Klinik manzarasi. Kasallikni o'tishida quyidagi davrlar farq qilinadi: 1.
Yashirin (inkubasion) davr. 2. Boshlang'ich (prodromal yoki kataral) davr. 3.
Toshma toshishi ("gullash") davri. 4. Sog'ayish (rekonvalessensiva) davri.
Qizamiqning yashirin davri asosan 9-10 kun davom etadi. Emlangan yoki gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr 21 kungacha cho'ziladi. Bu davrda kasallikning klinik belgilari kuzatilmaydi.
Kasallikning prodromal yoki kataral davrida tana harorati 38-39 ºº C gacha ko'tariladi, bosh og'rig'i, yo'tal, aksirish kabi belgilar kuzatiladi. Bu davrning 2-3 kunida tana harorati pasayadi, ammo nafas yo'llari shilliq pardasining yallig'lanishi kuchayadi. Bu alomatlarga ko'z shilliq qavatining yallig'lanishi konyuktivit qo'shiladi. Bolaning ko'zlari yoshlanib, qizaradi va yorug'likka qaray olmaydi. Bemor o'ziga xos ko'rinishda bo'ladi: yuzlari qovoqlari shishgan, qizargan, burunlaridan seroz suyuqlik oqadi.
Kasallikning bu davrida bemor sinchiklab tekshirilsa, qizamiqqa xos bo'lgan belgilarni aniqlash mumkin. Bu belgilar og'iz bo'shlig'ining lunj va yumshoq qattiq tanglay shilliq pardalarida paydo bo'ladi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardalarida qizgish dog'lar qizamiq enantemalari va lunjning shilliq pardasi esa oqimtir atrofi qizil gardish bilan o'ralgan dog'lar Filatov-Belskiy-Koplik dog’lari kuzatiladi. Bu dog'lar asosan 2-3 kun davomida saqlanib turadi. Kasallikning toshma toshishi ya'ni "gullash" davrida tana sharorati 39-40 ºº C gacha ko’tariladi. Badan terisidagi toshmalar deyarli tana harorati ko'tarilishi bilan bir vaqtda paydo bo'ladi. Toshma katta donachalari, qizgish dog'lardan iborat bo'lib, dastlab bolaning yuzi va quloq orqalarida toshadi va tez orada badanning pastki qismiga tarqala boshlaydi. Isitmaning ikkinchi kunidan boshlab toshma ko'krak, qorin terisiga, uchinchi kunda esa oyoqlar terisigacha tarqaladi.
Ba'zan bu toshmalar bir-biri bilan qo’shiladi, lekin toshmalar oralig'idagi terining rangi o’z holatida o'zgarnay qoladi. Toshmalar badan terisida bir vaqtda paydo bo'lmaydi, balki bosqichma-bosqich toshadi. Toshmalar toshish davri 3-4 kun davom etadi. Keyinchalik u qanday tartibda paydo bo'lgan bo’lsa, shu tartibda yo’qoladi. Toshmalar o'rnida oqimtir dog'lar pigmentasiya hosil bo'ladi. Bunday pigmentli dog'lar 10-12 kun ichida yo'qolib ketadi.
Reqonvalessensiya ya'ni sog’ayish davrida kasallikning asosiy belgilari asta-sekin kamayib boradi. Bemor bolalar umumiy ahvolining kam darajada o'zgarishiga va intoksikasiya (zaharlanish) darajasiga qarab qizamiqning og'ir, o'rtacha va yengil turlari farq qiladi. Qizamiqning og’ir turi yuqori harorat, organizmning kuchli zaharlanishi, markaziy asab tizimining zararlanishi va nafas yo'llarining yallig’lanishi bilan kechadi. Kasaliikning bu turida ko'p hollarda turli asoratlar (ensefalit, meningoensefalit, zotiljam, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kabilar) rivojlanadi.
Davolash. Qizamiqning yengil va asoratsiz turlarida bemorlarni uy haroratida davolash mumkin. Kasallikni davolashda gigiena qoidaiariga, kun tartibiga rioya qilish, bolani to'g'ri ovqatlantirish, bemor yotadigan xonani tez-tez shamollatib turish kabilar katta ahamiyatga ega. Yuqumli kasalliklar kasalxonasiga qizamiqning og'ir turlari bilan og'rigan bolalar va asosan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar yotqiziladi.
Bemor yotgan xona toza bo'lishi kerak. Uning terisi va shilliq pardalariga diqqat bilan qarab borish: bolaning yuzi va qo'llarini tez-tez issiq suvda yuvib turish, burnini tozalab turish zarur har kuni bemor ko'zlarini yuvish, lablari qurib qolmasligi uchun moy surtib turiladi. Bolalarga yetarli darajada suyuqlik ichirib turish lozim. Bemorning ovqati vitaminlarga boy bo'lishi va yengil xazm bo'ladigan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |