Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana29.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#594642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Бобоев Ж.И. Право потребителей и их защита по законодательству Республики Узбекистан. //Ўзбекистонда 
ижтимоий фанлар. 2003. № 3. 20-29 б. 


14 
1.2. Hozirgi zamonda fuqarolik huquqiy munosabatlarda
amal qiluvchi asosiy fuqarolik-huquqiy tizimlar. 
 
Hech qaysi mamlakat, davlat, xalq hozirgi zamon sharoitlarida fuqarolik 
huquqisiz ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga sola olmaydi. Hatto dunyoni 
qaysi bir ovloq chekkasida hali ham o`rmonlar, chakalakzorlarda istiqomat 
qiluvchi yovvoyi qabilalarda ham o`zaro mahsulotlar, buyumlar ayirboshlash, 
savdo-sotiq munosabatlari eng ibtidoiy ko`rinishlarda ro`y beradi va ularni tartibga 
soluvchi odat, patriarxal huquq qoidalarining anchagina qismi fuqarolik huquqiy 
xarakterga ega. 
Hozirgi vaqtda dunyoda amal qiluvchi uch asosiy huquq tizimlari – qit'a huquq 
tizimi, umumiy huquqi tizimi va musulmon huquqi tizimida fuqarolik huquqi 
o`ziga xosliklarga ega. 
Albatta, fuqarolik-huquqiy tizim shartlari tushunchasi aslida fuqarolik-huquqiy 
tizim mavjud huquq tizimidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, mavjud fuqarolik-
huquqiy tizimlar o`rtasida yaqinlik, o`zaro uzviylik ham borligini inkor etib 
bo`lmaydi. Bunday yaqinlik, uzviylik kishilar, davlatlar o`rtasidagi mustahkam 
iqtisodiy, madaniy aloqalar tufayli vujudga kelgan, huquq tizimlari esa, bir-
birlaridan andoza olishgan, o`zaro boyishgan. 
Har qanday tizim kabi fuqarolik-huquqiy tizimlar ham muayyan tarkibiy 
qismlardan iborat. Fuqarolik-huquqiy tizim tarkibiy qismlariga huquq manbalari, 
ularning tarkibi, fuqarolik huquqining ichki tuzilishi, me'yorlarning qismlar, 
bo`limlar, boblar, quyi sohalar, institutlar bo`yicha taqsimlanishi, huquqni qo`llash 
amaliyoti, huquqqa va uning amaliyotiga nisbatan doktrinalar kiradi. Yuqoridagi 
tarkibiy qismlar musulmon, qit'a (roman-german) va umumiy (anglo-amerika) 
huquq tizimlarida yaqqol namoyon bo`lsa, patriarxal huquq tizimida zaif tarzda aks 
etadi. Qit'a huquq tizimi asosan Yevropa qit'asi mamlakatlarini (Buyuk 
Britaniyadan tashqari) qamrab olgan, shuning uchun ham u qit'a huquq tizimi 
nomini olgan. Bundan tashqari bu tizimga Lotin Amerikasining ko`p mamlakatlari, 
Koreya, Xitoy va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar kiradi. Umumiy huquq 


15 
tizimi AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zelandiyada 
qo`llanadi. Musulmon huquq tizimi Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari – Eron, 
Saudiya Arabistoni, Afg`oniston, Liviya, Malayziya, Iordaniya va shu kabi 
davlatlarda qo`llaniladi. Tropik Afrika mamlakatlarida, Arabiston yarim orolining 
sharqiy qismidagi ko`chmanchi qabilalarida, Janubiy Sharqiy Osiyoning milliy 
ozchiligini tashkil etuvchi xalqlarida patriarxal hayot tarzi sababli patriarxal huquq 
tizimi qo`llaniladi. 
MDH mamlakatlari, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi 
tizimi qit'a huquq tizimiga mansub, deb hisoblash joiz. 
Hozirgi zamonda barcha fuqarolik huquqi tizimlari o`rtasida o`zaro 
yaqinlashuv, bir-biridan andoza olish, implantatsiya jarayoni kechmoqda. Bu 
jarayon asosan, iqtisodiy, ilmiy-ijodiy, madaniy sohalardagi fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ayrim sohalari bo`yicha xalqaro Konvensiya, 
davlatlararo 
bitimlar, 
Butunjahon 
Savdo 
Tashkiloti, 
Yevropa 
iqtisodiy 
hamjamiyati, Butunjahon Intellektual mulk Tashkiloti, Xalqaro tadbirkorlik 
Palatasi va boshqa qator umumjahon, mintaqaviy va davlatlararo tuzilmalarning 
faoliyati bu sohada o`ziga xos turtki bermoqda, uni maqsadga muvofiq tarzda 
yo`naltirmoqda. Ayni vaqtda ayrim sohalarda (masalan, meros, ayrim turdagi 
bitimlar va shu kabi) bunday yaqinlashuv jarayoni kuzatilmayapti. Shu sababli ham 
turli fuqarolik huquq tizimlari o`rtasida tafovutlar yaqin kelajakda bartaraf 
etilishiga umid qilish qiyin. 
Biz quyida qit'a, umumiy va musulmon fuqarolik huquq tizimlarini ko`rib 
chiqamiz. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish