Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana29.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#594642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

Ashyoviy huquqlar.
Qit'a huquq tizimida ashyoviy huquqlar turkumi mavjud. 
Bu huquqning mohiyati ashyoning shaxs bilan bog`liqligida yotadi, shaxsning 
shaxslar bilan bog`liqligida emas. Ashyoviy huquqlarning alohida turlari mavjud 
bo`lishi bilan birga, barcha ashyoviy huquqlar uchun umumiy qoidalar ham 
mavjud. 
Ashyoviy huquqlar shaxsning o`z ashyolariga bo`lgan huquqlariga (bular 
jumlasiga mulk huquqi ham kiradi) va shaxsning o`zgalar ashyolariga bo`lgan 
huquqlariga (bular jumlasiga servitutlar, emfitevzis, garov, qurilish qilish huquqi 
va shu kabilar kiradi) bo`linadi. O`zgalar ashyolariga bo`lgan huquqlar begonaning 
mol-mulkiga bo`lgan ta'sirning usullari, hajmlari, quvvati va boshqa jihatlari 
bo`yicha farqlanadi. O`zgalar ashyolariga bo`lgan huquqlar mulkdorga burchlar 


20 
yuklagani sababli ashyoviy huquqlar doirasi qat'iy belgilab qo`yilgan (numenis 
clausus). Bu esa, ushbu doira, ro`yxatdan tashqari o`zboshimchalik bilan ashyoviy 
huquqlar vujudga kelmasligini bildiradi. Har qanday holda ham ashyoviy huquq 
mazmuni pozitiv huquq bilan belgilanadi. 
Ashyoviy huquqlarni alohida turlari bilan birga egallash shaxsni ashyo bilan 
bog`langanligi faktik holati (shaxsni ashyo ustidan hukmronligi) ekanligiga katta 
e'tibor qaratiladi. Qit'a huquqi doirasida egallash maxsus egalik qilishni ta'minlash 
da'volari bilan himoya qilinadi, muayyan mezonlarga javob beradigan egalik qilish 
buzilganda, huquqbuzarni aybidan qat'i nazar, bunday da'volarni qo`llash mumkin. 
Tabiiyki, asosiy ashyoviy huquq bo`lib mulk huquqi hisoblanadi. Ashyoviy 
huquq normalarining asosiy qismi unga bag`ishlangan. Har bir mamlakatda mulk 
huquqining mazmuni o`ziga xos bo`lishiga qaramasdan, ularning barchasi uchun 
umumiy bo`lgan jihatlar ham mavjud. 
Qit'a huquq tizimida mulk huquqini talqin etishda Rim an'analariga va eng 
avvalo, «bir ashyoga nisbatan ikkita to`liq mulk huquqi bo`lishi mumkin emas» 
degan asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Mulk huquqi yagona va bo`linmasdir. 
Bo`lingan yoki ikkilangan mulk bo`lishi mumkin emas. Mulk huquqini ushbu 
doirasiga sig`maydigan hayotiy vaziyatlarning xususiyatlari yo o`zgalar mulkiga 
bo`lgan huquqlarda yoki u yoki bu obyektga nisbatan u yoki bu subyektning mulk 
huquqini o`ziga xosliklarini belgilab ko`yishda ifodalanishi mumkin. Garchi 
keyingi vaqtlarda qit'a huquqi tomonidan anglo-amerika huquqining mutlaqo 
qarama-qarshi tamoyillaridan (masalan, trastt, yoki ishonib topshirilgan mulk) 
kelib chiquvchi konstruksiyalar o`zlashtirilayotgan bo`lsa ham, biroq ular 
o`rnashib qolgan an'analarni buzmagan holda moslashtirilmoqda (masalan, ishonib 
topshirilgan mulk o`rniga o`zganing mol-mulkini ishonchli boshqarish 
belgilangan).
Qit'a huquq tizimi amal qilayotgan tamoyillardan yana biri – bu mulk 
huquqining eng to`laqonligi tamoyilidir (plena in re potestas). Yevropa 
mamlakatlarining qonunchiligida mulk huquqining tarkibiy qismlari (mulkdor 
vakolatlari – egallash, tasarruf etish, daromad olish huquqi va shu kabilar) turlicha 


21 
ifodalaniladi, ba'zan esa hatto g`aroyib vakolat ham (masalan, mol-mulkni yo`q 
qilib tashlash huquqi) belgilab qo`yilgan. Biroq ayni vaqtda ushbu vakolatlar bilan 
mulk huquqi mazmuni chegaralanmasligi, bu vakolatlar «eng mutlaq tarzda», 
«mulkdorning xohishiga ko`ra», «mustaqil tarzda» amalga oshirilishi belgilab 
qo`yilgan. Xuddi shu bilan mulk huquqining maxsus xarakteri, uning boshqa 
huquqlardan farqi, uni boshqa ashyoviy yoxud majburiyat huquqi bilan 
taqqoslaganda mazmunan har doim keng va mustaqil ekanligi ta'kidlanadi.
O`zgalar mulkiga bo`lgan huquqlar (iura in re aliena) ham nihoyatda turlicha va 
xilma-xil, biroq bu huquqlar ta'siridagi ashyoning mulkdori mavjudligi ularni 
yagona guruhga birlashtirib turadi. Umumiy qoidaga ko`ra, mulkdor uning 
ashyosiga nisbatan ta'sirlarga toqat qilishi lozim, biroq so`nggi vaqtlarda shunday 
ashyoviy huquqlar ham vujudga kelmoqdaki, uning asosida mulkdor u yoki bu faol 
harakatlarni sodir etishi lozim. Mulkdorning qaysi vakolatlari cheklanganligiga 
qarab ashyoviy huquq egalariga o`zgalar ashyosiga nisbatan berilgan imkoniyatlar 
bo`yicha ashyoviy huquqlar quyidagi turlarga bo`linadi: 1) faqat foydalanish 
huquqi (servitut); 2) faqat tasarruf etish (garov huquqi); 3) egallash va foydalanish 
(masalan, uy-joylarni va yer uchastkalarning ba'zi ijarachilari); 4) egallash, 
foydalanish va cheklangan doiralarda tasarruf etish (emfitevzis – ishonchli 
boshqarish) o`rtasidagi har qanday xususiy huquqiy munosabatlarga mo`ljallangan 
universal konstruksiya bo`lgan majburiyat (obligatio) markaziy o`rinni egallaydi. 
Majburiyat huquqi shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga 
mo`ljallangan huquq normalari tizimidan iborat. Majburiyat doirasida bir shaxsga 
boshqa shaxsdan (iug in personal) qandaydir harakatlarni sodir etish (taqdim etish) 
yoki muayyan harakatlarni sodir etishdan saqlanishni talab qilish huquqi tegishli 
bo`ladi. Majburiyat taraflari bo`lib kreditor (talab qilish huquqiga ega bo`lgan 
shaxs) va qarzdor (zimmasiga burch, majburiyat yuklatilgan shaxs) hisoblanadi, 
majburiyat predmeti fuqarolik huquqining har qanday obyekti bo`la oladi, 
majburiyatning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. 
Bunda majburiyat mazmuni nafaqat pozitiv huquqqa, balki taraflarning erki, 
irodasiga ham bog`liq bo`ladi. 


22 
Majburiyat huquqining g`oyat keng rivojlangan umumiy qismi mavjud bo`lib, 
unda barcha turdagi majburiyatlarga qo`llanadigan normalar mujassamlangan. 
Majburiyat huquqining maxsus qismi majburiyatlarning alohida turlariga 
bag`ishlanadi. 
Majburiyatlar, eng avvalo, ularning kelib chiqish asoslari bo`yicha 
turkumlanadi. Majburiyatlar vujudga kelishining bir qancha bosh asoslari 
farqlanadi – shartnoma, bir tomonlama bitim, zarar yetkazish (delikt), topshiriqsiz 
boshqalarning ishlarini yuritish, asossiz boyish va qonun.
Shartnoma ikki va undan ortiq shaxslarning o`zaro huquq hamda 
majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi sifatida tan olinadi. Shartnoma tuzilgandan 
keyin qat'iy bajarilishi lozim (pacta sunt sertsonda), uning ijrosi majburiyligi 
ta'minlanadi. 
Jabrlanuvchining shaxsiga yoxud mol-mulkiga qandaydir muayyan shartnoma 
bilan bog`liq bo`lmagan holda ziyon yetkazish delikt hisoblanadi.
Shartnomani buzgani uchun va delikt uchun javobgarlik ayblilik tamoyili 
asosida belgilanadi, ayni vaqtda zarar yetkazuvchining aybdorligi prezumpsiyasi 
belgilab qo`yilgan. Biroq bu umumiy tamoyildan istisnolar ham mavjud.
Shartnomalar, eng avvalo, o`zlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni bo`yicha 
turlarga bo`linadi – mol-mulkni mulk sifatida topshirish, foydalanishga 
topshirilgan shartnomalar, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi 
shartnomalar va h.k. Shartnoma huquqida shartnomalarning barcha turlari uchun 
qo`llaniladigan umumiy qoidalar ham mavjud. 
Deliktlar bosh va maxsus deliktlarga bo`linadi. Bosh delikt standart qoidalarga 
kiritilgan har qanday ziyonni qoplash uchun asos bo`ladigan umumiy qoidalardan 
iborat. Maxsus deliktlar ziyonning alohida xarakteri (mulkiy ziyon, ma'naviy 
ziyon, shaxsga yetkazilgan ziyon, sog`liqqa yetkazilgan ziyon), zarar yetkazish 
manbai (oshirilgan xavf manbai), aybi (aybli yoxud aybsiz javobgarlik), zarar 
yetkazuvchining shaxsi (masalan, yollanma xodim, davlat xizmatchisi) va boshqa 
holatlar bo`yicha o`z xususiyatiga ega.


23 
Mutlaq huquqlar (intellektual mulk) inson tafakkuri, ijodiy faoliyat natijalari 
qator xalqaro konvensiyalar – mualliflik huquqiga bag`ishlangan Bern va Jeneva, 
patent tartibga soluvchi Parij va boshqa xalqaro konvensiyalar asosida yaratilgan 
rivojlangan qonunchilikda mustahkamlab qo`yilgan. Shu sababli ham, bu masalada 
qit'a yoki anglo-amerika huquq tizimi bilan bog`liq o`ziga xos xoslik mavjud emas. 
Har ikkala tizimga kiruvchi mamlakatlar qonunchiligi bir asr mobaynida yuqorida 
ko`rsatilgan konvensiyalar asosida bir xildagi modellar (qoliplar, andozalar) 
asosida tarkib topdi.
Ushbu institutlar doirasida mavjud bo`lgan tushunchalar o`rtasidagina ayrim 
juz'iy farqlar mavjud. Qit'a huquq tizimida odatda mualliflik yoki patent huquqlari 
tushunchalaridan foydalaniladi, ba'zan ular «mutlaq huquqlar» nomi bilan 
umumlashtiriladi. Anglo-amerika huquqida esa adabiy (badiiy) va sanoat mulki 
degan iboralar qo`llanadi, intellektual mulk tushunchasi ularni birlashtiruvchi ibora 
hisoblanadi. Bunday talqin mulk tushunchasi doirasini kengaytirishga moyil 
bo`lgan mavjud doktrinaga mos keladi. Shuni ham e'tirof etish o`rinliki, bunday 
iboralarni qo`llash xalqaro konvensiyalarda ham, qit'a huquq tizimining ba'zi 
mamlakatlarida (masalan, Fransiyada) ham rusm bo`lgan. Biroq bunday holda ham 
«mulk» iborasidan shartli ravishda foydalaniladi (bunday huquqlarning himoyasi 
mutlaq ekanligini ta'kidlash ma'nosida). 
Qit'a huquqi va anglo-amerika huquq tizimlarining oila huquqi bir-birlaridan 
kam farq qiladi, shu sababli bu haqda alohida to`xtalish maqsadga muvofiq emas. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish