gulli usimliklarning asosiy evolyusion yunalishlari
Daraxtlar - butalar - kup yillik utlar — bir yillik utlar. Utlar - ikkilamchi yogochlanuvchi usimliklar.
Tik usuvchi poyali usimliklar - yotib, ilashib va chirmashib usuvchi usimliklar.
Doim yashil usimliklar - barglarini tukuvchi usimliklar.
Doyra shaklida joylashgan utkazuvchi naylar - tar- kok, joylashgan naylar.
Tursimon tomirlangan bargaar — parallele tomir- langan barglar.
Oddiy butun barglar - oddiy bulingan barglar - murakkab barglar. Murakkab barglar — ikkilamchi oddiy barglar.
Ketma-ket joylashgan barglar - karama-karshi joylashgan barglar.
To’g’ri (aktinomorf) gullar - qiyshik; (zigomorf) gullar.
Oddiy, yakka gullar — tupgullar (kup gullar).
Gul bo’laklari noaniq; (kup) gullar — gul bulakla- ri kam va anik, sonli gullar.
Gulqo’rg’onlili gullar - oddiy gulkurgonli yoki gulk^rgonsiz gullar.
Gul bo’laklari birlashmagan (erkin) - gul bulaklari qo’shilgan (birlashgan).
Xasharotlar bilan changlanish — shamol yordami- da changlanish.
Ikki urushallali urug’- bir ururpallaliurug’.
Apokarp (tutashmagan) meva — senokarp (tutash- gan) meva.
16. Kup sonli changlar — kam sonli changlar.
Ikki jinsli gul - bir jinsli gul.
Kup urug kurtak - bir ypyg’ kurtak.
Ikki urug’pallali va bir urug’ pallalilarning asosii farkdi belgilari kuyidagicha.
Usimliklar dunyosida gulli usimliklar aloщsa urin egallaydi. Ular butun o’simliklar dunyosining yarmidan ko’prog’ini o’z ichiga oladi.
Gulli usimliklarning evolyusiyasida oddiydan murakkabga qadar yo’nalishni kuzatish mumkin.
Devon va toshkumir davrida kirkbutimlar, plaunlar va kirkkuloklar (paporotniklar) keng tarkalgan va ular Usimliklar dunyosida xukmronlik kilgan.
Dastaabki urugli usimliklar esa devon davrining oxirlarida paydo bulib, mezozoy erasida keng tarkalgan.
Mezozoy erasining oxirlari va bur davrining boshlari- da yopik; urugli usimliklar vujudga kelib, keyinchalik ular er sharidagi asosiy xukmron usimlikka aylangan. Yopiq ypyg’li o’simliklarning yer sharida qisqa vaktda, quruqlikda keng tarkalishiga baho berib, M.I.Golenkin «Gulli o’simliklar yashash uchun kurash goliblaridir» deb ta’rif bergan edi.
Magnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar boshqa yuksak o'simliklardan vegetativ a'zolarining o'ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o'q ildiz, qo'shimcha ildizlaridan shakllangan popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo'ladi. Ayrim hollarda ildizning tuganak bakteriyalari bilan birgalashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda). Ildiz sistemasi o'zining asosiy funksiya- si — o'simlik yer usti qismlarini tuproqqa biriktirish, suv va mineral moddalarni so'rishdan tashqari ortiqcha zaxira moddalarni to'plash vazifasini ham bajaradi (ildizmevalarda).
Rasm. Magnoliyatoifa
Novdalari juda xilma-xil tuzilishga cga yog'ochlangan o't, ko'p yillik, bir yillik, o'sish shakliga ko'ra tik, yotib o'suvchi, sudraluvchi, chirmashuvchi, ilashuvchi, o'raluvchi; ko'ndalang kcsimi — doira, to'rt qirrali, uch qirrali, yassi va hokazo. Poya va novdalarida turli shakl o'zgarishlar kuzatiladi (tikanlar, ildizpoyalar, piyozboshlar, tuganaklar). Ba'zan poyalari rivojlanmagan va barglari ildiz bo'g'zi atrofida g'uj bo'lib o'rnashgan (qoqio't, zubturum).
Barglarining tuzilishi va shakllari nihoyatda xilma-xil. Ular bandli, o'troq, qinli, yonbargchali, oddiy, murakkab, butun, turli darajada kesilgan, bo'lakli; tomirlanishi patsimon, to'rsimon, parallel, yoysimon; silliq, tukli, tikanchalarga aylangan (zirk, bo'ztikan, kaktuslar, qushqo'nmas). Ba'zan barglar juda qisqargan tangachalar ko'rinishida yoki butunlay yo'q (saksovul, qandim, zag'oza va boshqalar). Bularning barchasi o'simlik turlarining yashash muhitiga moslashish uchun kurashining natijasi bo'lib, cvolutsion jarayonda paydo bo'lgan xususiyatlardir.
Magnoliyatoifalarning boshqa yuksak o'simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ularda maxsus jinsiy (generativ) ko'payish organi — gulning bo'lishidir. Barcha yuksak o'simliklardagidck ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich) mavjud: sporofit (diploid, jinssiz) va gametofit (gaploid, jinsiy). Tomchi suvli muhitga bog'liq bo'lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib, gallanib sodir bo'ladi.
Gul — metamorfozlangan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo'lib, poyaning kurtagi — g'unchadan rivojlanadigan generativ organdir. Gul tuzilishidagi quyidagi o'ziga xos belgilar magnoliya- toifalarni boshqa yuksak o'simliklardan keskin ajratib turadi:
Urug'kurtaklari bir necha mevabarg (karpella)lardan iborat bo'lib, urug'chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan.
Chang donachalari to'g'ridan-to'g'ri urug'kurtak mikropilcsiga emas, balki urug'chining tumshuqehasiga tushadi va o'rnashadi.
Gametofitlar juda qisqargan, gametangiysi yo'q va gametofit bir necha marta bo'linish natijasida shakllanadi.
Qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi, spermiylardan biri urug'kurtak murtak xaltasi ichidagi tuxum hujayra bilan, ikkinchisi esa diploid xromosomali markaziy hujayra bilan qo'shiladi, natijada murtak va uni oziqlantiruvchi triploid endosperm to'qimasi hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |