Qontur bog'lamlarni tananing bog'lam bilan bekitiladigan qismining profili bo'yicha mato parchasidan qirqib tayyorlanadi, qontur bog'lamlarini chatilgan bog'ichlar bilan mahkamlanadi. Qontur bog'lamlarga bandajlar kiritiladi, bu-bemorga mos qilib tikilgan, bog'ichlari yoki ilgaklari bo’lgan mato bog'lamdir. Bandajlar ka'pincha qorinning oldingi devorini mahkam tutib turishi uchun qo'llaniladi.
Bint bog'lamlar-bint yordamida qo’yiladigan bog’lamlardir. Bint eni 5-20sm va uzunligi 5-7 m bo'lgan, rulonga o'ralgan doka tilishidan iborat. Tananing bint o'raladigan qismiga ko'ra eni turlicha bintlar ishlatiladi. Ensiz bintlar (5 sm gacha) tananing mayda qismlariga (barmoqlar) bog'lamlar qo’yish uchun, o'rtacha bintlar (7-19 sm) bilak, boldir, bo'yin, boshga, enli bintlar (20 sm gacha) ko'krak, qorin, songa bog'lamlarga qo’yish uchun ishlatiladi.
Doka bint yaxshi elastiklikka ega. Yumshoq bintli bog'lamlar xususiyati va qo'llanilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
oddiy yumshoq bog'lam (himoya qiluvchi, davolovchi);
qon to'xtatuvchi (siqib turuvchi) bog'lam;
immobilizasiya qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) bog'lam (davolash va transportirovka qilish uchun);
tuzatuvchi bog'lam.
Yumshoq bintli bog'lam qo’yishning umumiy qoidalari. Bog'lam qo’yishda bemorga hamda bog'lam qo’yuvchiga bir qator talablar qo’yiladi:
bog'lam qo’yilayotgan bemorni yaxshi joylashtirish zarur, u o'tirishi yoki yotishi kerak;
u harakat qilmasligi lozim;
tananing bog'lam qo'yilayotgan joyi tinch turib, muskullar tortilmasligi kerak, aks holda muskullar bo'shaganda, bog'lam yechilib ketishi mumkin;
tananing bog'lam qo’yilgan qismi bog'langandan keyin, harakatlanishga qulay bo'lishi kerak;
hamshira bog'lam qo'yayotgan vaqtda kasalga yuzma-yuz turib uning ahvolini bilib turish kerak;
bint o'ramini o'ng qo'lda va boshlanish qismini chap qo'lda ushlab, chapdan o'ngga qarab o'raladi, o'ralayotgan vaqtda bintning oldingi o'ramini 1|2 yoki 2|3 qismini berkitish kerak.
Bint bo’lmagan holda uni doka parchasidan tayyorlash mumkin. Doka uzunasiga bir tekisda qirqiladi, tilishlari bir-biriga ulanadi va zich qilib o'raladi. Doka parchasi butun eni bo’yicha metall sterjenga o'rab, so'ngra sterjen chiqarilib, o'ram o'tkir pichoq bilan kerakli razmerda bintlar qirqiladi, bintlar birnuncha tekis chiqadi.
Bog'lam qo’yilayotganda bemorning yuz qiyofasini kuzatib turish va yangi og’riq sezgilarini keltirib chiqarmaslik uchun bu ishni avaylab qilish zarur. Bog'lam bemorni bezovta qilayotgan bo'lsa, uni bo'shatishni yoki bint o'ramlari
yo’nalishini o’zgartirish lozim. Bint boshchasini goh u qo'l, goh bu qo'lda aylantirib tikilgan holda ikkala qo'lda bintlash, bo'sh qolgan qo'l bilan bint o'ramlarini tekislab turish kerak. Bog'lam qo’yish vaqtida bintni chapdan o'ngga ochib borish zarur, bunda bint boshchasi bint o'ramlaridan tushib kelayotgandek bo'ladi, har bir keyingi o'ram oldingi o'ram enining l|2 yoki 2|3 qismini bekitib borishi kerak. Qo’yilgan bog'lam oyoq qo’ldan qon aylanishining buzilishiga sabab bo'lmasligi kerak. Oyoq -qo'l bog'lamining pastida rangsizlanib qolishi, ularda sianoz paydo bo'lishi, uyishish sezgisi yoki liqqillab og'irishi ana shundan darak beradi. Bunday bog'lamni tezlikda tuzatish yoki yangisini qo'yish lozim.
Bint uchini bog'lashni yoki unga to’g'nog'ich qadashni tananing sog’lom qismi ustida bajarish lozim.
Yumshoq bog'lamlar: bintli, doka-bintli, turli va elastik to'qimali bintlar bog'lamlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |