Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana29.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#594642
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

Qit'a huquq tizimi. 
Qit'a huquq tizimining tarixiy ildizlari Rim xususiy 
huquqiga borib taqaladi. Yevropa huquqshunos olimlari tomonidan rim xususiy 
huquqi normalarini takomillashtirish asosida qit'a davlatlarida milliy fuqarolik 
huquqi tizimlari vujudga keldi. Biroq ushbu milliy huquq tizimlarida qadimgi Rim 
xususiy huquqining juda ko`p tushunchalari, institutlari, iboralari va ba'zan huquq 
normasi novellalari aynan saqlanib qolganini ko`rish mumkin.
 


16 
Qit'a huquq tizimida huquqni ommaviy va xususiy huquq sohalariga ajratish 
xarakterli belgidir. Ommaviy huquq – bu siyosiy hokimiyatni tashkil etish va 
amalga oshirishni tartibga soladi, u jamiyat manfaatlarini ifodalaydi, uning asosida 
davlat hokimiyati turadi. Xususiy huquq – sivil huquqi (fuqarolik huquqi) alohida 
kishilar, xususiy shaxslar manfaatlariga xizmat qiladi. Bu shaxslar fuqarolik-
huquqiy munosabatlarida teng huquqqa egadir va ularning hech biri alohida 
imtiyozlarga ega emas. 
Qit'a huquq tizimida ham yagonalik, bir xillik mavjud emas. Unda ikki asosiy 
yo`nalish Germaniya va Fransiya fuqarolik qonunchiligi farqlanadi. Yevropa 
davlatlari o`z fuqarolik qonunchiligini shakllantirganda ushbu davlatlarning yo 
unisi yoki bunisidan andoza olganlar. Fuqarolik huquqining roman guruhi asosida 
1804 yilda qabul qilingan Fransiya fuqarolik kodeksi (u Napaleon fuqarolik 
kodeksi degan nom bilan ham mashhur), german guruhi asosida esa 1896 yilda 
qabul qilingan Germaniya fuqarolik tuzuklari yotadi. 
Fransiya fuqarolik kodeksi institutsiyaviy deb nomlanadi (u Yustinian 
kodifikatsiyasining bir qismi bo`lgan rim huquqi bo`yicha oddiy darslikning 
institutsiyalaridan 
o`zlashtirilgan). 
Institutsiyaviy 
tizim 
fuqarolik-huquqiy 
normalarni quyidagi qismlarga guruhlashtiradi: 1) shaxslar (ya'ni huquq 
subyektlari); 2) ashyolar (huquq obyektlari) va ashyoviy huquqlar; 3) da'volar va 
ushbu da'volar bo`yicha majburiyatlar. Keyinchalik bu tizim takomillashuvi 
natijasida undan protsessual normalar chiqarilib, sof moddiy huquq normalari 
qoldi, umumiy qoidalar va boshqa bo`limlar bilan boyitildi. 
Fuqarolik huquqi tizimining germaniya yo`nalishi “german guruhi kodeksi” deb 
ataladi, chunki u yustinion kodifikatsiyasining Degest (kodeks) lariga asoslanadi. 
Uning mohiyati shundaki, xususiy huquq normalari avval boshdanoq moddiy va 
protsessual huquq normalariga bo`linadi hamda protsessual huquq normalari 
alohida holda mavjud bo`ladi. Ayni vaqtda barcha moddiy huquq normalari 
fuqarolik huquqining barcha institutlariga taalluqli bo`lgan normalar (ular 
«Umumiy qism» deb atalib, unda huquq subyektlari, huquq obyektlari, 
huquqlarning mazmuni, shu jumladan ularni amalga oshirish va himoya qilishga 


17 
doir umumiy qoidalar o`z mujassamini topgan) bilan alohida institutlarga – 
ayoshviy huquqlar, majburiyatlar, oila va meros huquqlariga bag`ishlangan 
normalar (maxsus qism)ga bo`lingan. Foydalanishga qulayligi jihatidan hamda 
yuridik texnikasi nuqtai-nazaridan olganda, pandekt tizimi institutsional tizimdan 
afzalroqdir. Bunday qulaylik umumiy va maxsus qismlarga bo`linishda ham 
yaqqol namoyon bo`ladi (institutsional tizimda esa umumiy qoidalar har bir institut 
bo`yicha qayta-qayta takrorlanishi mumkin). Biroq uzoq davrlik taraqqiyot 
davomida bu tizimlar o`rtasida yaqinlashuv jarayoni ketganini va hozir bular 
mustaqil tizim sifatida xususiyatini yo`qotganligini bugungi kunda e'tirof etish 
mumkin. Yevropa mamlakatlari o`rtasida faol hamkorlik kuchaygan shart-
sharoitlarda pandekt va institutsion yo`nalishlari yagona qit'a huquq tizimining 
tarkibiy qismlariga aylanib qoldi. 
Qit'a huquqi tizimi manbalari haqida so`z ketganda, uni muayyan huquqiy 
ta'limotlar (doktrinalar), eng avvalo, Rim huquqi ta'siri ostida rivojlanginini qayd 
etish lozim. Bu huquq tizimi normalarini shakllantirishda ilmiy mavhumlashtirish, 
inson aql-idroki va omillar faoliyati hal qiluvchi rol o`ynaganini ta'kidlash lozim. 
Ko`pchilik hayotiy voqealar, vaziyatlar huquqiy ta'limot orqali qarab chiqiladi va 
unga moslashtiriladi. Qit'a huquq tizimi yondashuvining mohiyati u yoki bu amaliy 
yechimni topish va uni qiyomiga yetkazish emas, balki asosiysi umumiy 
namunaviy tamoyilni ishlab chiqish, keyin uning yordamida ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi. 
Demak, qit'a huquq tizimida asosiy manba bo`lib, qonunlar hisoblanadi va ular 
ichida Fuqarolik kodeksi markaziy o`rinni egallaydi. Fuqarolik kodeksi va 
qonunlarning normalari umumiylikdan xususiylikka, mavhumlikdan muayyanlikka 
yo`naltiriladi. Bunda yuristning asosiy vazifasi – muayyan holatni, vaziyatni 
pozitiv huquqning u yoki bu normasi ta'siri ostiga tushirish hisoblanadi. Alohida 
qonunlar Fuqarolik kodeksiga bo`ysundirilgan holda yaratiladi va qo`llanadi. 
Qit'a huquq tizimida odat huquqi manbalar sifatida juda kam ahamiyatga ega. 
Huquqiy tartibga solishda asosiy tayanch markazi qonun hisoblanadi. Mohiyatan 


18 
olganda, odatlar amaldagi pozitiv huquqni to`ldiruvchi ish muomalasi odatlari 
ko`rinishida namoyon bo`ladi. 
Ma'lumki, qit'a huquq tizimida pretsedent huquqi mavjud emas. To`g`ri, ba'zi 
mamlakatlarda sud amaliyoti huquq manbai sifatida e'tirof etilsa ham, bu faqat tor 
doirada, qonun bilan tartibga solinmagan yoxud to`liq tartibga solinmagan 
munosabatlarga nisbatangina qo`llanadi. Ayni vaqtda huquqdagi kamchiliklarni 
qonunchilik yordamida bartaraf etishning aniq yo`llari mavjud, bu esa 
kamchiliklarni amaliyot orqali bartaraf etishga zarurat qoldirmaydi. 
Qit'a huquq tizimida shaxslar to`g`risidagi normalar ikki qismga bo`linadi: 1) 
jismoniy shaxslar to`g`risida; 2) yuridik shaxslar to`g`risida. Jismoniy shaxslarning 
huquq layoqati ularning huquq va burchlarga ega bo`lish layoqati, muomala 
layoqati, qobiliyati sifatida ta'riflanadi. Huquq layoqati barcha uchun teng bo`lib, 
uning mazmuni pozitiv huquq bilan belgilab qo`yilgan. Insonning sog`lig`i va 
yoshiga qarab muomala layoqatining bir qancha darajalari belgilangan. Muomala 
layoqatining hajmi pozitiv huquq bilan belgilanadi. 
Qit'a huquqida yuridik shaxslar haqida batafsil ishlab chiqilgan ta'limot 
(doktrina) mavjud. Yuridik shaxs o`ziga xos mavhumlashtirilgan toifa (kategoriya) 
bo`lib, yuridik shaxslarni ehtimol tutilgan, mumkin bo`lgan barcha turlarni qamrab 
oladi. Yuridik shaxslarning mohiyati va belgilariga (ular qonunlarda belgilab 
qo`yilgan), shuningdek ularni tasniflash – turkumlashga alohida ahamiyat beriladi. 
Ushbu turlar ro`yxati qat'iy tizimga solingan. Yuridik shaxslarni vujudga keltirish, 
qayta tashkil etish va tugatishning barchasi uchun umumiy bo`lgan qoidalari 
belgilab qo`yilgan. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi, o`zgarishi va bekor 
bo`lishi normativ-murojaat tartibida amalga oshiriladi va davlat ro`yxatidan 
o`tkaziladi. Tijorat yuridik shaxslari umumiy (universal) huquq layoqatiga ega. 
Notijorat yuridik shaxslar uchun maxsus huquq layoqati belgilangan. Barcha 
yuridik 
shaxslar 
uyushmalar 
va 
muassasalarga 
bo`linadi. 
Uyushmalar 
(korporatsiyalar) turli jamiyatlar va shirkatlarga – to`liq shirkat (ba'zi 
mamlakatlarda to`liq shirkat yuridik shaxs hisoblanmaydi), kommandit shirkati, 
mas'uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyatlariga bo`linadi. Shirkatlarni 


19 
(jamiyatlarni) turlarga bo`linishi asosida ularning ishtirokchilarini korporatsiya 
majburiyatlari uchun javobgarlik xarakteri asosiy me'zon bo`lib hisoblanadi. To`liq 
shirkatda barcha ishtirokchilar o`zlarining barcha mol-mulklari bilan solidar javob 
beradilar. Kommandit shirkatda esa bir xil ishtirokchilar (kommanditchilar) ustav 
fondiga 
qo`shgan 
ulushlari 
hajmida, 
boshqalar, 
ya'ni 
to`liq 
a'zolar 
(komplimentarlar) o`zlarining barcha mol-mulklari bilan solidar javob beradilar. 
Shirkat a'zolaridan farqli ravishda jamiyat a'zolarining javobgarligi ularning ustav 
fondlariga kiritilgan ulushlar bilan cheklanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat 
bilan aksiyadorlik jamiyatlari o`rtasidagi farq ularning ishtirokchilariga ulushlar 
(hissalar, paylar) yoki qimmatbaho qog`oz sifatidagi aksiyalar tegishli bo`lishida 
namoyon bo`ladi. Korporatsiyalar tashkil etishda qit'a qonunchiligi boshlang`ich 
ustav kapitali hajmi va shakllantirish tartibiga nisbatan juda qattiq talablar qo`yadi. 
Muassasalarda esa muassis o`z mol-mulkidan muassasa uchun alohida ajratib, 
biriktirib qo`yadi, muassasa ma'muriyati muassasa maqsadlarini amalga oshirishda 
ushbu mol-mulkni boshqaradi. Odatda, muassasa uning mol-mulkining mulkdori, 
a'zolari va boshqaruvchilari bo`lmagan shaxslarning manfaatlari uchun faoliyat 
yuritadi. Bu shaxslar destinatorlar deb ataladi. Davlat g`aznasi (fisk), davlat 
korxonalari va boshqa muassasalar, diniy tashkilotlar va xayriya jamg`armalari 
(fondlari) muassasa ko`rinishida namoyon bo`ladi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish