• yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan
xizmatlariga narx belgilash;
• elektr energiyasi, yonilg‘i–moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar,
o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yetkazib berilishi, xizmatlar
ko‘rsatilishi yuzasidan shartnomalar tuzish;
• tadbirkorlik faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq
solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad olish;
• olgan daromadlarni, bank muassasasidagi o‘zining hisob varaqlarida
bo‘lgan pul mablag‘larini tasarruf etish;
• aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni olish;
• kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari
hamda mol-mulklarini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab
chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilish;
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek, yer uchastkasini ija- raga
olish huquqini garovga qo‘yish;
• kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va
preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
• zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-
mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash;
• o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat
etish.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning III bosqichi
davom ettirilmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarining qayta tuzilishi jarayoni
intensiv ravishda amalga oshirilmoqda. Istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari asosida
fermer xo‘jaliklari tashkil etilmoqda. 2005-yilda fermer xo‘jaliklari soni 140
mingga yetdi. Ushbu fermer xo‘jaliklarini suv bilan muntazam ta’minlashda 268
ta SFUlar tashkil etildi. Ikkinchidan, suv resurslarini boshqarish
gidrografik asosda o‘tkazildi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik obyektlarini,
inshootlarini modernizatsiya qilishni amalga oshirishga kirishildi.
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda sug‘orishning quyidagi usullari,
turlari mavjud:
1. Yer ustidan, yuzasidan sug‘orish.
2. Yomg‘irlatib sug‘orish.
3. Tuproq ostidan, ichidan sug‘orish.
4. Tomchilatib sug‘orish.
5. Purkab, mayda dispersli, aerozol, tumanlatib sug‘orish.
Sug‘orish usuli sug‘orish tartibiga, mehnat unumdorligiga, yerning meliorativ
holatiga, tekislash ishlariga, suv tarmoqlari joylashishiga, konstruk- siyasiga,
qurilish va ekspluatatsiya xarajatlariga, mahsulot unumdorligiga ta’sir qiladi.
Uning turini to‘g‘ri tanlash qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini va mahsuldorligini
belgilaydi.
Sug‘orish usuli va turini belgilashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: