- yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi yerlaridan;
- qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi koopera-
tivlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari va
tashkilotlari yerlaridan;
- qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq
xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan beriladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, Oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylari- ga,
kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga, o‘quv-tajriba, nav sinash
maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga
berilmaydi.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi
xo‘jalikning biznes-rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini
boqish shartlari bilan tashkil etiladi. Bunda shartli ravishda har bir bosh mol hisobiga
quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi: korxonalar (si- girlar, nasl olinadigan
novvoslar, bo‘rdoqiga boqiladigan novvoslar) va otlar uchun 1 ga, yosh qoramollar
uchun – 0,6, qo‘y va echkilar uchun – 0,1, cho‘chqalar uchun 0,3 hamda
parrandalar uchun – 0,025.
Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami har bir
shartli bosh chorva moliga hisoblanadi;
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyat- laridagi
sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,30 gektarni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy,
Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlardagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45
gektarni:
• sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik
mahsulotlari
yetishtirishga
ixtisoslashayotgan
fermer
xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami:
• paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 10 gektarni;
• bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish
uchun – kamida 1 gektarni tashkil qiladi.
Yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo‘yicha,
konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug‘orish
tarmoqlari, kollektorlar, yo‘llar va boshqa topografik elementlar bo‘yicha
belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan
foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vu- judga
keltirmasligi kerak.
Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy, maqsadga
muvofiq holda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya,
ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari ekinlari- dan
qishloq xo‘jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan, belgilan- gan
maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, amaldagi qonun huj- jatlarida va
mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqi- batlari bilan
birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hi- soblanadi.
Agar bo‘lish vaqtida yangi tashkil etilgan yer uchastkalari «Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va ushbu Nizom- da nazarda
tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa, fermer xo‘jaligiga berilgan yer
uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda bo‘linishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha material- lar yer
tuzish xizmati organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hiso- biga
tayyorlanadi.
Yer uchastkalari berish qoidaga ko‘ra, fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer
uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi barcha hujjatlar qishloq xo‘jaligi ekinlari
yig‘ishtirib bo‘lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi
yerlarda va zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari berish tartibi – bunda tu- man
hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi
maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajrat- ish
to‘g‘risida, shuningdek, ushbu yerlarni fermer xo‘jaliklariga berish bo‘yicha
tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hokimning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mahalliy ommaviy ax- borot
vositalarida e’lon qilinishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ- lari,
qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (ma’muriyati)
binolarida osib qo‘yilishi kerak. E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: yer
uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil
etilayotgan fermer xo‘jaligining mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning
o‘tkazilish vaqti va joyi. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qilingan
vaqtdan boshlab, bir oy mobaynida o‘tkazilishi kerak.
Yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan xo‘jalikning
biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tanlov e’lon qilingan- dan
boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga beriladi. Ariza beruvchining
familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turarjoyi, so‘ralayotgan yer uchast- kasi
joylashgan joy, uning maydoni, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat
xo‘jaligi)ning nomi, mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik
yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi tashkil etishda–boqilishi mo‘ljallanayotgan
mollarning turlari bo‘yicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati
ko‘rsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tuman hokimi arizani yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib
chiqish bo‘yicha komissiyaga beradi, komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchast-
kalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tuman hokimiga
beriladi. Tuman hokimi komissiya qarori asosida, uch kun mobaynida fermer
xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ushbu
qarorni hamda tanlov komissiyasi ishi natijalarini viloyat hokimi boshchilik
qiladigan yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat
komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboradi. Viloyat hokimi boshchilik qiladigan
komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer
xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash
(yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foy-
dalanishdagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Fermer
xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydala-
niladi. Ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyek- ti
bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi
tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin.
Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi
boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartiriladi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot et- gan
taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga mu- vofiq
ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati
tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi mud- datga
uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda,
ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning
merosxo‘ri ega bo‘ladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflar o‘rtasida nizolar
chiqqanda, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shart-
nomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq
mahalliy budjetga to‘lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasi- ning
sifatiga, joylashgan yeri va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning
kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yagona yer solig‘i stavkasi
miqdorida undiriladi.
Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida, fermer
xo‘jaligi yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqi to‘lashdan ozod
etiladi.
Fermer xo‘jaligi loyiha asosida yerni o‘zlashtirsa, besh yil davomida
o‘zlashtirilgan yer uchun yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi qurg‘oqchilik zonasida joylashgan bo‘lib, yoz oylari
havosi haddan tashqari issiq bo‘ladi. Tuproqdagi suv namlari parlanib tuproq
tarkibidan chiqib ketadi. Ekilgan ekinlar suvsizlikdan qurib, nobud bo‘ladi. Bu
esa sug‘orib dehqonchilik qilish usulidan foydalanishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan ikki daryo – Amudaryo va Sir- daryo oqib
o‘tadi. Bu daryolarning yillik suv o‘tkazish quvvati 121690 mln.
m
3
ni tashkil
etib, ularning suvlaridan O‘zbekiston (63020 mln. m
3
), Qirg‘iziston (5140
mln. m
3
), Tojikiston (13230 mln. m
3
), Qozog‘iston (25010 mln. m
3
) iste’mol
qiladilar. Bu suv zaxiralari qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishga (85,6 %)
sanoat va maishiy xizmatlarga (14,4 %) foydalaniladi. O‘zbekiston
Respublikasida yiliga 72,4 km
3
suv foydalanilib, 61 km
3
oqova suvlar, 11,3 km
3
yer osti suvlarini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida yillik ob-havo
haroratiga qarab, suv zaxiralari ham o‘zgaradi. Suv eng kam yillari suv zaxirasi
suvga bo‘lgan talabning 67 %ni qoplay oladi, xolos. Nati- jada qishloq xo‘jaligi
ekinlarining suv bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibati- da hosildorligi pasayadi,
har xil kasalliklar bilan kasallanish darajasi ortadi, mahsulot sifati yomonlashadi.
Kelajakda O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab orta borib, talabni qondirish
muammolari ko‘payadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi
Qonuniga asosan, suvga doir munosabatlarni tartibga solish, qishloq xo‘jalik
ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘lanish, ifloslanib ketish
va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirining oldini olish va bar-
taraf qilish, suv obyektlarining holatini yaxshilash, shuningdek, suv ta’minoti
korxonalari bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabat-
larini yaxshilashdan iboratdir.
Sug‘orish magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyekt-
laridan ichki va umumiy tizim rejalari asosida amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama ishlovchi zax qochirish tarmoqlarida suvdan foydalanish
melioratsiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish, ichki xo‘jalik va
umumiy tizimi rejalari asosida amalga oshiriladi.
Fermerlar suvdan limit bo‘yicha foydalanishadi. Foydalanish tartibi ma’muriy,
hududiy suv taqsimlash qoidasiga binoan amalga oshiriladi.
Suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan
belgilanadi.
Suvdan foydalanishda haq to‘lashni joriy etish, suvdan limit bo‘yicha foy-
dalanish, nazorat qilish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi
belgilaydi. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga beriladi.
Muddati belgilanmagan suvdan foydalanish – doimiy foydalanish deyiladi. Suvdan
vaqtincha foydalanish muddati: qisqa – uch yilgacha va yigirma yilgacha bo‘lishi
mumkin. Suv olish va uning hisob-kitobini qilish suv xo‘jaligi oragani bilan tuzilgan
shartnomaga asosan, amalga oshiriladi. Suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yer
solig‘idan ozod qilingan.
Xo‘jalikda sug‘orish ichki suv yo‘llari orqali yoki drenaj, suv chiqarish quduqlari
yordamida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy oqi- batlar
o‘rganilib, suvlarning samaradorligi oshiriladi.
Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiya-melio- ratsiya
ishlarini amalga oshiradi.
Fermer xo‘jaliklari suv olishni ko‘paytirishi yoki kamaytirishi, kanallardagi va suv
omborlaridagi gidrotexnika inshootlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalan- ishi yoki
nasos stansiyalari va boshqa inshootlar qurishlari taqiqlanadi.
Suv resurslaridan samarali foydalanishda suvni aniq hisob-kitob qilib,
iste’molchiga keladigan suv o‘lchash qurilmasi va gidropostlarni qurish tashkil
etiladi.
Xo‘jalik ichki ariqlarini tozalashda xo‘jalik bilan fermerlar o‘rtasida kelish-
movchiliklar bo‘lib turishi sababli, ichki ariqlari tozalanmasdan, suv sarfi va isrof-
garchiligi ortib boradi. Natijada xo‘jalik rahbarlari va fermer xo‘jaliklari boshliqlari
irrigatsiya ishlarini o‘zlari bilganicha bajarmoqda. Oqibatda suv ta’minotining buz-
ilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Suv taqsimoti eski usulda taxminiy ko‘z bilan chamalab
bo‘linmoqda. Natijada bosh mirob xo‘jalik ichida suvni to‘g‘ri taqsimot qilolmay,
tuman suv xo‘jaligi bo‘limlaridan qo‘shimcha suv so‘rab, suv sarfini
ko‘paytirmoqda.
Suv ta’minoti korxonalarining asosiy vazifasi suv iste’molchilariga suvni o‘z
vaqtida shartnoma asosida yetkazib berishdir. Iste’molchilar esa suv uchun sarf –
xarajatlarni o‘z vaqtida to‘lab borishlari kerak. Suv resurslaridan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida res- publika fermer xo‘jaliklariga o‘z
vaqtida suv bilan ta’minlash bo‘yicha cho- ra-tadbirlar ishlab chiqilgan
bo‘lib, uning bajarilishi ta’minlanmoqda. Masalan, 2000-yilda 141 ta SFU
tashkil qilingan bo‘lsa, 2006-yilda 406 ta SFU tashkil qilinib, respublikada
jami bo‘lib 1502 ta uyushma faoliyat ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining
2003-yildagi 476- sonli Qarorida bel- gilangan 255 ta SFUning o‘rniga 223 ta
(87,4%) tashkil etilib, ularning ba- lansiga 4702 million so‘m mablag‘ o‘tkazildi
hamda ko‘plab mol-mulk va texnika vositalari berildi.
Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi
asosiy vazifalar:
- SFUlar suvdan foydalanuvchilarga ajratilgan limitlar doirasida suv yet-
kazib beradi;
- uyushma ta’sischilari va boshqa suvdan foydalanuvchilar hamda suv
xo‘jaligi tashkilotlari bilan ichki suv xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va
ishlatish bo‘yicha shartnomalar tuzishadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;
- uyushma xo‘jaligi hududidagi suv xo‘jaligi obyektlarini tozalash va
ta’mirlash, rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etadi;
- suv o‘lchash asboblarini qurishni tashkil etadi va ularni belgilangan
tartibda pasportlarini tuzadi, shahodatlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishni
ta’minlaydi;
- yer egalariga sug‘oriladigan yerlarning sho‘rini yuvish, suvdan maqsadli
va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda
uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
- suvni iqtisod qiluvchi ilg‘or tajribalarni hamda texnologiyalarni joriy
etishni tashkil etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |