O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi
IV kurs bitiruvchisi Nurnazarov Sardorning
“O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqiy
munosabatlarining huquqiy asoslari”
mavzusidagi
BITIRUV
MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: Djanobilova M.Q.
BUXORO-2017
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQIY
MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
KIRISH.
I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQIY
MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
1.1. Fuqarolik huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari.
1.2. Hozirgi zamonda fuqarolik huquqiy munosabatlarda amal qiluvchi asosiy
fuqarolik-huquqiy tizimlar.
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQIY
MUNOSABATLAR
SUB’EKTLARINING TA’SNIFI.
2.1. Fuqarolar – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ektlari sifatida.
2.2. O’zbekiston Respublikasi – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ekti
sifatida.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti
I.A.Karimov uqtirganidek, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va burchlarni
bajarish vaqtida fuqarolar va tashkilotlar davlatimiz bozor iqtisodiyotini
shakllantirish sharoitida qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan
chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir
1
.
Fuqarolik huquqiy munosabat deb, shaxslar o'rtasida bo'ladigan va
fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga
aytiladi. Shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) o'rtasida tuziladigan oldi-sotdi,
mahsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to'g'risidagi
shartnomalar fuqarolik-huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi. Fuqarolik huquqiy
munosabatlar – amaldagi huquqiy madaniyatning muhim elementi bo'lib
hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda fuqarolik huquqiy munosabatlar huquq
normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir, degan fikr keng
tarqalgan va qo'llaniladi. Binobarin, fuqarolik huquqiy munosabat, birinchi
navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning huquqqa amal qilishning
natijasidir. Aynan fuqarolik huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal
qiladi. Huquq sub'yektlarining huquqiy imkoniyatlari va yuridik majburiyatlarini
amalga
oshirishning
haqiqiy
manzarasini
aynan
fuqarolik
huquqiy
munosabatlarning yuzaga kelishi ko'rsatadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar
sub'yektlarining huquqiy pozisiyasi va mo'ljallari, yuridik sohadagi tashabbuslari
va faolliklari, hatti-harakatlari yuridik shakllarini bilish darajasi jamlanib, bu
sub'yektlarning huquqiy madaniyatini belgilaydi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar qonun munosabatlaridir. Zotan avvalo
fuqarolik huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi bo'lib
hisoblanadi. Chunki huquq davlat darajasida umumlashtirilgan irodaning normativ
ifodasi bo'lib, u hayotning o'zida shakllanadi, vujudga keladi, aytaylik, sudyaning
faoliyati huquq yaratadi. Bu hol davlat hukmronligini susaytiradi. Iqtisodiyotga
1
Каримов И.А. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. -Т.: Ўзбекистон. 1993. -72 б.
4
davlat aralashuvini cheklaydi. Hokimiyat bo'linishi prinsipiga keng yo'l olib,
sudyaning yuksak rolini ta'minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, sud-huquq tizimini
isloh qilish va yanada liberallashtirish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, mustaqillik yillari O'zbekiston
Respublikasida
demokratik
davlatni
faol
qurish.
Uning
siyosiy-huquq
konsepsiyasini ishlab chiqish davri sifatida o'z ahamiyatiga ega.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar, ijtimoiy-foydali yoki salbiy yuridik fakt
natijasida yuzga kelganligiga qarab, jamiyat huquqiy madaniyatining ko'rsatkichi
bo'ladi. Aytaylik, oila qonunlarida mustahqamlanga nikohdan o'tish imkoniyati
kamdan-kam hollarda aniq huquqiy munosabatlarda amalga oshadi va amaliy
ifodasini topadi. Bu jamiyat huquqiy madaniyatining nafaqat yuridik, balki
ijtimoiy qadriyat bo'lgan mazkur normani ham qabul qilmaganligidan dalolat
beradi. Anir ushbu normani keng qo'llash er-xotini o'rtasida janjalning oldini
olishga, ular bo'yicha uzoq davom etuvchi tortishuvlarga yo'l qo'ymaslikka, ayrim
hollarda esa ajralishlar negizida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga
imkon bergan bo'lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |