1
+ Q
2
Gess qonuni fiziologiyada katta ahamiyatga ega organizmda ovqat maxsulotlar
oksidlanganda qancha energiya chiqishi shu qonun asosida xisoblab topiladi va ovqatlarning
kaloriyaliligi hamda to’yimligi aniqlanadi.
Masalan, glyukozaning bevosita oksidlanishida 2817,7 KJ issiqlik chiqadi.
C
6
N
12
O
6
Q 6O
2
6SO
2
Q 6N
2
O Q 2817,7 KJ
1.Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi. Fizik kimyoning kimyoviy energiyani elektr
energiyaga, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy
ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yurituvchi kuchlar haqidagi
ta’limotlarni o‘rganadi.
Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jixatidan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich va
izolyatorlarga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 1 tur va 2 tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. 1 tur
o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari kiradi. 2 tur o‘tkazgichlarga
elektrolitlarning –( tuzlar, kislotalar va asoslarning) eritmalari kiradi. Bularda elektr toki elektrolit
ionlari orqali uzatiladi, natijada modda kimyoviy jixatdan o‘zgaradi.
Moddalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish xususiyati elektr
o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsialanish
natijasida eritmada paydo bo‘lgan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar
bo‘lgani sababli, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri
proportsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr
miqdori bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik. Shuning uchun
qarshilik (R) o‘tkazgichning uzunligi (l) ga to‘g‘ri va ko‘ndalang kesimiga (S) ga teskari
proportsional bo‘ladi. - solishtirma qarshilik.
R =
\S
Solishtirma qarshilikka teskari qiymat (1/ S) solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Solishtirma elektr o'tkazuvchanlikning ionlar kontsentratsiyasiga bog‛liqligi.
Ionlarning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori va ularning absolyut tezligi qancha atta bo‘lsa,
solishtirma o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi.
Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik kontsentratsiya ortishi bilan ma’lum maksimum
qiymatga qadar ko‘payib boradi, shundan keyin ionlar orasidagi o‘rtacha masofa kamayishi bilan
ionlararo ta’sir kuchlari ortganligidan ionlarning harakatchanligi kamayishi sababli, solishtirma
elektr o‘tkazuvchanlik ham kamaya boshlaydi. Shu sababli, elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganish
uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik (
) tushunchasidan foydalaniladi. U berilgan eritmada 1
gr ekv. elektrolitdan hosil bo‘lgan ionlarning o‘tkazuvchanligini ko‘rsatadi va quyidagicha
ifodalanadi.
= 1000 x/s
bunda,
x - solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik,
s - eritmaning gr ekv./l da ifodalangan kontsentratsiyasi.
Demak, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo‘lganda
tarkibida 1 gr ekv. erigan modda bor eritmaning elektr o‘tkazuvchanligidir.
Eritmalarda elektr zaryadni tashuvchilar ionlar bo‘lganligi sababli eritmaning elektr
o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi.
Kolraush qonuniga asosan, eritma cheksiz suyultirilganda ekvivalent elektr
o‘tkazuvchanligi kation va anionlar harakatchanligining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |