Mavzu: Gidroliz jarayoni kimyosi va texnologiyasi


-rasm. Epixlorgidrin olish texnologiyasi sxemasi



Download 0,5 Mb.
bet3/5
Sana29.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#591250
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-маъруза гидролиз 201121125052

24-rasm. Epixlorgidrin olish texnologiyasi sxemasi:
  • 1 -reaktor, 2-kondensator- sovutgich, 3-separator, 4-yengil fraksiya hay-dash kolonnasi, 5-og'ir fraksiyani ajratish kolonnasi, 6-qaynatuvchilar.
    • Dastlab, 4-kolonnada suvni uchuvchan moddalar bilan birgalikda haydaladi, kub suyuqligini 5-koIonnaga distillatsiya jarayoniga yuboriladi, u yerda epixlorgidrin og'ir mahsulotlardan haydash bilan ajratib olinadi. Ushbu aralashmani, reaksiyaga kirishmagan xlorgidrin va trixlorpropanlarni yana qo'shimcha ravishda ajratiladi, xlorgidrin gidroliz jarayoniga yuboriladi va mahsulot sifatida trixlorpropan olinadi. Kolonnaning yuqori qismidan epixlorgidrin (98-99% tozalikda) olinadi, u ham qo'shimcha ravishda rektifikatsiya usuli bilan tozalanadi va 99,5 % tozalikda epixlorgidrin olinadi.
    • Ishqor bilan degidroxlorlash usuli bilan xlorolefinlar olishda reaksiya tarmoqlari yuqoridagi texnologiyaga o'xshash bo'ladi. Propilenoksid olishda suv bilan to'liq aralashtirilgandan so'ng, 2-sovutgichda bug'larni qisman kondensatsiyasi olib boriladi, 3-separator esa kondensat va bug'larni ajratuvchi vazifasini bajaradi. Kondensat 1-reaktorni sug'orishga, propilen oksidlaridan iborat bugiar esa rektiflkatsiyaga yuboriladi.
    • Ishqor va gidrolizlash usuli bilan spirtlar ishlab chiqarish.
    • Yuqorida bayon qilingandek, xlorli hosilalar gidrolizi xlor atomini almashinishi bilan ortiqcha olingan suv muhitida Na2C03 (fenollar sintezi) ishtirokida ro'y beradi. Xlorli hosilalarning reaksiyaga kirishish qobiliyatiga qarab gidroliz jarayoni 120-125°C dan (allilxlorid gidrolizi) 300-350° gacha (xlorbenzol gidrolizi) temperaturada olib boriladi. Bosim 0,5-1,0 dan 10 MPa bo'ladi, bunday sharoitda kontakt vaqti bir necha minutda to 20-30 minutgacha o'zgaradi. Ilgari fenol xlorbenzoldan olinar edi:
    • Fenol olishning boshqa usuli benzolni oksidli xlorlash va oksixlorlash bosqichida HCI ishtirokida xlorbenzolni gaz fazasida gidrolizlash (Raling usuli):
    • Natijada xlor umuman sarflanmaydi, yakuniy jarayon natijasida benzolni oksidlanishidan hosil bo'ladi.
    • Shunga qaramasdan, fenol olishning xlorli usullari asta-sekin yo'qolib boradi, biroq ular yordamida fenollarning ba'zi bir hosilalari sintez qilinadi, masalan, m-nitrofenol, o-va n-nitrofenollar va 2,4-dinitrofenollar sintez qilinadi:
    • Ishqoriy gidroliz reaksiyalari bilan ko'pgina xlorfenollar olinadi. Masalan, geksaxlorbenzoldan pestitsidlar pentaxlorfenol va natriy pentaxlorfenol sintez qilinadi:
    • Spirtlar olish uchun xlorli hosilalar gidrolizi allil spirti sintez qilishda o'zining ahamiyatini saqlab qoldi:
    • 2CH2=CHCH2Cl+Na2CO3 → 2CH2=CHCH2OH+2NaCl+CO2
    • Allil spirti CH2CH-CH2OH (suyuqlik bo'lib, Tqay = 96,2°C) ftal, fosfor va boshqa kislotalarning allil efirlari ishlab chiqarishda qo'llaniladi, allil spirt glitserin olishda oraliq modda sifatida qo'llaniladi.
    • Allil xloridni katalizator ishtirokida (bir valentli mis xlorid) suv bilan gidrolizlash orqali ham allil spirti olish mumkin:
    • Gidroliz jarayoni Cu2Cl2 0,2% li eritmasida 2,0-2,5% li xlorid kislota ishtirokida olib boriladi. Oraliq mahsulotlar diallil efir va propion aldegid hosil bo'ladi.
    • Gem-dixlorli hosilalar gidrolizida aldegidlar olinadi, ularni amaliyotda benzoxloriddan benzoldegid olishda qo'llaniladi:
    • m- va n- geksaxlorksilollardan izo- va tetraftal kislota xlorangidridlari olinadi:
    • ular esa issiqlikka chidamli polimerlar olishda qo'llaniladi. Gidroliz jarayoni davriy ravishda 80-100° C aralashtirilgan holda ozgina miqdorda katalizator (FeCl3) qo'shilgan geksaxloridga stexiometrik miqdorda suv qo'shiladi.
    • Glitserin-siropsimon shirin ta'mli suyuqlik (qaynash temperaturasi 290° C).. Ularni gidrolizi natijasida bir vaqtning o'zida glitserin hamda sovun olish birinchi va hozirgi kungacha glitserin olishning asosiy usuli hisoblanadi:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish