14- MAVZU. FIZIK KIMYO. TERMODINAMIKA VA TERMOKIMYO.
ELEKTROKIMYO.
Reja.
14.1.Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi.
14.2.Moddalarning agregat holati.
14.3.Termodinamika asoslari va qonunlari va qishloq xo’jaligida qo’llanilishi.
14.4.Termokimyo.
14.5.Eritmalarni elektr o‘tkazuvchanligi. Kalraush qonuni
14.6.Elektrokimyo. Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi.
Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi.Fizik kimyo fani - atom, molekula,
moddalardagi ximiyaviy xodisalar, ximiyaviy o’zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida
o’rganib, fizika qonun - qoidalari asosida echib beradigan fan sifatida 1750 yilda vujudga keldi.
Rus olimi M.V.Lomonosov fizik kimyo fanining asoschisi. U, 1751 yil Peterburgda fanlar
akademiyasining talabalariga fizik kimyodan maruza o’qiydi. U birinchi bo’lib haqiqiy fizik
kimyoga kirish o’quv qo’llanmasini yozadi. M.V.Lomonosov shunday deydi: Fizik - kimyo -
ximiyaviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni fizik
qonun - qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fandir.
[Anatol malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005 4 bet]
M.V.Lomonosov kimyoda fizik tekshirish usullarini qo’llab, o’zining modda massasi va
energiyasini saqlanish qonunini yaratadi.
U eritma - erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o’zaro tasiri
deydi. Eritmaning temperaturasi, uning kontsentratsiyasiga bog’liqligini ko’rsatadi.
1836 yili rus olimi G.I.Gess ximiyaviy reaktsiyalar vaqtida umumiy issiqlik effekti doimiy
qiymatga ega bo’lib, u oraliq reaktsiyalar issiqlik effektlarining yig’indisiga teng bo’lishi qonunini
kashf etadi.
1869 yili D.I.Mendeleev tomonidan ximiyaviy elementlar davriy qonunining kashf etilishi
fizik kimyoning taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi.
N.S.Kurnakov fizik - kimyo analiz usullarini, N.N.Semyonov zanjirsimon reaktsiyalarni
kashf etdilar.
Vant - Goff, V.Ostvald eritmalarga oid qonunlarni, S.Arrenius elektrolitik dissotsilanish
nazariyasini, P.Kyuri, M.Skladovskaya - Kyuri radioaktivlik xodisalarni kashf etdilar.
O’zbek olimlaridan akademik X.U.Usmonov yuqori - molekulyar moddalarning
modifikatsiyasi va fizik xususiyatlarini, akademik M.N.Nabiev mineral o’g’itlarning fizik
ximiyasini, muxbir azolardan M.A.Asqarov, S.SH.Rashidovalar polimer - modda-larning fizik
ximiyasini rivojlantirishga va A.M.Murtazaev elektroximiyaga o’zlarining xissalarini qo’shdilar.
Qishloq xo’jaligining ko’p soxalarida - agronomiyada, agroximiyada, tuproqshunoslikda,
zooinjeneriyada fizik - kimyoning zamonaviy analiz usullaridan keng foydalanilmoqda.