4-modda. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning muassisi — fermerdir. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan,
qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
fermer bo‘lishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ana shu xo‘jalik
boshlig‘i ish ko‘radi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish
taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(4-moddaning
matni
O‘zbekiston
Respublikasining
2009-yil
25-dekabrdagi
O‘RQ-240-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Fermer xo’jaligini tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |