Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim.
REJA:
Anatomiya va fiziologiya fanlari to'g risida qisqacha ma'lumot.
Hujayra va to'qimalar, tuzilishi. turlari va vazifalari.
Moddalar almashinuvi haqida tushuncha. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvi.
Suv va tuzlar almashinuvi. Vitaminlar almashinuvi va ularning organizmda tutgan o'rni.
Endokrin tizimi haqida tushuncha. Garmonlar va ularning ahamiyati.
Odam anatomiyasi - odam organizmi, organlarning tuzilishi, shakli va joylashish o'rnini o'rganadi "Anatomiya" so'zi yunoncha "anatoma" - kesaman.
yorib ko'raman degan ma'nolarni anglatadi. Kesish va yorish odam organizmining tuzilishini o'rganadigan usullaridan hisoblanadi. Hozirgi anatomiya organlar tuzilishini murdani yorib tekshirishdan tashqari odam tirikligida ham rentgenografiya, rentgenoskapiya, ultra tovush (UZI) kabi usullari bilan ham o'rganadi.
Organizim va organlarning hayotiy funksiyalari (vazifalar)ni o'rganadigan fan fiziologiya deb ataladi.
"Fiziologiya" yunoncha (fizis)- "physis"- tabiat va "logos"- fan demakdir. Fiziologiya anatomiya, gistologiya, embriologiya, biologiya, ximiya va biologiya, fizika singari fanlar bilan chambarchas bog’liqdir va hujayralararo moddadan o'zini membranasi orqali ajralib turadi. Sitoplazmada muayyan vazifani bajaradigan organoidlar bo'ladi. Bularga mitoxondriyalar, ribosomalar. hujayra markazi va boshqalar kiradi. Hujayra tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, nuklein kislotalar SUV va anorganik tuzlar bo'ladi. Hujayralarda asosan ikki xil nuklein kislota: yadroda dezoksiribonuklein kislola (DNK), yadro va sitoplazmada ribonuklein kislota (RNK) uchraydi.
Hujayraning yadrosi shar yoki oval shaklida bo'lib, odatda hujayra markazida joylashadi. Yadro qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Har bir yadroda 1- 2 ta yadrocha bo'lib ularda nuklein kislotalar sintezlanadi. Bundan tashqari yadro tarkibida oqsillar va DNK dan tashkil topgan xromosomalar bo'lib har bir organizmda ularning soni doimiydir (odamda 23 juft). Hujayralar bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Bo'linish murakkab kariokinez, ya'ni mitoz va oddiy amitoz bo'lishi mumkin. Mitoz bo'linishda hujayra yadrosida murakkab o'zgarishlar sodir bo'ladi va hujayra 2 ga bo'linadi. Har qaysi yangi hujayrada 23 juft xromosoma bo'ladi, ya'ni genetik material yangi hujayralarga teng miqdorga bo'linadi.
Oddiy (amitoz) bo'linish kamdan- kam uchraydi. Bunda yadro kattalashib, 2 ga
bo'linadi. Yadroning mikrostrukturasida o'zgarish bo'lmaydi, keyin sitoplazma
bo'linib 2 ta yangi hujayra hosil bo'ladi.
Odam oragnizmida 4 xil to'qimalar bor:
Epiteliy to'qimasi. Bu to'qima har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan. Epiteliy to'qimasi terida (himoya vazifasi), nafas yo'llarida (havoni tozalaydi), ichakda (so’rish vazifasi), bezlarda (sekret ishlab chiqaradi) uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |