Mavzu: Gidroliz jarayoni kimyosi va texnologiyasi



Download 0,5 Mb.
bet4/5
Sana29.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#591250
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-маъруза гидролиз 201121125052

Jarayon texnologiya. Gidrolizlovchi agentlar sifatida 5-10% li Na2CO3 yoki NaOH eritmasi qo'llaniladi.
  • Epixlorgidrinni suv bilan Na2CO3 yordamida katalizlash orqali glitserin olish mumkin:
  • Glitserin - siropsimon shirin ta'mli suyuqlik (Tqay=290°C). Uni gliftal polimerlari olishda (ftal angidridi bilan polikondensatsiya reaksiyalari yordamida) keng qo'llaniladi, shuningdek, undan kosmetik va meditsina preparatlari olinadi.
  • Sintetik glitserin olish usuli 1948-yili sanoatga tatbiq qilinadi. Bunda propilendan allilxlorid, dixloridrin glitserin, epixloridrin va undan sintetik glitserin olinadi.
    • Epixlorgidrindan glitserin olish texnologiyasi bilan tanishamiz. (25-rasm). Epixlorgidrin va 5-6%li Na2CO3 eritmasi 1-nasos yordamida emulsiyalanadi, 0,6-1,0 MPa bosimda siqiladi va 2-isitgich orqali 3-trubkali reaktorga yuboriladi. Buyerda yuqorida keltirilgan reaksiya sodir bo'ladi, natijada uning oddiy efirlari hosil bo'ladi. Reaksiya aralashmasi 4-klapanda faza (CO2 va suv bug'lari) suyuq fazadan (glitserinning suvli eritmasi, uning efirlari, NaCl) va reaksiyaga kirishmagan Na2CO3 ajratiladi. Glitserin va suvning uchuvchanligida katta farq bo'lganligi sababli asosiy massani bug'latish yo'li bilan amalga oshiriladi: suyuqlik ketma-ket 6-bug'latish kublaridan o'tadi, ulardan birinchisi tashqaridan yuboriladigan bug', ikkinchisi esa birinchi kubdan keladigan bug' yordamida isitiladi. Har bir bug'latish apparatidan so'ng suyuqlik 7-filtrdan o'tkaziladi va u yerda NaCl dan ajratiladi. Taxminan 80% glitserin bug'latilgandan so'ng 8-kolonnada suvdan ajratish uchun rektifikatsiyalanadi va 9-kolonnada esa yuqori qaynaydigan glitserin efirlaridan ajratiladi. Kolonnaning oxirgi distillyati 98-99% li glitserindan iborat. Uni ko'pincha aktivlangan ko'mir yordamida adsorbirlash orqali qo'shimcha tozalanadi.
    • Bosim ostida xlorbenzolni ishqor bilan gidrotozalab fenol olish.
    • Xlorbenzolni ishqorning suvli eritmasi bilan gidrotozalash 300-400°C da katalizatorsiz, 300 atm bosimida quyidagicha sodir bo'ladi:
    • C6H5Cl + 2NaOH → C6H5ONa + NaCl + H2O
    • Yuqoridagi sharoitdagi gidroliz reaksiyasi uchun 15-20% li NaOH suvli eritmasi qo'llaniladi. Ushbu reaksiya katalizator ishtirokida 350°C va 200 atm bosimida bir necha muhitda sodir bo'ladi. Jarayon trubkasimon reaktorlarda olib boriladi.
    • Xlorbenzolni gidroliz jarayonida oraliq mahsulot difenil efiri (difeniloksid) hosil bo'ladi:
    • C6H5Cl+ C6H5ONa → C6H5-O-C6H5+ NaCl
    • Hosil bo'lgan difenil efiri xlorbenzolga nisbatan olganda 10% ni tashkil qiladi. Agarda xlorbenzolni ishqorning suvli eritmasi bilan gidrolizlash jarayonida reaksiya aralashmasiga 10% dan ortiq difenil efir qo'shilsa, uning ortiqcha miqdori fenolgacha gidrolizlanadi:
    • Shuning uchun suvdan ajratilgan difenil efiri gidrolizga yuborilayotgan xlorbenzolga qo'shiladi.
    • Fenolni sanoatda ishlab chiqarish quyidagicha sodir bo'ladi: xlorbenzolda eritilgan difenil va ishqorning suvli eritmasi (mol. Nisbatda NaOH:C6H5Cl=2,25:l dan 2,5:1) yuqori bosimda ishlaydigan nasoslar yordamida trubkasimon reaktorga yuboriladi. U yerda aralashma 350°C gacha isitiladi. So'ngra reaktordan chiqayotgan aralashma sovutiladi, drossel ventili yordamida bosimni atmosfera bosimigacha pasaytiriladi va aralashma tarkibidagi difenil efiri suv bug'lari bilan birgalikda haydaladi. Fenolyat eritmasiga uglerod ikki oksidi yoki xlorid kislota ta'sir ettirish natijasida fenol ajratib olinadi:
    • Xlorbenzolni bug' fazasida katalitik gidrolizlash (Rashing usuli).
    • Bu usul bilan fenol olish ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda benzolni katalizator ishtirokida vodorod xlorid bilan oksidlanish xlorlash reaksiyasi sodir bo'ladi:
    • Xlorlash jarayoni bug' fazasida alyuminiy oksidga shimdirilgan Cu2Cl2+FeCl3 katalizatorlari ishtirokida olib boriladi. Reaktordagi temperatura 235-245°C tashkil qiladi. Benzol, HCI va kislorodning miqdor nisbatlari 10:2:3 tashkil qiladi. Xloridlar aralashmasi tarkibidagi benzol, suv va HCI ni ajratib olingandan so'ng 95-98% xlorbenzol va 2-5% dixlorbenzol olish mumkin.
    • Nitrillar gidrolizi va eterifikatsiyasi. Karbon kislotalar olishda nitrillar gidrolizi eng keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Nitrillar gidrolizi oraliq amidlar hosil bo'lishi bilan boradi va kislota hamda ishqorlar bilan katalizlanadi. Katalizatorlar reaksiya mahsulotini tuzga bog'laydi, gidrolizni qaytmasligini ta'minlaydi. .
    • Agarda reaksiya mahsuloti sifatida kislotalar emas, balki ularning murakkab
    • efirlari hosil bo'lsa, unda nitrillar gidrolizini eterifikatsiya jarayoni bilan birgalikda olib borish mumkin. Bu holda jarayon suv va spirt aralashmasida olib boriladi, sulfat kislota gidroliz va eterifikatsiya reaksiyalarida katalizator vazifasini bajaradi:
    • Yaqin vaqtgacha ushbu usul akrilonitrildan akril kislota efirlari olish uchun qo'llaniladigan eng iqtisodiy tejamli hisoblangan:
    • CH2=CHCN + H2O+ROH+H+ -→ CH2=CH-COOR+NH4+
    • Hozirgi vaqtga kelib, bu usul o'z ahamiyatini yo'qotgan, chunki undan ko'ra samarali akril kislota eterifikatsiya usuli paydo bo'ldi
    • Dastlab, akril kislota va uning efirlari atsetalgid siangidrinidan olinar edi. Metakril kislota va uning efirlari ham shu usul yordamida olinadi. Buning uchun atseton va sinil kislotasidan atsetonsianogidrin sintez qilinadi:
    • Oxirgi mahsulot gidrolizlanishi natijasida a-gidroksiizomoy kislota (CH3)2C(OH)-COOH hosil bo'ladi, lekin atsetonsianogidrinni 100% li H2SO4 natijasida imid, so'ngra uning gidratatsiyalanishi bilan to'yinmagan amid hosil bo'ladi. Metan va suv qo'shilganda eterifikatsiya sodir bo'ladi, H2SO4 katalizator sifatida qo'shiladi:
    • Oraliq mahsulotlar dimetil efir, a-gidroksiizomoy kislota, oz miqdorda smola va polimerlar hosil bo'ladi.

    Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish