Mavzu: Gazandagullilar qabilasi. Bajardi: Husinova n tekshirdi: Urganch 2021


Gazandagullilar qabilasiga kiruvchi oilalar va ularning tarkibi



Download 3,27 Mb.
bet5/14
Sana13.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#793286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1Gazandagullilar qabilasi (2)

Gazandagullilar qabilasiga kiruvchi oilalar va ularning tarkibi.

Aksariyat hollarda gul xuddi novda kabi qoplagich barg qo'ltig'ida hosil bo'lib, uning gulbandi, gulyonbarglari, gulo'rni mavjud. Gul- o'rniga gulkosachabarglar (kosacha), gultojibarglar (gultoj), changchilar va urug'chi (urug'chilar) joylashadi. Gul qo'rg'oni oddiy yoki ikki qavat (murakkab) crkin yoki tutash, to'g'ri (aktinomorf) yoki qiyshiq (zigomorf), ba'zan csa gul butunlay gulqo'rg'onsiz (bug'doydoshlar) bo'lishi ham mumkin.
Changlari (androtscy) mikrosporofillar hisoblanib, changchi ipi va changdondan iboraTut Changdon ichida changchalar bilan to'lgan 4 ta sporangiylar, ya'ni changdon uyalari mavjud. Gul markazida urug'chi bitta yoki ko'pchilik hollarda bir nccha mcvabargchalarning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Urug'chi tumshuqcha, ustuncha va tuguncha kabi uchta qismdan iborat
Gullari bir jinsli, ikki jinsli, ba'zan jinssiz: bittadan, oddiy yoki murakkab to'pgullarda joylashadi. Gulning tuzilishi, qismlarning soni va o'rnashuvini gul formulasi va diagrammasi orqali ko'rsatish mumkin. Masalan, olma gulining formulasi: Ca5Co5A°°Gr
Gul qismlarining soni, shakli, rangi, o'rnashuvi magnoliyatoifa ajdodlari, qabilalari, oilalari, turkumlari va turlarining klassifikatsiyasida hal qiluvchi sistematik bclgilar hisoblanadi.
Changning urug'chi tumshug'iga kelib tushish jarayoni changlanish dcyiladi va u o'z-o'zidan, chetdan, hasharotlar, shamol va ba'zan qushlar yordamida sodir bo'ladi.
Chang urug'chi tumshug'iga tushgach unadi, uning vegetativ hujayrasi hisobiga chang naychasi shakllanadi, gcnerativ hujayrasidan csa ikkita spermiy hosil bo'ladi: chang yo'li urug'kurtakning murtak xaltasigacha borib yctadi. Spermiylardan biri tuxum hujayrani, ikkinchisi markaziy (diploid) hujayrani urug'lantiradi. Bu jarayonni 1898- yilda Kiyev universitctining profcssori S.Navashin o'rmon liliyasi (Lilium martagon) dan tayyorlangan prcparatda kashf ctgan va uni „qo'shaloq urug'lanish" deb atalgan.
O'sgan chang yo'li urug'li o'simliklarda chang gametofitdir, generativ hujayra csa anteridiyga gomologdir.
Urug'langan tuxum hujayradan bo'linish yo'li bilan murtak to'qimasi va keyinchalik murtak shakllanadi, undan murtak ildizcha, murtak poyacha, kurtakcha va ba'zi turlarda 2 ta bargchani kuzatish mumkin. Markaziy hujayraning urug'lanishidan hosil bo'lgan triploid yadroli oziqlantiruvchi to'qima ikkilamchi endospermni tashkil etadi, chunki u yadro moddasiga, oqsil, yog', uglevodlar va vitaminlarga juda boy bo'ladi. Bu esa murtakning bo'lajak yosh sporofitga aylanishida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, magnoliyatoifalarning gametofitlari doimo ikki uyli: changchi gametofit o'sgan chang yo'li va 2 ta spermiyni hosil qilgan chang; urug'chi onalik gametofit csa 7 hujayrali murtak xaltasidir.
Murtak va endosperm rivojlanib murtak xaltaning boshqa hujayralarini chetga siqib qo'yadi va urug'kurtakni to'ldiradi. Urug'kurtak to'lig'icha uruqqa, uning po'sti urug'ning po'stiga, tuguncha—mevaga, tugunning devori esa meva ctiga aylanadi. Shu sababdan magnoliyatoifalarni yopiq urug'li o'simliklar deb ham ataladi.
Gulli o'simliklarning urug'ida jamg'arma oziq moddalar nutsellus- dayoq to'planadi va perisperm deb ataladi (chinniguldoshlarda), agar 2 urug'pallalilarda to'planadigan bo'lsa (burchoqdoshlarda, qovoq- doshlarda, karamdoshlarda), u holda endosperm rivojlanmaydi.
Magnoliyatoifalarning ko'payishi va rivojlanish siklida sporofitning ustunligi aniq ko'rinadi, gametofit bo'g'in esa nihoyatda qisqargan. Bundan tashqari, uning yana bir muhim xususiyati shundaki, ayrim hollarda ularning sporofitlari ham ikki uylidir. Masalan, Toldoshlar, Nashadoshlar, Chinniguldoshlar, Jiydadoshlar, Zarangdoshlar, hatto qoqio'tdoshlar va Palmadoshlarning ayrim vakillarida bunday holat kuzatiladi. Qarag'aytoifalarda ikki uylilik nisbatan kamroq va uni sagovniklar, ginkgo, tiss, archalarda ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarda ikki uylilikning ko'proq bo'lishi progressiv belgi, chunki chetdan changlanishning samaraliroq o'tishini ta'minlaydi, deb tushuntiriladi.
Anatomik tuzilishiga ko'ra ham magnoliyatoifalar o'simliklar dunyosida eng yetuk va mutanosib murakkab tuzilishga ega o'simliklardir. To'qimalar liar xil (10 dan ortiq) va o'ta differensiyalashgan, ayniqsa ksilcma haqiqiy naylar (traxeya) dan iborat, ikkilamchi yo'g'onlashuv natijasida ikkilamchi to'qimalar ksilema, floema, pcriderma va po'stlar hosil bo'ladi. Bu xil tuzilish arxegonial o'simliklarning deyarli birontasida ham uchramaydi.
Yuksak murakkab anatomik va morfologik tuzilish magnoliyatoifalar (gulli o'simliklarning) ekologiyasi bilan bcvosita aloqadordir. Ularning deyarli barchasi quruqlikda o'suvchi o'simliklar hisoblanadi. Ammo o'ta sovuq, issiq va quruq, hatto suvli muhitda ham o'sishi gulli o'simliklar uchun ikkilamchi yashash muhitlaridir. Hammasi bo'lib sho'r suvlarda gulli o'simliklardan 30 tacha turning o'sishi aniqlangan. Hatto Arktika va Antarktikada (Aira antarctica), Himolay tog'larining dengiz yuzidan 6200 metr baland joylarida ham gulli o'simliklarning ayrim turlari topilgan (Arenaria musoiformis — chinniguldoshlar oilasidan).

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish