va qo'llanilishi. Sterilizasiya va uning turlari.
Desmurgiya haqida ma'lumot, jarrohlikda qo'llanilishi.
Bog’lamlarning turlari va qo’yish qoidalari.
Transport immobilizasiyasi.
Xirurgiya juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar o’z-o'ziga va bir-biriga yordam ko'rsatar ekanlar, nayzaning o'tkir uchini va yoy o'qini tanadan chiqarib olish yo'lini bilganlar, qon oqayotgan jarohatni qisib, qon ketishini to'xtata olganlar, jarohatni davolash uchun o'simliklarning barglaridan va yo'sin (mox) dan foydalanganlar.
Operasiya - bu asosan ta'qimalarga mexanik ta'sir ko’rsatish yo'li bilan to'qimalar kesilib
patologik o’choq aniqlanib bartaraf etiladi (kesib olib tashlanadi) va to'qimalar yoki ayrim tana a'zolarning normal shakli funksiyasi tiklanadi: to'qimalar va a'zolarni kesib olib boshqa joyga (boshqa organizmga) ko'chiriladi.
Shikastlanishning turi va sabablari, davolash va oldini olish choralariga travmatologiya fani mas'uldir. Shikasllanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 30-35% ni tashkil etadi.
Respublikamizda travmatologik xizmat uch asosiy zvenodan iborat:
1.Shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qilish.
2.Ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish.
3.Travmatologik yordamni kasalxonalarda tashkil qilish.
Travma yuz bergan joydayoq birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:
shifokor kelguncha birinchi oddiy yordam. Bu yordam ko'pincha maxsus kasbi bo’lmagan kishilar (o'z-o'ziga va o'zara yordam) tomonidan ko'rsatiladi. Ular shikastlangan kishining o’rtoqlari, sanitariya drujinachilar tomonidan, qarindoshlari yoki begona kishilar, yo’l harakati va milisiya hodimlari, o'rta ma'lumotli tibbiyot hodimlari bo'lishi mumkin:
Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bilgan shifokor bajarmog'i kerak.
Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
1) shikastlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur.
2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi zarur.
keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiya hodimlariga har bir qilingan davolash
usullarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga qarshi zardob yuborish va boshqalar.
har bir kishi shikastlanish yuz berganda qayerga, qachon so’rab murojaat qilishni bilish kerak.
shikastlangan kishini to'gri evakuaciya qilish travmatalogiya yordamining asosiy bo’g’ inlaridan biri hisoblanadi.
Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob
infeksiyasining spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.
Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. Xirurgik
infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham shuningdek,
nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da- ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.
Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
1. O'tkir xirurgik infeksiya
Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya. a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya; b) o'tkir chirik infeksiya;
v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;
o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).
Umumiy xirurgik infeksiya:
o'tkir nospesifik infeksiya;
o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;
3.Surunkali xirurgik infeksiya:
surunkali nospesifik infeksiya;
surunkali spesifik infeksiya.
Mikroorganizmlar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar orqali tushadi. Ekzogen yo'llarga tashqi muhitdan tushadigan infeksiyalar ya'ni jarohatni kir qo'llar bilan tozalaganda, nosteril matolar bilan yarani bog'laganda, jarohatni noto'g'ri tozalaganda, bog'lamni noto'g'ri bog'lashda ro'y beradi.
Endogen yo’llarga infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli ichakdan qon tomirlar bo'ylab tushishi mumkin (surunkali tonzillit, yumshoq to'qimalarning yiringli yallig'lanishi, furunkulyoz, gaymorit va boshqalar).
XIX asrning 40 - yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish ko'p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla
qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar. Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya'ni amaliyotda ximiyaviy antiseptika
fizikaviy aseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish yuqori harorat va bug' bilan
amalga
oshirildi.
Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |