• texnologik jihatdan fermer xo‘jaliklari uchun (10-100ga) tomchilatib
sug‘orishning oddiy tizimlarini yaratish va ishlab chiqish;
• iqtisodiy jihatdan suvni tejash hisobiga suvchilarning mehnat haqini oshi-
rish;
• tashkiliy jihatdan servis xizmatini, ehtiyot qismlarni yaxshilash, kadrlar
malakasini oshirish zarur.
Katta nishablikli yerlarda egatda (O‘zPITI) polietilen plyonka (1-10 sm
oraliqda, 6-8 mm teshilgan) ekranli sug‘orishni qo‘llash natijasida sug‘orish
normasi 4510 m
3
/ga teng bo‘lgan, bug‘lanish kamaygan va mikrobiologik
jarayon yaxshilangan, egatlab sug‘orishda 5840 m
3
/gani tashkil etgan. G‘o‘za
hosildorligi 57,8 s/ga, egatlab sug‘orishda 38,6 s/ga bo‘lgan. Magnitlangan suv
bilan tomchilatib sug‘orish esa, g‘o‘za hosilining 3-4 s/ga, makkajo‘xori
donining 2-4 s/ga oshishiga olib kelgan.
Qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, kishilarning yerga
ishlov berishi bilan ishlab chiqarish shakllanadi. Yer bir paytda mehnat predmeti
(mehnatga yo‘naltiradigan obyekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik
sharoitlarni tug‘dirish natijasida o‘simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo‘jaligida
yuzaga keladi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir. O‘zbekiston Respublikasi 447,4
mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer
maydonlarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektari yaylov va pichanzorlarni tashkil
etadi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi haydaladigan
yerlarni tashkil etadi. Shundan 3,0- 3,2 mln. gektari haydaladi va lalmi dehqonchilik
bilan shug‘ullaniladi. Qolgan qismidan namlik juda kam bo‘lganligi sababli
foydalanilmaydi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va
kommunikatsiyalari, daryo va suv havzalari bilan band yerlar, o‘rmon xo‘jaligi
yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zaxira fondidan iborat.
Biz uchun eng muhimi, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi.
Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
foydalaniladigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi
xususiyatlarga ega:
1. Yer tabiatda chegaralangan. Uni inson xohlagancha ko‘paytirish
imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun, mavjud yer resurslaridan samarali
foydalanish darkor. Bundan tashqari, sanoatning, kommunikatsiyaning o‘sishi,
aholining ko‘payishi tabiiy holda bir kishiga to‘g‘ri keladigan yer maydonining
qisqarishiga olib keladi. Qolaversa, insoniyatning yerdan to‘g‘ri foydalan-
masligi sababli, ularning qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketish hollari
ham yuz bermoqda. Tuproq eroziyasi, sho‘r bosish, kasalliklarga chalinish kabi
taraqqiyotning salbiy oqibatlarini kamaytirish har bir davlatning, yerdan
foydalanuvchilarning asosiy vazifasidir.
2. Yer – tabiat mahsuli.
3. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega.
Yerning tabiiy va sun’iy unumdorligi bir-biridan farqlanadi. Tabiiy unumdorlik bu
inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan yerning hosil bera olish
qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun’iy
unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta.
4. Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin emas. Mavjud yerlarda
ekin turlarini joylashtirish, texnikadan foydalanish, ishlab chiqarish hajmiga bo‘lgan
talablarni keltirib chiqaradi.
5. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanib, iqtisodiy
unumdorlikni oshirishga e’tibor berilsa, almashlab ekish, ekinlarni to‘g‘ri
joylashtirish, tarmoqlarni bir-biri bilan ixtisoslashtirilganda, uning fizik strukturasi
buzilmay, tuproq unumdorligi oshadi.
Yerdan foydalanish unumdorligi uch xil bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |