Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim. Reja



Download 181,23 Kb.
bet36/62
Sana07.04.2022
Hajmi181,23 Kb.
#533306
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
resurs

Profilaktikasi. Qizamiqning oldini olish asosan ikki yo’nalishda epidemiyaga qarshi kurash va maxsus profilaktika tarzida amalga oshiriladi.

Epidemiyaning oldini olish maqsadida bemorlar toshma toshganda 5-kungacha ajralib qo'yiladi yoki yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtiriladi, qizamiq chiqqan bolalar muassasasida 21 kun davomida karantin e'lon qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalar nazorat ostiga olinib, ularning terisi, shilliq pardalari va tana harorati muntazam ravishda tekshirib turiladi. Qizamiq o'tkazmagan bolalarga gamma-globulin yuboriladi. Bemor yotgan xona yaxshilab shamollatiladi va har kuni ho'l latta bilan tozalab turiladi.

Qizamiqning maxsus profilaktikasida qizamiqqa qarshi faol immunitet hosil qilish uchun sog'lom bolalar profilaktik emlash taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan muddatlarda qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanadi.

SUVCHECHАK

Suvchechak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, badan terisida o'ziga xos vezikulo-pustulyoz toshmalarning toshishi bilan xarakterlanadi.



Etiologiyasi. Suvchechakni Arago tanachalari deb ataladigan filtrlovchi viruslar qo’zg'atadi.

Epidemiologiyasi- Infeksiya manbai bemor hisoblanadi. U butun kasallik davomida va kasallik tuzalganidan keyin ham 5 kungacha yuqumli bo'ladi.
Kasallik sog'lom odamga havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Kasallikka beriluvchanlik o'ta yuqori bo'lib, aholi zich yashaydigan joylarda epidemiya holida uchrashi mumkin. Suvchechak bilan asosan 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi.

Ba'zan chaqaloqlar ham kasallikka chalinishi mumkin. Suvchechak ko'pincha qish va bahor oylarida uchraydi. Kasallik bilan og'rib tuzalgan bolalarda barqaror immunitet qoladi.



Klinik manzarasi. Kasallikning inkubasion davri 11 kundan 21 kungacha, o'rtacha, 14 kunni tashkil etadi.

Suvchechakning boshlang'ich (prodromal) davrida subfebril harorat paydo bo'ladi, bemorning kayfiyati buziladi, injiq va lohas bo'ladi. Keyinchalik tana harorati ko'tariladi. Bemor tanasida toshmalar paydo bo'ladi. Toshma odatda bemorning yuzi, sochlar orasi tanasi, oyoq-qo'llarida bir vaqtda paydo bo'ladi. Ammo oyoq osti va qo'lning kaftida toshma toshmaydi. Toshma dastavval suyuqliksiz bo’rtma (papulo) holida paydo bo'lib, u tez orada (bir necha soat ichida) ichi suyuqlik bilan to’lgan pufakcha (vezikula)ga aylanadi. Pufakchalar terida yuza joylashgan bo'lib, atrofi qizg’ish hoshiya bilan o'ralgan bo'ladi. Igna sanchib ko’rilsa, bo'shlig'i bitta bo’lganligi uchun pufakcha puchayib qoladi. Odatda pufakchalar 1-2 kundayoq qurib kulrang po'stloq qo’tirga aylanadi, va u 1-3 hafta mobaynida to’kilib ketadi. Ularning o'rnida chandiq qolmaydi. Har kuni terida yangidan toshma toshib turganligi uchun bemorning badanida bo'rtma, pufakcha va qo'tirni topish mumkin. Toshma badanni qichishti-radi. Ba'zan og’iz, burun va jinsiy a'zolarning shilliq pardalarida ham toshma toshishi mumkin. Bemorlarning 10 foizida pufakchalar yiringlashi mumkin, va bunday hollarda ularning o'rnida mayda chandiqlar qolishi mumkin.

Kasallikninng yengil turlarida toshmalar butun tananing u yer bu yeridagina uchrab intoksikasiya belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning og'ir turlarida toshmalar ko'plab toshadi, isitma ko’tariladi, intoksikasiya belgilari yuzaga chiqadi.




Download 181,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish